Tuzlangan bodring. Yangi va sog„
(kasallik tegmagan),
dag„allashmagan zich etli va urug„i etilmagan bodring tuzlanadi.
Tuzlashga “Nejinskiy”, “Vyazinkovskiy”, “Doljik”, “Krimskiy” va boshqa
shu kabi navlari ma‟qul Bodringni tuzlashdan oldin sifati, yirik-maydaligi
(mayda, o„rta va yirik) va pishish darajasiga qarab, navlarga ajratiladi.
Keyin idishga solinib, ukrop, xren, sarimsoq piyoz, achchiq garmdori
solinib, namakob quyiladi. Tayyor mahsulotda 2,5 dan 4,5% gacha tuz
bo„lishi lozim. Tuzlangan bodring sifatiga qarab, 1-va 2-navlarga
bo„linadi. Navlarga bo„lishda bodringning tashqi ko„rinishi, rangi, ta‟mi,
hidi, yirik-maydaligi, konsistentsiyasi, namakobning sifati e‟tiborga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |