A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 3 .   Q a y t a   i s h l a n g a n   m e v a   v a   s a b z a v o t l a r ,   u l a r n i n g



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
4 . 3 .   Q a y t a   i s h l a n g a n   m e v a   v a   s a b z a v o t l a r ,   u l a r n i n g  
a s s o r ti me n ti  v a  s i fa ti g a  q o ‗y i l a d i g a n  ta l ab l a r    
 
Meva  va  sabzavotlarning  saqlanish  muddatini  uzaytirish,  bu 
mahsulotlarning  assortimentini  (xilini)  ko„paytirish  maqsadida  ular  qayta 
ishlanadi:  qoqi  qilinadi,  achitiladi,  tuzlanadi,  ziravor  qo„shib  sirkalanadi, 
bankali konservalar tayyorlanadi va h.k. 
Meva  qoqilar.  Qoqiga  mo„ljallangan  mevalar  avval  sifati  va 
o„lchamiga qarab, navlarga  ajrataladi, yuviladi, agar zarur bo„lsa, tozalab 
qirqiladi.  Mevalar  asralganda,  ularning  tabiiy  rangi  va  chidamliligini 
saqlash uchun ular oltingugurt gaziga tutiladi. shundan keyin ular oftobda 
yoki  quritgichlarda  quritiladi.  Quritish  vaqtida  meva  tarkibidagi  suvning 
ko„p qismi bug„lanib ketadi, buning natijasida qand va kislota kontsentra-
tsiyasi  ortadi.  Bularning  barchasi  mikroorganizmlarning  rivojlanishini 
susaytiradi  va  meva  qoqisining  uzoq  saqlanishiga  imkon  beradi.  Meva 
qoqisining  namligi  ularning  turiga  qarab,  ko„pi  bilan  17  -  24%  dan 
oshmasligi lozim. Olma qoqi quyidagi turlarga bo„linadi: 
-po„sti  va  o„zagi  tozalanib,  xalqa-xalqa  qilib  qirqilgan,  oltingugurt 
gaziga tutilgan olma
-tozalanmagan  (po„stli  va  o„zakli)  xalqa-xalqa  qilib  qirqilgan  yoki 
bo„lakchalarga bo„lingan va oltingugurt gaziga tutilgan olma; 
-tozalanmagan,  bo„lakchalarga  yoki  xalqa  qilib  bo„lingan  va 
oldindan namakoblangan olma; 
-tozalanmagan,  xalqasimon  qismlarga  yoki  ikkiga  bo„lingan, 
oltingugurt gaziga tutilmagan va namakoblanmagan olma
-ipga  tizilgan,  tozalanmasdan,  qismlarga  yoki  ikki  bo„lingan  va 
tutun bilan quritilgan olma; turli usullar bilan quritilgan butun yoki qirqib 
quritilgan yovvoyi olma.  
Oltingugurt  gaziga  tutilgan  va  tozalangan  olma  qoqi  oliy  va  1-
navlarga, tozalanmagan 1-va 2-navlarga bo„linadi, ipga tizib quritilgan va 
yovvoyi olma, qoqi navlarga ajratilmaydi. Navlarga ajratishda rang, ta‟m, 


87 
 
hid,  shakl,  shuningdek,  kuygan,  maydalangan,  kasallangan  va  hasharot 
tekkan  qoqining  bor-yo„qligi,  meva  cho„pi,  urug„i,  barglari  kabilar  bilan 
ifloslangan-ifloslanmaganligi nazarda tutiladi.  
Nok  qoqi  -  nokning  “Tonkovetka”,  “Limonka”,  “Ilinka”, 
“Bessemyanka” va boshqa navlaridan tayyorlanadi. Nok butunligicha yoki 
bo„laklarga  bo„lib,  tozalangan  yoki  tozalanmagan  holda  va  o„zagi  bilan 
quritiladi.  Sifatiga  qarab,nok  qoqi  1-va  2-navlarga  bo„linadi.  Bunda  ham 
olma qoqini navlarga bo„lishdagi ko„rsatkichlar asos qilib olinadi.  
O‗rik  qoqu  turshak,  bargak  va  ashtar-pashtakka  bo„linadi.  Turshak 
danagi bilan quritilgan, oldindan oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan 
o„rikdir.  O„rikning  pomologik  naviga  qarab,  turshak  quyidagi  turlarga 
bo„linadi:  Mirsanjeli,  Subxani,  Isfarak,  Xurmoy,  Boboi,  Qandaki  va 
Xashaki.  Zavodda  ishlov  berilgan  oltingugurt  gaziga  tutilgan  turshak 
sifatiga  qarab,  oliy,  1-va  2-navlarga,  oltingugurt  gaziga  tutilmagan  va 
zavodda qayta ishlanmagan turshak esa 1-va 2- navlarga bo„linadi.  
Bargak  danagi  olinib,  quritilgan  o„rikdir.  O„rikni  tayyorlash  va 
qayta  ishlash  usuliga  qarab,  qirqilgan  va  yorilgan,  oltingugurt  gaziga 
tutilgan  va  tutilmagan  bo„ladi.  Bargak  ham  xuddi  turshak  qilinadigan 
o„rikning  pomologik  navidan  olinadi.  Ashtar-pashtak  quritishdan  oldin 
danagi  siqib  chiqarilgan  o„rikdir.  U  oltingugurt  gaziga  tutilgan  va 
tutilmagan  bo„lishi  mumkin.  Oltingugurt  gaziga  tutilgan,  zavodda  ishlov 
berilgan ashtar-pashtar va bargak oliy, 1- va 2-navlarga, oltingugurt gaziga 
tutilmagan  va  zavodda  ishlov  berilmagani  esa  1-  va  2-navlarga  bo„linadi. 
Turshak,  bargak  va  ashtar-pashtakni  navlarga  bo„lishda  ularning  shakli, 
rangi, 
yirik-maydaligi, 
toza-iflosligi, 
zaxalangan-zaxalanmaganligi, 
quritilish va bo„linish sifati asos qilib olinadi.  
Olxo‗ri  qoqi  vengerka  va  olxo„rining  mahalliy  navlaridan 
tayyorlanadi,  qora  dengiz  qirog„oqlaridagi  rayonlar  va  Abxaziyada 
etishtiriladigan  vengerkadan  ajoyib  mahsulot  -  qora  olxo„ri  (chernosliv) 
olinadi.  Olxo„ri  qoqi  sifatiga  qarab,  1-va  2-navlarga  bo„linadi.  Navlarga 
ajratishda  olxo„rining  shakli,  rangi,  yirik-maydaligi,  etining  qalin-
yupqaligi,  mevaning  zaxasi  ko„p-ozligi,  toza-iflosligi  va  boshqa 
ko„rsatkichlari e‟tiborga olinadi.  


88 
 
Mayiz  uzumning  maxsus  quritiladigan,  qandi  ko„p,  urug„siz  yoki 
urug„i kam uzum navlaridan quritiladi. Rus tilida urug„siz mayiz kishmish, 
urug„li  mayiz  -  izyum  deb  ataladi.  Ampelografik
9
  navi  va  ishlov  berilish 
usuliga qarab, mayiz qo„yidagi turlarga bo„linadi; urug„siz navlar - Sabza, 
Bedona, Soyaki, shivirgoni; urug„lik navlar Malaga, Germiyon, Vassarga 
va Qora chillaki, Avlon (turli navli uzumlar aralashmasi).  
Sifat  ko„rsatkichlariga  qarab,  avlon  navidan  boshqa  mayizlar 
navlarga  ajratiladi:  Sabza,  Bedona,  Soyaki,  shivirgoni,  Malaga  va 
Germiyon-oliy,  1-va  2-navlarga,  Vassarga  va  Qora  chillaki  1-va  2-navga 
ajratiladi.  Navlarga  bo„lishda  rang,  yirik-maydalik,  namlik  va  boshqa 
ko„rsatkichlar asos qilib olinadi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish