A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Karam-sabzavotlar.  Karam  sabzavotlar  guruhiga  oqbosh  karam, 
qizilbosh  karam,  savoy  karam,  bryussel  karami,  gulkaram  va  kolrabilar 
kiradi. Oqbosh karamning ta‟mi yaxshi va to„yimli bo„ladi. Unda 2,5 - 3% 
oqsil,  4%  ga  yaqin  qand,  S  vitamini  va  boshqa  moddalar  bor.  Boshining 
shakliga  qarab,  oqbosh  karam  yumaloq,  yassi  (yalpoq)  va  konussimon; 


80 
 
katta-kichikligiga ko„ra mayda (diametri 10 -18 sm), o„rta (diametri 20-25 
sm)  va  yirik  (diametri  25  sm  dan ortiq);  zichligiga  ko„ra  g„ovak,  o„rtacha 
zichlikda va zich; ichidagi o„zagining uzunligiga ko„ra qisqa, o„rta va uzun 
o„zakli bo„ladi. Pishish muddatiga qarab, karam navlari tezpishar (100-120 
kun),  o„rtapishar  (170  kungacha)  va  kechpishar  (240  kungacha)  turlarga 
bo„linadi.  
Tezpishar  navlardan  eng  qimmatlisi  Nomer  perviy,  o„rta 
pisharlardan  Slava,  Belorusskaya  hamda  kechpishar  navlardan  Amager, 
Kashirka,  Moskovskaya  pozdnyaya  va  boshqalardir.  Ertapishar  karam 
yaxshi  saqlanmaydi,  qayta  ishlash  uchun  yaroqsiz,  u  kulinariyada 
yangiligicha  ishlatiladi;  o„rtapishar  navlar  yaxshiroq  (2-3  oy)  saqlanadi, 
kechpishar karamni esa kelgusi yil boshigacha saqlash mumkin.  
Bunday  karam  boshi  butun,  sog„,
 
yangi,  shakllangan,  yorilmagan, 
zich  yoki  sal  zich  bo„lishi,  lekin  g„ovak  bo„lmasligi  (erta  pishar  karam 
g„ovak bo„lishi mumkin), iflos  bo„lmasligi,  yaxshi o„ralgan ko„k  yoki oq 
barglarigacha  tozalangan  bo„lishi  lozim.  Erta  pishar  karam  boshining 
og„irligi  kamida  0,4kg,  o„rta  va  kechpishar  esa  0,8  kg  kelishi,  tashqi 
o„zagining  uzunligi  3  sm  dan  oshmasligi  lozim.  Oqbosh  karam  tovar 
navlariga  ajratilmaydi.  Standart  karam  boshida  qo„yidagi  nuqsonlar 
bo„lishi mumkin: qoplab turgan barglarining quruq iflos bo„lishi, qoplagan 
uch  qavat  bargining  zaxalangan  bo„lishi,  boshi  va  o„zagining  kemtik 
bo„lishi.  Biroq  bunday  boshlar  bir  partiya  karamda  5%  dan  oshmasligi 
lozim.  
Qizilbosh  karam  zangori-yashil  tusdagi  qizil-binafsha  rangli  va 
barglarida mum changi bo„ladi. Bu karam boshi qattiq, bargi hiyla dag„al 
bo„ladi.  U  yangiligicha  va  ziravor  qo„shib,  sirkalangan  holda  ishlatiladi. 
Tuzlashga  yaramaydi.  Qizilbosh  karamda  2%  atrofida  oqsil  moddalar,  3-
4%  qand,  mineral  moddalar,  vitaminlar,  ayniqsa,  S  vitamini  va  karotin 
ko„p  bo„ladi.  U  kasallik  va  sovuqqa  chidamli  bo„lib,  yaxshi  saqlanadi, 
zararkunandalar kam tushadi.  
Eng  yaxshi  xo„jalik-botanik  navlari  Kamennaya  golovka,  Zenit  va 
boshqalardi. Savoy karami g„ijim-g„ijim,
 
burmali, oqbosh karamdan ko„ra 
mayinroq  bargli  bo„ladi,  ular  bir-biriga  zich  yopishmay,  g„ovak  karam 


81 
 
boshi hosil qiladi. Bu karam tuzlashga yaramaydi, u qaynatib, qovurib va 
dimlab ishlatiladi. Savoy karamida 3% dan ortiq oqsil moddalar, o„rtacha 
3,7% qand, 0,83% kul, S vitamini oqbosh karamga nisbatan 1,5-2 barobar 
ko„p; bundan tashqari, A va RR vitaminlari ham bo„ladi. Vertyu, Venskiy 
va boshqa navlar eng yaxshi navlar hisoblanadi.  
Bryussel  karami  boshqa  turdagi  karamlardan  farqli  o„laroq,  ko„p 
boshlidir.  Mayda  boshchalar  uzunligi  80  -  100  sm  li  ildizpoyasida 
joylashgan  bo„lib,  ular  uzun  bandli  barglar  chuqurchasida  bog„lanadi. 
Boshchalarning  soni  30  dan  90  donagacha  bo„lib,  naviga  qarab  ular  turli 
o„lchamda  (diametri  2  dan  6-8  sm  gacha)  va  turli  shaklda  (oval, 
yuraksimon  yoki  yumaloq)  bo„ladi.  Boshchalarning  bargida  3-4%  oqsil, 
3,5-4% qand, S vitamini va boshqa vitaminlar oqbosh karamga qaraganda 
3-4  barobar  ko„p  bo„ladi.  U  qaynatilgan  holda  ishlatiladi,  ziravor  qo„shib 
sirkalanadi va quritiladi. Bu karamning eng yaxshi navi “Gerkules” nomli 
navdir.  
Gulkaram  oziq  moddalarga  ancha  boy  va  ta‟mi,  mazaliligi  bilan 
qimmatlidir.  Gulkaramning  eyiladigan  qismi  boshcha  deb  nomlanadigan 
gul bo„lib hali ochilmagan qismidir. Unda taxminan 3-3,5% oqsil, 2-2,5% 
qand, ko„p miqdorda kaltsiy, fosfor va temir bo„lib, S, A, V vitaminlariga 
boy. Gulkaramda kletchatka kam, shu tufayli kishi organizmiga oson hazm 
bo„ladi.     

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish