IV-BOB. MEVA VA SABZAVOT MAHSULOTLARI
EKSPERTIZASI
4 .1 . Ho ‗l me v a v a r e za v o r me v a l a r , u l a r n i n g
a s s o r ti me n ti v a s i fa ti g a q o ‗y i l a d i g a n ta l ab l a r
Ho„l meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur
moddalarga boydir. Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin,
oshlovchi, pektin va xushbo„y moddalar bor. Ulardan ba‟zilari, masalan,
yong„oq tarkibida oqsil va moy ham bo„ladi. Meva va rezavor mevalar
yoqimli ta‟m va hidga ega bo„lib, kishi organizmida oson hazm bo„ladi.
Ba‟zi mevalarning, masalan uzum, malina, chernika, qora smorodina,
limonning shifobaxsh xususiyati ham bor. Barcha mevalar, tuzilishiga
qarab, urug„li, danakli, rezavor mevalar, subtropik va tropik mevalar,
yong„oq mevalarga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |