Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda shakar, yog„, sut, tuxum,
asal, meva va sabzavotlar hamda xushbo„ylashtiruvchi va bo„yoq modda-
lar kabi turli xom ashyo ishlatiladi. Qandolat mahsulotlari tarkibida qand
ko„p, suv kam, shu sababli u xushxo„r va yuqori kaloriyali bo„ladi, yoqimli
ta‟m va xushbo„y hidi bilan organizmda yaxshi hazm bo„ladi. qandolat
mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo„linadi: meva va rezavor-meva
mahsulotlari, shokolad va kakao kukuni, karamel mahsulotlari, konfetlar,
draje, iris, undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, xolva, sharq
shirinliklari, parhez va vitaminlashtirilgan qandolat mahsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |