Karamel. Karamel shakar-patoka sharbatining namligi 3% li
oynasimon massa hosil bo„lgunga qadar qaynatish yo„li bilan ishlab
chiqariladi. Qaynatilgandan keyin issiq karamel massasiga bo„yoq va
xushbo„y moddalar, essentsiyalar va ozuka kislotalari kushish yo„li bilan
mahsulotlar tayyorlanadi. Tayyorlash usuli, nachinkasining tarkibi va
turiga ko„ra karamel: yaltiroq yumshoq (solomka), shakldor, shokolad
bilan sirlangan karamellarga bo„linadi. Karamel ochiq va qog„ozga
o„ralgan holda ishlab chiqariladi.
Yaltiroq karamel nachinkasi karamel massasidan tayyorlanadi. Ko„p
tarqalgan turlari: “Barbaris”, “Teatralnaya”, “Prozrachnaya”, “Myatnaya”
va boshqalar. Nachinkali karamel ust qismi va qoliplash vaqtida ichiga
to„ldirilgan nachinkadan tuziladi. Nachinka mevali, meva va rezavor
mevali, sutli, yong„oqli (maydalanib qovurilgan va shakar bilak
aralashtirilgan), shokoladli, shokolad-yong„oqli, salqinlatuvchi (qand
talqoniga yalpiz yog„i yoki essentsiyasi qo„shilgan kokos yog„i
aralashtirish yo„li bilan olinadi), soyali va aralash bo„lishi mumkin.
Yumshoq (solomka) karamel cho„zilgan g„ovak yoki ichi nachinka
bilan to„ldirilgan naychalar borlami shaklida ishlab chiqariladi. Bunga
rangli zuldirlar, buxoro zuldirlari, burama tayokchalar va boshqalar ham
kiradi. shakldor karamel massasidan har xil hayvonlar, qushlar
(xo„rozqand) yoki buyumlar shaklida ishlab chiqariladi.
Shokolad bilan sirlangan karamel- nachinkali karamel bo„lib, usti
bir qavat shokolad bilan sirlangan bo„ladi. Karamel o„ziga nam tortadi.
Karamel nam tortmasligi uchun saqlash va tashish vaqtida tunuka qutilarga
joylanadi, qog„ozga o„raladi, havo o„tmaydigan idishlarga solinadi;
qog„ozga o„ralmaganining sirtiga shakar, kakao kukuni sepiladi, yaltiroq
modda (yupqa qand talqoni va voskojir aralashmasi) bilan qoplanadi.
63
Konfetlar. Konfet ishlab chiqarishda har xil xom ashyo: shakar,
patoka, shokolad, meva-rezavorlar pyuresi, danak, er yong„oq, funduk
danagi, sariyog„ va kokos yog„i, kakao yog„i, xushbo„y hamda bo„yoq
moddalar ishlatiladi. Konfetning ba‟zi turlariga sut, qaymoq, tuxum oqsili,
soya, vino yoki spirt, vafli va boshqa mahsulotlar qo„shiladi. Qandolat
sanoati ko„p xil konfetlar ishlab chiqaradi; ular qator belgilariga ko„ra bir-
biridan farq qiladi:
-konfet massasi turiga ko„ra- pomadali, meva va rezavor-mevali,
martsipanli (maydalangan bodomdan qilingan), yong„oqli (pralene), sutli
(“Korovka”, “Start”, “Rekord”), ko„pchitilgan (tuxum oqsiliga shakar
qo„shib ko„pchitilgan), likyorli ” (vino ham qo„shib), kremli, grilyajli
(yong„oq maydalanib karamel massasi bilan aralashtirilgan);
-konfet massasi birikmasiga ko„ra- bir qatlamli, ko„p qatlamli, vafli
qatlamli (yoki vafli bilan qoplangan);
-korpusining tuzilishiga ko„ra - quyma (suyuq issiq konfet massasi
qoliplarga quyiladi), surkalgan (quyuq konfet massasi yupqa qatlamda
surkaladi va to„g„ri burchak shaklida kesib bo„laklanadi); ajratilgan (krem
massasini maxsus naylar orqali siqib chiqariladi va tolalab qirqiladi);
presslangan (konfet massasi matritsa orqali siqib chiqariladi va cho„zilib,
uzilmasdan chiqadigan tasma qirqilib, alohida konfetlar qilinadi);
-sirtining bezatilishiga ko„ra - (shokolad, pomada, shakar, yog„ va
mevali-jele bilan) sirlanmagan va sirlangan konfetlar;
-tarkibidagi nachinkaga ko„ra - nachinkali va nachinkasiz:
-tashqi bezatilishiga ko„ra - o„ralmagan, o„ralgan, naychali va h. k;
-realizatsiya muddatiga ko„ra - tez sotilishi lozim bo„lgan konfetlar,
saqlanishi mumkin bo„lgan konfetlar;
-realizatsiya usuliga ko„ra - tortib sotiladigan konfetlar, konfet
turkumlari (bir xil konfet massasidan tuzilgan konfet turkumlari va asnavi,
ya‟ni har xil konfet massasidan tuzilgan turkumlar).
Konfetlar quyidagi uch guruhga: nachinkali shokolad konfetlar,
sirlanmagan konfetlar va sirlangan konfetlarga bo„linadi. Nachinkali
shokolad konfetlar - ustki qatlami shokoladdan iborat bo„lib, turli
shakllarda, hajmi kichikroq har xil konfet massalaridan ishlab chiqariladi.
64
shakli va sirtining bezatilishiga ko„ra nachinkali shokolad konfetlar: guldor
shokolad- uncha katta bo„lmagan, har xil shaklda, taram-taram rasmli kon-
fet; katakdor shokoladlar va nachinkali batonlar; nachinkali shakldor
shokoladlarga bo„linadi.
Sirlanmagan konfetlar kichikroq to„g„ri burchak shaklida bo„ladi.
Ular bir qatlamli (bir xil konfet massasidan tayyorlangan); ikki va uch
qatlamli (bir necha xil konfet massasidan tayyorlangan) bo„ladi. Sirlangan
konfetlar har xil konfet massalaridan bir, ikki va uch qatlamli qilib
tayyorlanadi. Ular shokolad, pomada, shakar, yog„, mevali jele, sut-
yong„oq va karamellar bilan sirlanadi.
Sifatli konfetlar shakli to„g„ri, rangi bir xilda, quruq,
yopishmaydigan, silliq yoki taram-taram sirti quyqasiz, shishmagan,
tirnalmagan, dog„zis
bo„lishi, tamg„asi ko„rinib turishi kerak. Ta‟mi va hidi
yoqimli, konfetning massasi shirasi va qo„shimchalariga muvofiq bo„lishi
lozim. Sir miqdori shokolad bilan sirlangan konfetlarda kamida 18-22%,
pomada bilan sirlanganlarida 50% gacha, shakar bilan qoplangan konfet-
larda 22% dan oshmasligi kerak.
Shakli buzilgan, mog„orlagan, yopishqoq, nachinkasi tanasidan
sizib chiqqan, sezilarli dog„lari bo„lgan, yorilgan, shuningdek, chuchmal,
nordon yoki boshqa yoqimsiz ta‟mi bo„lgan konfetlar savdoga
chiqarilmaydi. Konfetlar quruq, toza va yaxshi shamollatib turiladigan,
harorati 18°C, havosining nisbiy namligi 75% dan oshmagan xonalarda
saqlanadi. Mana shu sharoitda ularga quyidagi garantiyali saqlanish
muddati belgilangan: Shokolad bilan sirlangan, o„ralgan konfet uchun to„rt
oy, o„ralmagani uchun - uch oy; pomada sirli, o„ralgan konfet uchun - bir
oy, o„ralmagani uchun - 15 kun; shakar sepilgan konfet uchun - ikki oy;
shakldor shokolad konfet uchun - uch oy; shokolad turkumlari uchun - ikki
oy.
Iris. Iris shakar, patoka, sut va sariyog„dan tayyorlanadi. Irisning
ba‟zi bir navlariga yong„oq, er yong„oq, kunjut, soya qo„shiladi. Iris
massasining qaynatilish muddati va ishlov berilishiga ko„ra qattiq yoki
karamelsimon, tirajey, yarim qattiq va cho„ziluvchan tirajey turlarga
bo„linadi. Irisning qattiq naviga “Iris Osobiy” kiradi, u yaxshilab
65
qaynatilgan iris massasidan tayyorlanadi.
Tirajey navlariga: “Iris slivochniy”, “Prima”, “Era”, “Shkolniy”,
“Fruktoviy”, “Soeviy”, “Vostochniy” (bu ham soyali), “Detskiy”,
“Ladoga” turlari kiradi. Irisning bu navlarini tayyorlashda issiq iris
massasiga tayyor iris ushoqlari aralashtiriladi. Qoliplangandan keyin,
sovigan, tayyor iris massasida shakar kristallana boshlaydi, natijada iris
tarkibi yumshaydi va uncha qattiq bo„lmagan iris hosil bo„ladi.
yumshoqroq iris navlariga: “Zabava”, “Tuzik”, “Zolotoy klyuchik”,
“Ledokol”, “Kis-kis” turlari kiradi; ular kam qaynatilgan iris massasidan
tayyorlanadi. Cho„ziluvchan tirajey iris kam qaynatilgan, cho„ziluvchan,
shakar kristallari bir me‟yorda tarqalgan iris massasidan tayyorlanadi.
Iris turli shakllarda: kvadrat, to„g„ri burchakli, shakldor bo„lishi
mumkin. Uning sirti quruq, yopishmaydigan, rasmi yaqqol ko„rinib turgan,
burchaklari sinmagan va chetlari ezilmagan, qirqimi to„g„ri, silliq, rangi
och jigar rangdan to„q jigar ranggacha, ta‟mi va hidi aniq sezilib turgan
bo„lishi kerak. Qattiq va tirajey navlarining namligi - 6%, yumshoq irisniki
- 9% bo„ladi. Tarkibidagi shakarning umumiy miqdori ko„pi bilan 75%,
yog„ miqdori kamida 7- 9% bo„ladi. Iris ham konfetlar singari o„ralib va
o„ralmay tayyorlanadi. Idishlarga joylanishi va saqlanish shartlari
konfetniki bilan bir xil bo„ladi. Garantiyali saqlanish muddati o„ralgan
karamelsimon va tirajen iris uchun - olti oy, o„ralmagani uchun - besh oy,
tarkibida yong„oq mag„zi bo„lgan iris uchun - uch oy, yumshoqroq iris
uchun - ikki oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |