A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Tsukatlar  -  butun  holida  va  qirqib,  sharbatda  pishirilgan  mevalar 
(olcha, gilos, olxo„ri, o„rik, nok, olma, apelsin, limon), shuningdek, qovun 
hamda tarvuz po„stidir. Tsukatlar olish uchun mevalar olti-etti marta qand 
sharbatida  qaynatiladi,  har  qaynatishda  uning  kontsentratsiyasi  oshirib 
boriladi.  Qaynatilgandan  keyin  tsukatlar  siropda  uch-to„rt  kun  saqlanadi. 
Tayyor  bo„lgan  mevalar  sharbat  qoldig„idan  ajratib  olinadi,  yog„och 


59 
 
savatlarga taxlanadi va 45-55°C haroratda 4-8 soat quritiladi.  
Meva  va  rezavor-mevali  mahsulotlar  ularning  turi  hamda 
xususiyatlariga  qarab,  har  xil  idishlarga  joylanadi.  Marmelad  qutichalar, 
kombinatsiyalashtirilgan  idishlar,  tsellofan  yoki  polimer  plyonkalardan 
yasalgan xaltachalar yashiklarga joylanadi. Donalab sotiladigan marmelad 
karton qutichalarga ko„pi bilan ikki qator qilib taxlanadi. Qutichalar toza, 
chiroyli bezakli, qog„oz
 
yoki ipak tasma bilan bog„langan, klapanlar bilan 
elimlangan bo„lishi kerak. Uning sof og„irligi 500 g gacha bo„ladi. 
Tortib  sotiladigan  marmelad  sig„imi
 
ko„pi  bilan  5  kg  (meva  va 
rezavor-mevali  marmelad uchun) va 4,5 kg (jeleli marmelad uchun) faner 
yashiklarga  yoki  sig„imi  ko„pi  bilan  7  kg  bo„lgan  burma  kartondan 
yasalgan  yashiklarga  joylanadi.  Qatlamli  marmelad  sig„imi
 
7  kg  bo„lgan 
faner  yashiklarga  va  sig„imi
 
5  kg  bo„lgan  burma  karton,  yashiklarga 
solinadi.  
Pastila donalab va tortib sotiladi. Donalab sotiladigan pastila karton 
qutichalarga  sof  og„irligi  100  g  dan  1000  g  gacha  ko„pi  bilan  ikki  qator 
qilib  taxlanadi,  shuningdek,  pachkalar  hamda  polimer  plyonkalaridan 
yasalgan  xaltachalarga  joylanadi.  Tortib  sotiladigan  pastila  5  kg  sig„imli 
yog„och savat yoki karton yashiklarga joylanadi, kesma pastila ko„pi bilan 
olti qator, quyma pastila uch qator qilib taxlanadi. Pastila solingan xaltacha 
va  pachkalar  ochiq  idishlar  -  sig„imi  20  kg  bo„lgan  yog„och  yoki  faner 
yashiklarga joylanadi.  
Murabbo va jem shisha hamda tunuka bankalarga solinadi. Povidlo 
shisha  bankalarga  (sig„imi  ko„pi  bilan  1,5  kg),  tunuka  bankalarga  (12  kg 
gacha), yog„och yoki faner yashiklarga (ko„pi bilan 17 kg) va 50 l sig„imli
 
yog„och  bochkalarga  joylanadi.  Jele  shisha  banka  va  stakanlarga  solinib, 
yashiklarga joylanadi.  
Marmelad  va  pastila  quruq,  salqin,  toza,  yaxshi  shamollatib 
turiladigan,  nisbiy  namligi  75-80%  va  harorati  ko„pi  bilan  20°C  bo„lgan 
xonalarda  saqlanadi.  Kafolatli  saqlanish  muddati
5
  meva  va  rezavor-
mevadan  tayyorlangan  shakldor,  kesma  va  pat  marmeladlari  uchun  -  ikki 
                                           
5
  Kafolatli  saqlanish  muddati    minimal  muddat  bo‟lib,  shu  muddat  ichida  saqlash  qoidasiga  amal  qilingan  sholda, 
korxona izi ishlab chiqargan mahsulotning sifatiga javob beradi. 


60 
 
oy,  qatlamli  va  jeleli  marmelad  uchun  -  uch  oy,  agaroid  qo„shilgan 
shakldor  jelesimon  marmelad  uchun  -  1,5  oy  (ishlab  chiqarilgan  kundan 
boshlab).  yopishqoq
 
moddali  pastilaning  saqlanish  muddati  (ishlab 
chiqarilgan kundan boshlab) 1,5 oy, qaynatma pastilaniqi - uch oydir.  
Murabbo  va  jemni  toza,  quruq,  yaxshi  shamollatib  turiladigan, 
havosining  nisbiy  namligi  oshig„i
 
bilan 
75% 
va 
harorati: 
pasterizatsiyalangan 
murabbo 
uchun 

dan 
20°C 
gacha, 
pasterizatsiyalanmagani  uchun  10  dan  20°C  gacha,  pasterizatsiyalangan 
jem uchun 0 dan 20°C va pasterizatsiyalanmagan jem uchun 10 dan 15°C 
gacha bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya etiladi. Povidlo 0 dan 20°C gacha 
bo„lgan  haroratda  saqlanadi,  havoning  nisbiy  namligi  75-80%  bo„lishi 
kerak.  Banka  va  bochkalarga  solingan  povidloning  garantiyali  saqlanish 
muddati to„qqiz oy, yashiklarga solinganiniki- uch oydir.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish