A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Shokolad va kakao kukuni. Shokolad yuqori kaloriyaga ega, chunki 
uning tarkibida yog„ (30-40%) va shakar (55-63%) ko„p. shokolad ishlab 
chiqarishning  asosiy  xom  ashyosi  kakao  dukkagi  (tropik  mamlakatlarda 
etishtiriladigan  kakao  daraxtining  doni)  va  shakardir.  shokoladning  ayrim 
turlariga  shakardan  tashqari  sut,  kofe,  vafli  va  boshqa  mahsulotlar, 
shuningdek, vitaminlar qo„shiladi.  
Shokolad  olish  uchun  kakao  dukkagi  begona  qo„shilmalardek 
tozalanadi  va  qovuriladi.  Qovurilgan  dukkaklar  yormaga  aylantiriladi, 
so„ngra  po„sti  ajratilib  kakao-velli  hosil  bo„ladi,  u  un  kabi  massaga 
aylantiriladi va qand talqoni hamda boshqa qo„shilmalar qo„shiladi. Hosil 
bo„lgan  massa  yaxshilab  eziladi,  qoliplarga  quyiladi,  past  haroratda 
sovutilib, qattiq holatga keltiriladi, keyin qoliplardan chiqarib olinadi, urov 
qog„oziga  yoki  zar  qog„oziga  o„raladi,  ustidan  etiketka  yopishtiriladi  va 
idishlarga  joylanadi.  Ishlab  chiqarish  tartibi  va  usuliga  qarab  shokolad: 
oddiy,  desertli,  g„ovak,  tortib  sotiladigan  va  shokolad  kukuni  turlariga 
bo„linadi.  
Qo„shimchali  va  qo„shimchasiz  oddiy  shokolad  katakdor,  medalga 
o„xshash,  g„ovak  va  yaxlit  shakllarda  ishlab  chiqariladi.  Qo„shimchasiz 
oddiy  shokolad  turlariga:  “Dorojniy”,  “Sirk”,  “Detskiy”  va  boshqalar, 
qo„shimchalilariga-  “Orexoviy”,  “Slivochniy”  (sutli),  “Alyonka”  (sutli), 


61 
 
“Mishka” (maydalangan danakli) va boshqalar kiradi.  
G„ovak  shokolad  desertli  shokolad  massasidan  tayyorlanadi,  u 
havosiz  asbobdan  qoliplarga  qo„yiladi  va  tez  sovutiladi.  G„ovak 
shokoladning katakdorligi oddiy shokoladnikidan qalinroq bo„lib, u ancha 
yumshoq  va  juda  xushta‟m  bo„ladi.  Bunday  shokolad  turiga:  “Slava”, 
“Konyok-gorbunyok”, “Raketa” va boshqalar kiradi.  
Kakao  kukuni  kakao  dukkagidan  ishlab  chiqariladi.  Har  xil 
qo„shilmalardan  tozalangan  kakao  dukkagi  qovuriladi,  maydalab  yorma 
qilinadi,  po„sti  ajratiladi  va  kakao-massaga  aylantiriladi,  keyin  undan 
kakao  yog„ining  bir  qismini  chiqarib  olish  uchun  presslanadi.  Hosil 
bo„lgan  kakao  kunjarasi  quritilgandan  keyin  maydalab  kukunga 
aylantiriladi.  Kakao  kukuni  ishlov  berilgan  va  ishlov  berilmagan  turlarga 
bo„linadi. Ishqorlar (ovqatga ishlatiladigan soda, uglerod ammoniysi) bilan 
ishlov  berilgan,  qaynoq  suvga  solinganda  tezda  cho„kindi  hosil 
qilmaydigan, turg„un kakao kukuni ishlov berilgan kakao-kukun deyiladi. 
Ishlov  berilmagan  kukunga  yuqoridagidek  ishlov  berilmaydi.  “Prima”, 
“Zolotoy  yarlo„k”  kakaolari,  ishlov  berilmagan  kakao-kukuni  navlariga 
kiradi, “Ekstra”, “Nasha marka” lar esa ishlov berilgan kukunlardir.  
Kakao kukuni oldindan (qadoqlab) yasab qo„yilgan va sig„imi
 
ko„pi 
bilan  250  g  bo„lgan  tunuka  bankalarga,  kartondan  yasalgan  qutichalar  va 
yupqa kartondan yasalgan pachkalarga, sig„imi
 
100 qog„oz
 
xaltachalarga, 
sig„imi
 
5  kg  tunuka  va  faner  yashiklar,  quyma  qog„oz
 
va  faner 
bochkachalarga, 35 kg sig„imli
 
taxta yoki faner yashiklarga joylanadi.  
Shokolad  mahsulotlari  va  kakao  kukuni  quruq,  toza,  shamollatib 
turiladigan,  ombor  zararkunandalari  hamda  begona  hidlardan  holi 
xonalarda  saqlanadi.  Shokolad  solingan  yashiklar  stellajlarga  taxlanib, 
devordan kamida 0,7 m uzoqlikka quyilishi kerak. Shokoladni vodoprovod 
va  kanalizatsiya  trubalari,  isitish  batareyalari,  pechka  hamda  mo„rilarga 
joyda  saqlash  mumkin  emas.  shokoladni  quyosh  nuri  ta‟siridan  saqlash 
kerak,  chunki  quyosh  nurida  u  eriydi  yoki  o„ziga  xos  yaltiroqligini 
yo„qotadi.  shokolad  va  kakao-kukun  saqlanadigan  xonaning  harorati 
keskin suratda past-baland bo„lib turmaydigan va 18°C dan oshmaydigan, 
havosining nisbiy namligi ko„pi bilan 75% bo„lishi kerak.  


62 
 
Belgilangan  garantiyali  saqlash  muddati  quyidagicha:  oddiy  va 
qo„shimchasiz  desertli  shokoladniki  olti  oy,  zar  qog„ozga  o„ralgan 
qo„shimchalisiniki  -  uch  oy;  nachinkali  shokoladniki  -  uch  oy;  tunuka 
bankali kakao kukuniniki bir yil, karton quticha va pachkalisiniki - olti oy, 
qog„oz
 
xaltachaga  solinganiniki  -  uch  oy,  yashik  va  kichik  bochkalarga 
solinganiniki - uch oy.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish