Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


-mavzu. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

9-mavzu. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING 
RESURSLARI. TABIAT MINTAQALARI. HAYVONOT 
OLAMI VA O‘SIMLIKLAR DUNYOSI
Reja:
9.1. O‘zbekistonning tabiiy geografik mintaqalari – ekoturizm 
resurslari.
9.2. O‘zbekistonning hayvonot olami – ekoturizm resurslari.
9.3. O‘zbekistonning o‘simliklar dunyosi – ekoturizm resurslari.
9.1. O‘zbekistonning tabiiy geografik mintaqalari – ekoturizm 
resurslari
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda ekologik 
resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishda biz 
birinchi navbatda mamlakatimizdagi milliy parklar, davlat tabiat 
qo‘riqxonalari va alohida muhofazadagi hududlar (davlat tabiat 
buyurtmaxonalari – zakazniklar), xalqaro miqyosdagi «Qizil 
kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar turlari, 
o‘simliklar turlarini va betakror tabiiy landshaftlarni, hayvonot 
olami va o‘simliklar dunyosidagi endemik turlarni (endemik – 
faqat tub joy sharoitida yashaydi va o‘sadi) ro‘yxatga olishimiz va 
ularning ta’rif, tavsiflarini tayyorlashimiz kerak.
Shuningdek, hozirgi axborotlarimizdan ma’lumki, hozirgacha 
vatanimizga kelib ketayotgan xalqaro turistlar Orol dengizi 
qoldiqlariga, Quyiamudaryo sohillariga, tog‘larimizdagi qadimiy 
shakllar va rasmlarga, ming yillik daraxtlarga (chinorlar, archalar 
va boshq.) va rekreatsion buloqlar, sharsharalarga qiziqmoqdalar.
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda qayd qilingan 
ekologik resurslarni alohida-alohida ro‘yxatga olganimizda xalqaro 
turistlarni qiziqtiruvchi quyidagi ekologik resurslar guruhlari 
tashkil topadi
45
:
• O‘zbekiston Respublikasining davlat qo‘riqxonalari va milliy 
parklari ekoturizm resurslari
45 
Hayitboyev R., Matyaqubov U. Ekologik turizm. Samarqand, 2010. 60-b.
• Xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi 
noyob hayvonlar va o‘simliklar turlari;
• O‘zbekistondagi endemik hayvonlar va o‘simlik turlari;
• Orol dengizi qoldiqlari Quyiamudaryo sohili, to‘qayzorlar, 
ularning o‘simliklar va hayvonot olami;
• Tog‘larimizdagi qadimiy shakllar, rasmlar;
• Ming yillik daraxtlar va tabiat haykallari, tabiat yodgorliklari;
• Rekreatsion tabiiy landshaftlar, shifobaxsh buloqlar, 
sharsharalar;
• O‘zbekistondagi tabiiy geografik mintaqalar (cho‘llar, adirlar, 
tog‘ oldi, tog‘lar, baland tog‘lar);
• Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari);
• To‘rt faslli iqlim mavsumlari;
• Arxeologik topilmalar, geologik ko‘rinishlar;
• Ovchilik maydonlarining mavjudligi;
• Tabiiy geografik mintaqalarda joylashgan qishloqlarimiz 
tabiati;
• O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari.
Yuqorida keltirilgan ekologik resurslar xalqaro turizm 
ekspertlari ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston turizm resurslarining 
turli-tumanligi, rang-barangligi va jozibadorligi bo‘yicha dunyo 
mamlakatlaridagi kuchli 10 talik resurslari ro‘yxatiga kiradi. 
Bu ekoturistik resurslarning ta’rif va tasniflari ushbu o‘quv 
qo‘llanmaning mavzularida berilmoqda. Hozirda ekoturizm 
resurslariga geomorfologik, gidrologik va organik resurslarni 
qo‘shish ham tavsiya qilindi 
46
.
Lekin, «O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish 
Konsepsiyasi»da ta’kidlanganidek, amalda O‘zbekiston 
ekoturizmini rivojlantirishda yuqorida keltirilgan ulkan ekologik 
resurslardan, ekologik salohiyatlardan va imkoniyatlardan 
to‘la-to‘kis foydalanish tizimlari, omillari mukammal ishlab 
chiqilmaganligi natijasida mamlakatimizda turistlarni qabul 
46
Nizamov A., Amanbaeva Z., Safarova I. O‘zbekistonning ekoturistik resurslari va 
yo‘nalishlari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. 104-b. 


114
115
qilish salohiyatiga nisbatan amaldagi ularning kelib-ketishi uch 
baravar kamdir.
Respublikamizda ekoturizmni rivojlantirishning asosi bo‘lgan 
ekologik resurslarning bir qismi mazkur ishning kirish qismida 
keltirildi. O‘zbekistonning butun hududlari dengiz sathidan 
belgilanganda bir-biridan tabiiy ekologik jihatdan farqlanuvchi 
5 ta vertikal mintaqalarga bo‘linadi. Bu mintaqalarning iqlimi, 
o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham turli-tuman. 
Shuningdek, chet ellik turistlarni qiziqtiruvchi 4 ta fasl ham 
ekoturizmning muhim resurslari hisoblanadi. Bu ekologik turizm 
resurslariga 11 ta yirik daryolarimiz va 55 ta suv omborlari 
havzalarini ham qo‘shish mumkin.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish