O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati
Jizzax davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti
Geografiya oʻqitish metodikasi yoʻnalishi 3 bosqich 230-19guruh talabasi
Sulxonov Dilmurodning
Kurs ishi
Shimoliy amerika materigining tabiat zonalar
R e j a:
Arktika mintaqasidagi tabiat zonalar
Subarktika mintaqasidagi tabiat zonalar
Mo`tadil mintaqadagi tabiat zonalar
Subtropik minqasidagi tabiat zonalar
Tropik mintaqadagi tabiat zonalar
Materikni tabiiy - geografik rayonlashtirish xaqida ma`lumot
Shimoliy Amerikann tabiiy - geografik rayonlashtirish.
Arktikaning Amerika sektori
Sharq tabiiy - geografik regioni
Shimoliy Amerikaning geografik o'rni chegaralari.
Kirish:
Tabiat zonalari. Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida joylashgan.
Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Arktika arxiрelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (–35 °C dan past), yozi salqin (+5°C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj, qo‘yho‘kiz (ular faqat shu zonada yashaydi), oq yapaloqqush va boshqalardan tashkil topgan.
Tundra va o‘rmon-tundra zonasining janubiy chegarasi sharqda 53° sh.k.dan, g‘arbda 62° sh.k. yo‘nalishigacha boradi. Botqoq va tundra — gleyli tuproqlarda buta va o‘t o‘simliklar, pakana qayin va tol, toshyorar, mox va lishayniklar o‘sadi. O‘rmon-tundrada qora va oq qarag‘ay, balzam pixtasi (qarag‘ayi), tilog‘ochlar o‘sadi. Tundrada shimol bug‘usi, qo‘yho‘kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo‘risi, oq kaklik, oq quyon, Alyaskada tog‘ qo‘yi, qor echkisi ko‘p uchraydi.
Tayga zonasi 45° sh.k.gacha tarqalgan. Zona botqoq, podzol va muzloq tuproqlardan tarkib topgan. Asosiy o‘simligi qora va oq qarag‘ay, Amerika tilog‘ochi, balzam pixtasi, qarag‘ay kabi igna bargli daraxtlar o‘rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimorolidagi daraxtlarning 90% i qora qarag‘ayga to‘g‘ri keladi. Hayvonlardan qora va qo‘ng‘ir ayiq, Amerika losi, kiyik, o‘rmon bizoni, bug‘u, Kanada silovsini, yenot, bo‘ri, skuns, ondatra, qizil tulki kabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida duglas qarag‘ayi, oq va qora qarag‘ay, kedr ko‘p o‘sadi. Daraxtlarning bo‘yi 80-100 m ga boradi.
Arktika mintaqasidagi tabiat zonalar
Artika sahrolari zonasi bor. Butun mintaqa uchun radiatsiya balansining juda kichik – 20 kkal/sm2 dan kam bo`lishi xaraketlidir. Hozirgi muzliklar tarqalgan territoriyalarida ham radiatsiya balansi manfiy qimmatga ega. Bu yerlarda quyosh issiqligining 80%idan ko`prog`i yer yuzasidan qaytib ketadi. Ana shu xodisa tufayli temperatura doimo past bo`lib turadi hamda muzliklar hamon saqlanib keladi. Biroq muzliklarga yog`in - sochin kam tushadi. Bu esa, o`z navbatida, namlikning kam bug`laniishi va havo absolyut namligining kichik bo`lishi bilan bog`liqdir.
Sovuq okean oqimlari tufayli yuqori geografik kengliklarga siklonlar kelishi oqibatida anchagina miqdorda namlik tushishi, orol shaklidagi katta quruqlikning mavjudiligini Arktikaning G`arbiy Amerika sektorida uning Sharqiy Osiyo sektoridagiga nisbatan muzlik paydo bo`lishi uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Muzliklar Shimoliy Atlantikani keng polosa shaklida o`rab olgan. Lekin bu polosa yaxlit emas. Baffin Yeri, Devon Elsmir, Aksel -Xeybarg va Grenlandiya orollarida muzlar katta terotoriyani egallab yotadi.
Muzliklarning morfologik tiplari xilma - xildir. Bu mintaqaning janubiy qisimda, Baffin yeri orollarida yog`in ko`p yog`adi, yoz temperaturasi ancha baland keladi, shuning uchun bu yerda quruqlikning faqat baland joylarida uchraydigan tog` muzliklari va muz gumbazlari asosiy o`rin tutadi.
Kanada arxipelagining shimoliy qismida yog`in miqdori kamayadi va yoz temperaturasi keskin pasayadi. Bu yerlarda tog`lardagina emas, balki qor to`planishi qulay bo`lgan pastliklarda ham muzliklar vujudga kelgan. Elsmir orolining shimoliy qisimda tog` etaklarida yirik muzliklar va shelf muzliklar bor. Bu muzliklarda katta katta aysberglar (muzorolari) sinib tushadi. Pleystotsendan buyon mavjud bo`lgan Grenlandiya muz qalqoni nihoyatda kattadir. Grenlandiya muzligi 1600 ming km 2 dan ortiq maydoni egalaydi.
Muzliklarda hayot bo`lmadi. Faqat yoz paytida qor yuzasida suv o`tlarning ba`zi bir turlari uchraydi. Anna shu suv o`tlar tufayli qor yuzasi pushti rangga kiradi-yu muz tepasidan chiqib qolgan tub jinslarlar - nunataklarda bazi bir yuqori o`simliklarni ko`rish mumkin.
Muzliklar havo massasini sovutib yuboradi. Bundan tashqari muzliklardan ko`plari bir qancha aysberglar hosil qiladi. Aysberglar juda janubgacha borib atmosferani va suv yuazasini sovutib yuboradi, materikning shimoli va sharqidagi sohillar iqlimning tarkib topishida aktiv ishtirok etadi. Birgini Grenlandiyada har yili 150 km2 ga yaqin muz aysberg bo`lib ajraladi.
Amerika Arktikasining g`arbiy qisimda va bazi joylarida shimolda yog`in kam yog`adigan hamda qishda to`plangan butun qor yozda erib ketadigan joylarda muzliklar kichrayib bormoqda.
Qor qoplami doimiy bo`lmaganidan yozda qoramtir tusda bo`lgan yer yuzasida muzliklar yuzasiga qaraganda issiqlikni ko`p yutadi va shuning uchun hamma joyda yer yuzasining ustki to`ng`igan qatlami davriy ravishda eriydi. Yozda muzlik 30 S gacha qizishi mumkin. Grenlandiyaning shimolida iyulda havoning o`rtacha temperaturasi 60 s bo`ladi. Biroq qora sovuqlar hamma vaqt ham o`simlik vegetetsiyasini to`xtab qo`yishi mumkin. O`simliklar juda siyrak, qaynab chiqadigan lishaynik va moxlar asosiy o`rin tutadi. Yuqori o`simliklar yostiq yoki suri shaklida bo`lib, kichik chuqurliklarda yoki melkozyom yo`q. Kassiopiya, driada, pushiqa (haddan tashkari zax joylarda) eng ko`p uchraydi.
Arktika mintaqasida organik moddalar juda sust parchalanadi va xarakatchan oziq moddalar tuproqda nihoyatda kamdir. Bu ham o`simliklar tarqqiyotini ancha to`xtatib qo`yadi. Tuproq paydo bo`lishi protsessi boshlang`ich holatdir. Sovuqdan nurash hodisasi juda kuchli ro`y beradi. Relyefning xarakterli mikroformalari: poligonlar, yositqsimon bo`rtib chiqqan joylar va boshqalar sovuqdan nurash protsesslari oqibatidadir. O`simlik qoplami juda kam bo`lishiga qaramay bu yerda bazi bir o`txo`r hayvonlar yashay oladi. Bu hayvonlardan iporali qo`chqor ayniqsa ajoyib hayovndir. Yirtqich hayovnlar: bo`ri, qutb tulkilari, oq ayiqlarda suvda yashaydigan sut emizuvchi hayvonlarning ko`pgina turlari bor.
Subarktika mintaqasida tundra va o`rmon - tundra zonalari bor. Tundrada oylik o`rtacha tempiratura 100 s gacha ko`tariladi, vegetatsiya davri 2-3 oy davom etadi. Bu zonaning landshaftlari orollarning janubiy qisimlarini va materikning shimolini ishg`ol qilgan. Hatto materikda ham tundra landshaftlari okeaning kuchli ta`sirida tarkib topadi. Okeaning ta`siri musson tipidagi shamollar tufayli yoz paytida ayniqsa kattadir. Bu shamollar havo temperaturasini ancha pasaytirib yuboradi.
Zonaning shimoliy qisimlarida o`simliklar orasida mox - lishaynik assotsiatsiyalari eng ko`p uchraydi. Nam joylarda qiyoq ko`p o`sadi. Melkozyom to`plangan joylarda turli g`allagullar va qutb qizg`aldog`i, qoqio`t, driada, toshyorarlar kabi qutb o`tlar uchraydi. Materikda va janubdagi yirik orollardagi shamollardan to`silgan joylarda butali tundralar tarqalgan. Butali tundralarda pakana qayin, bagulnik, golubika formatsiyalarlari 2 yoki 3 yarus bo`lib o`sadi. Bu o`simliklarning quyi yarusida mox va lishaynik uchraydi.
Tundra tuproqlari botqoq va tundra- gleyli tuproq tiplariga kiradi va ularning gleyli gorizotlari aniq ko`rinib turadi. Bu gorizontlar tuproqda qayta tiklovchi protsesslar borligidan darak beradi. Chirindi miqdor kam, shu bilan birgalikda chirindi juda zaif minerallashgan.
O`simliklar dunyosining turi kam bo`lsa ham oson ko`p. Eskimoslar va indeyetsilar ovlaydigan karibu (shimol bug`usi), qutb tulkisi, lemminglar va boshqa sirkumpolyar sut emizuvchi hayvonlar ko`p uchraydi. Qushlar bozoridagi qushlar (gaga, kayra, chistiklar) ning ko`pligi kishini hayratda qoldiradi.
O`rmon - tundra asosan iqlimi anchagina kontinetal bo`lgan subtarktika iqlimli yerlarda tarqalgan. U janubdan tundrani o`rab olib, Labrador yarim orolidan toki Makenzi tog`larigacha cho`zilib boradi va Yukon yassi tog`ligining katta qismini ishg`ol qiladi. Okendan materika keladigan havo oqimlari o`rmon - tundraga yetganda anchagina o`zgarib ketadi. Iyulning o`rtacha tempiraturachi hamma joyda ortiq bo`ladi.
Oq va qora yel, sharqiy qisimda esa, shuningdek, balzam pixtasi daraxatlarning shimoliy chegarasining tashkil etadi. Shuningdek, qayin va tog`teraklar ham uchraydi.
O`rmon - tundra landshaft jihatdan ancha xilma - xildir. Suvi yaxshi oqib ketadigan daryo vodiylari igna bargli daraxatlar bilan qoplangan va aslini olganda, shimolga surilgan tayga lanshaftlaridir. Yrik daryolar Makenzi, Cherchill, Nelson kabi janubdan kelib qirg`oqlarni ilitadigan daryolarning terrasalari va qayirlari bo`ylab o`rmonlar ayniqsa ichkari kirib boradi. Terassalardagi o`rmonlar tagida podzol tipidagi tuproqlar tarkib topadi. Biroq bunday tuproqlarda gleylanish alomatlari kuchli (gleyli podzol tuproqlar) Suvayirg`ichlar butali tundra bilan qoplangan. Bu yerda uchraydigan oq va qora yelning ayrim nimjon nusxalari tundradagi boraverishdagi siyrak o`rmonlarni hosil qiladi. Amerika tundrasida o`rmoning tundraga kirib borish alomatlari qayd qilingan.
Fauna uchun tundra va tayga turlari aralash o`sishi xarakterlidir. Bu yerda karibu ham, qo`ng`ir ayiq, qutb tulki va sriq tulki ham shuningdek, qunduz, ayiq yoki norka, andatira suvsar va qimmatli mo`yna beradigan boshqa sut emizuvchilar ham bor.
Mo`tadil mintaqa. Yevroosiyo kabi Shimoliy Amerikani o`rtacha mintaqa landshantlari ham juda xima-xildir. Bu esa o`rtacha kengliklarda joylashgan quriqlikning kattaligi, temperatura sharitining va namgarchilikning farq qilishi bilan bog`liqdir.
O`rmon zonasi landshaftlarning eng katta teretoriyani egalaydi. Bu landashftlarning umumiy xususiyatlari ham Yevrosiyodagiga o`xshaydi: iqlimi salqin va nam bug`lanishga nisbatan yong`in ko`p yog`adi, o`rmonlar igna bargli va bargli daraxt jinslaridan iborat, tuproq paydo qilishning podzol tipii ustun turadi, qish va yoz paytlarida turli miqdorda issiq kelishi tufayli biologik va geoximik protsesslarning mavsumiy ro`y berishi xarakterlidir va hokazo. Ikkala materikning asosiy landshaftlari tiplari-tayga, keng bargli va aralash o`rmonlar o`rtasida o`xshashliklar ham bor. Biroq bu landshaftlarning materiklar sektori bo`ylab joylashishi va tabaqalanishi Yevrosiyodagiga nisbatan boshqacharoq. Bu esa shimoliy Amerika tabiati taraqqiyoti ba`zi xususiyatlari bilan bog`liq.
O`rtacha mintaqa o`rmonlari tayga, g`arbiy okean bo`yi igna bargli o`rmonlari, aralash va ken bargli o`rmonlarni o`z ichiga oladi.
Tayga iqlimi Yevrosiyoning xudi shunday landshaftlaridagi iqlimiga o`xshaydi. Temperatura keskin o`zgarib turadi va namgarchilik serob bo`ladi. Bu esa yog`inning ko`p yog`ishigagina emas, balki namning ayniqsa sovuq davrida, suv o`tkazmaydigan, ya`ni doimiy muzlab yotgan qatlamning suvni singdirishga bog`liqdir. Muzlab yotgan yerlarda eriydigan yerlarning qalinligi 2-2,5 m dan oshmaydi. Tayga daryolari ancha vaqt muz bilan qoplanib yotadi, qishda suv miqdari keskin kamayib ketadi. Bularning hammasi eroziya protsesslarini zaiflashtiradi va botqoqlashning kuchayishiga yordam beradi.
Ana shunday sharoitda o`sadigan o`simliklarning ildiz sistemasi yuza joylashadi. Labrador yarim orolida daraxtlarning 90 protsentiga yaqinini tashkil etadigan qora yel, yarim orolning g`arbiy qismida keng tarqalgan oq yel, balzam pixtasi, Amerika tilog`ochi va boshqa igna bargli daraxtlarning ildizlari yuza joylashgan.
Botqoqlarning chekalarida tilog`och, quruqroq suvayrag`ichlarda esa yel, pixta va qarag`ay ayniqsa ko`p o`sadi. Qarag`aylar orasida banks qarag`ay va veymut qarag`ayi eng ko`p uchraydi. Bu qarag`aylar qurg`oqchilik qumoq yerlarda va qulmoq joylarda o`sadi hamda qimmadbaho qurilish materiali hisoblanadi. Daraxtlari kesib olingan va o`t tushgan joylarda qayin va tog`teraklar ko`p uchraydi. Igna bargli daraxtlar tagida podzol tuproqlar vijudga keladi. Botqoqli va yarim botqoqli tuproqlar ham katta-katta joylarda uchraydi.
Materikning sharqidagi o`rmon zonasi landshaftlari butunlay boshqacha. Bu yerda tayga o`rnida aralash o`rmonlar uchraydi. Buyuk ko`llar atrofida va Atlantika okeanining sharqiy sohilida o`simliklar igna bargli-keng bargli o`rmonlardan iborat. Bu teretoriyaning iqlimi mo`tadtil iqlimdir, namgarchilik yetarli, yog`ining ko`p qismi yoz paytida to`g`ri keladi.
Territoriyaning sharqiy qismida o`rmon qalin. Paloyegendan buyon juda kam o`zgargan qadimgi flora tufayli o`simliklarning turlari nihoyatda ko`p.
Materikning sharqiy qisimda o`rtacha mintaqa doirasida ancha territoriyaning Appalacha tog`lari egallab yotadi. Bu tog`lar u qadar baland bo`lmasa ham ularda balandlik mintaqalarini yaqqol ko`rish mumkin: 700-1000m balandilkkacha keng bargli o`rmonlar ko`p tarqalgan, unda yuqorida igna bargli o`rmonlar uchraydi. Bu o`rmonlar yuqoriga ko`tarilgan sari asta - sekin bargli daraxatlar o`rnini oladi. O`rmonlar shimolda 1500m balandlikkacha, janubda 1500-1900 m balandlikkacha uchraydi. Bu chegaradan yuqoridan ayrim tog` tepalarida subalp butazorlari uchraydi. O`simliklarga qarab tuproqlar ham qo`ng`ir tog` - o`rmon tuproqlaridan tog` podzol va tog` o`tloq tuproqlarigacha o`zgara boradi.
Materikning ichkarisiga tomon okean sohilidan boshlab o`rmon landshaftlarlari asta - sekin o`rmon - dasht, so`ngra dasht va nihoyat cho`l va chala cho`l landshaftlariga almashinadi.
O`rmonlar bilan dashtlar o`rtasidagi oraliq zona hisoblangan o`rmon-dashtlar Buyuk tekisliklarda, Markaziy tekisliklarning g`arbiy qisimda va Kordilyera ichki platolarining ayrim joylarida tarqalgan. Bu zona ikkita zonachidan - chinakam dashtlar va preriyalardan iborat.
Preriya landshaftlari ham juda o`ziga xosdir. Bu landashftlar sharqiy okean sektorining dasht va keng bargli o`rmonlari orasidagi oraliq zonachani xosil qiladi. Preriyalar namgarchilik sharoitiga ko`ra o`rmon – dashtlarga o`xshaydi, ya`ni dashtlarga nisbatan ko`proq yog`in oladi. Biroq o`rmon dasht zonachasida namgarchilikning nisbatan ko`p bo`lishi tempiraturalarining pastligi tufayli ro`y bersa, preriyalar zonachasida esa namgarchilikka ko`proq yog`inlar sabab bo`ladi. Preriyalarning yog`in yog`adigan. Bu esa preriyalarning materikning ichik chektori bilan sharqiy chekkasiga yilga 1000 mm gacha yog`in yog`adi. Bu esa preriyalarning materikaning ichki sektori bilan sharqiy okean bo`yi sektori o`rtasida joylashgan bog`liqdir.
Buyuk tekisliklarda dashtlar Kordilyera tog`larining yomg`ir kam tushadigan etaklaridadir. Bu yerlarda namgarchilik turlicha. Nam miqdori g`arbidan sharqqa tomon orta boradi. Namgarchilik turlicha bo`lganidan sharqda tipik dashtlar, g`arbida esa quruq dashtlar paydo bo`lgan.
Bu zonalarning landshaftlari inson ishtirokida juda o`zgarib ketgan. Preriyalar va o`rmon - dashtlar deyarli butunlay haydab yuborilgan.
Chala cho`l va cho`llandshaftlarlari Kolubiya platosining g`arbiy qismida Katta Xavzada eng qurg`oqchil iqlim sharoitida o`rtacha mintaqada vujudga keladi.
Tabiiy muhitning anna shu tipii asosan yassi yerlarda bo`lsa ham, ko`p jihatdan Kordilyeraning tog` relyefiga ham bog`liq. Chunki, Kordilyera tog`lari tufayli ichki yassi tog`liklarga yiliga bor - yo`g`i 100- 250 mm yog`in tushadi.
Iqlimning qurg`chilligi tabiatning barcha xususiyatlarida o`z aksini topgan. Bu territoriyalarda oqar suv nihoyatda kam va okenga yetib bormaydi. Buning oqibatida tog`larda yemirlgan jinslar chuqurliklarda qoladi. Bu chuqurliklar suv oqiziqlari va delyuviy bilan tobora to`la boradi.
Hayvonot dunyosida dashtlar zonasida uchraydigan ko`pgina turlar, jumladan kemiruvchilar, yerqazurlar xarakterlidir; ayniqsa sudraluvchilar: zahar tishili kaltakesak, frinozoma, xirot va chinqiroq ilon ko`p uchraydi.
Subtropiklar. O`rtacha va suv tropik mintaqlarning landshaft zonalari sepektori ko`p jixatdan bir - biriga o`xashaydi. Okean bo`yidagi g`arbiy va sharqiy sektorlarda o`rmon landshaftlari materik ichki sektorida dasht va cho`llar eng ko`p.
Subtropik mintaqalar materik ichiki qismi landshaftlari iqlim kontinental va qurg`oqchilik ekanligini o`rtacha mintaqali yuqorida aytilgan landshaftlari bilan umumiy bo`lgan bir qancha alomatlarga ega.
Materikni g`arbiy sohilida 43 0S shimoliy kenglikda janubda AQShning janubiy chegaralarigacha o`rta dengiz bo`yi qug`oqchil o`rmonlari va butalari landshaftlari uchraydi. Bu landshaftlar Yevropaning o`rta dengiz bo`yidagi xuddi shunday landshaftlarga o`xshashdir. O`rta dengiz bo`yi landshaftlari tabiatning umumiyligi iqlim sharoiti o`simliklari tuproqlari xakaterida daryolari rejimida boshqa xususiyatlarda ko`rinadi.
O`rtacha mintaqani g`arbiy igna bargli o`rmonlaridan farq qilib o`rta dengiz bo`yidagi qurg`oqchil o`rmonlar va butazorlar zonasini iqlimi tempiraturani ancha baland bo`lishi tempiratura apilatudasini katta farq qilishi va yog`in miqdorining xiyla kam bo`lishi bilan xarakterlanadi. Yog`inni kam bo`lishi shimoliy tinch okean atitsikolining sharqiy chekkasi bo`ylab shimoldan keladigan quruq havoni yoz paytida hukumron bo`lishi bilan bog`liqdir. Turli mavsumlarda yog`in miqdori katta farq qiladi. Qishda siklunlar kirish bilan yog`in ko`p yog`sa yozda nihoyatda kam yog`adi.
Doimiy yashil sekvoylalarga sof holda uchraydi. Bunday sekvoyyalar daryo terassalarini allyuvial tuproqli yerlarida okean yaqinida bo`ladi. Tog` yon bag`irlarida ulkan seklovoyi uchraydi. Bu sekvoya bilan odatda pisivdasuga va duglespixtasi qarag`aylar dublar qulpinay daraxti ham birga uchraydi. Suptropik o`rmonlar tagida dag`al bargli doimiy yashil buta turlari, jumladan rododendron ko`p o`sadi.
Kesib yuborilgan yoki yonib bitgan igna bargli o`rmonlar o`rnida,ayniqsa zonaning eng quruqroq janubi qismida qayta paydo bo`lgan doyimi yashil siyrak o`rmonlar va butalar –O`rta dengiz bo`yidagi makvis butozorlarini eslatadigan chapprral butazorlari o`sadi.
Suptropik mintaqaning boshqa joylaridagi kabi, bu yerning tuproq qoplami uchun xam kuchli nurash mineralizatsiya proseslari xarak terlidir.Atlantika bo`yidagi xiyla nam sektoridan farq qilib, tuproqning yuvilish rejimi yog`in eng ko`p tushadigan kuz paytlardagina ro`yberadi. Ana shu paytda tuproqda eng xarakatchan birikmalargina chiqib ketadi. Xosil bo`ladigan jigarrang va sur jigarrang tuproqlarda anchagina miqdorda organik va mineral oziq moddalar bor. Bu tuproqlar sho`rlagan emas karbanatli gorizantal yuzi joylashgan. Tuproqlar tabiiy xolda juda unimdor sug`orish kerak bo`ladi.
G`arb va janubda chaparral bevosita sup tropik cho`llarda o`tadi sup tropik cho`llar Katta Xavzaning janubiy qismini va Meksika tog`ligi ichki qismning shimolini egallaydi.
Tarkibida sukkulentlar uchraydigan juda xilma-xil assotsiatsiyalar cho`llar zonasi o`simliklarning ajoyib xususiyatidir. Ayrim sukkulentlar zonasi (kaktus, yukkalar) ning bo`yi 4-9 metrga yetadi va ular cho`llarning eng bo`ydor o`simliklaridir. Biroq krezot butasi bu yerda eng ko`p tarqalgan. Bo`yi 2 metrga yetadigan bu butaning to`q yashil rangidagi yopishqoq xidli bargchalarida krezot moddasi bor. Bu o`simlik tufayli subtropik cho`llarning asosiy formatsiyasi ko`pincha «Kreozot butali cho`llar» deb ataladi.
Janubiy cho`llarning tuproqlari asosan bo`z tuproqlar bo`lib, ular subtorpik mintaqa tuproqlari xos qizg`ish tusga ega. Ko`pgina rayonlarda gripisli va karbonatli qarqaloqlar uchraydi.
O`rtacha mintaqali cho`llardagi kabi bu yerda kaltakesak, ilonlar ko`p.
Katta xavzaning eng baland qismlari kabi siyrak daraxtlari bilan qoplangan. Kolorado platosidan sharqdan endi yozgi mussonni tasiri seziladi. Bo`z tusli sho`ra va qiyoqlar o`rnini ancha zich o`sgan g`allagulilar oladi. Bu o`tlar ko`klamda yam - yashil bo`lib yashnaydi, yilning ko`p qismida qo`nbir sarg`ish tusda bo`ladi. Ular Kordilyera mintaqasini ichki qismlarida va asosan Buyuk tekisliklarniing janubiy qismida uchraydigan subtropik dashtlardir.
Tuproqqa keladigan suvlarning asosiy qismi qorlardan hosil bo`ladigan o`rtacha mintaqa cho`llaridagi nisbatan ham namgarchil kam va yomg`ir juda kam yog`adi. Ko`klam va yoz paytlarida bo`lib turadigan jalalar tuproqning chuqur yuvib ketadi. Shuning uchun ham ildiz sistemasi chuqur bo`lgan o`simliklar o`sadi. Quriq subtropik dashtlarida bazi bir o`t turlari ildiz sistemasining og`irligi 11 kg yetadi. O`simliklarda selloninig bir turi bo`lgan sim o`t eng ko`p o`sadi. Bu yerda suv kullentlar jumladan xopunsiyalar, yukkalar va kaktuslar ham ko`p. Bu o`simliklar tagida bo`z jigarrang tuproqlar paydo bo`ladi.
Dashtlardan asosan yaylov chorvachiligida bazi bir joylarida dehqonchilikda foydalaniladi. Kaliforniya vodiysi dashtlari xam anna shularga o`xshaydi. Biroq bu yerada tabiiy jarayonlar ritmi boshqacha. Bu ritm qishda ko`p yog`adigan yog`inlar bilan bevosita bog`liqdir.
Dashtlar bilan materikning Atlantika bo`yi chekkasidagi o`rmonlari o`rtasida subtropik o`rmon - dashtlar yoki savannalar oraliq zonani tashkil yetadi. Bu landshaftlar ko`p jihatdan tropiklar tipik savannalardan farq qiladi va u bilan birga ular o`xshash bo`lgan bir qancha xususiyatlarga ega tropiklardagi kabi, qishda tempiratura o`siliklarning vegitatsiyasi uchun zarur bo`lgan normadan pastga tushmaydi. Vegatatsiya davri asosan qug`oqchilik paytida to`xtab qolishi mumkin. Vegitatsiya davri ancha qisqa va Meksika qo`ltig`idan keladigan musson tufayli yog`adigan yomig`irlar paytidagina yoz davrida o`simlik o`sib turadi. Tropik savvandalardan farq qilib yillik yog`in miqdori 700-900 mm ortiq emas va yog`in miqdori mavsumlarda keskin farq qilmaydi.
O`simliklar orasida aksiyalar va meskit butasi eng ko`p o`sadi. Ana shu buta tufayli bu o`simliklar formatsiyasi «Meskit butazorlari» deb ataladi. Daraxatlar va butalar subptorik dashtlarga o`xshaydigan boshoqli o`simliklar gilami ustida unda - bunda uchraydi. Suptropik dashtlardagi kabi, bu yerda ham subkkulentlar ko`p. O`tkincha zonaning sharqiy qisimda buta dub chakalakzorari keng tarqalgan. Subtropik savana tuproqlari jigarrang tuproqlardan iborat, eng sernam sharqiy qismida esa preriyalarning qizg`ich qora tuproqlari tarqalgan.
Subtropik mintaqaning sharqiy qismida (Pidmont platosiga qirg`oq bo`yi past tekisliklraida va markaziy tekisliklarining sharqida ) 360S shimoliy kenglikda janubda o`rtacha mintaqaning keng bargli o`rmonlari subtropik musson aralash o`rmonlari bilan almashiniladi. Bu zona landshaftlari igna barglilarni bo`lishi almashiniladi. Bu zona landshaftlarida igna barglilarni bo`lishi yoz paytida namning ko`p buglanishi va qumli grondalarning ko`pligi bilan bog`liqdir. O`rta oyli tempiratura 3-50S dan pastga tushmaydi, o`simliklarning vegetatsiya davri 7-12 oy davom etadi.
Temperaturaning baland, yog`in miqdorining anchagina bo`lishi nurshning kuchli va uzulksiz davom etishi, tuproqdan eriydigan elementlarning olib ketilishi hamda kremniy, temir va alyuminiy oksidlarining to`planab tuproqqa sarg`ish yoki qizg`ish tus berish uchun sharoit yaratadi.
Zona landshaftlar uchun keng bargli o`rmonlardagi kabi fauna turlari xaraterlidir. Bundan tashqari, bu tropiklarga xos hayvonlar, chunonchi alegator, alegator toshbaqasi, qushlardan to`ti, kalibri iva boshqalar uchraydi.
Tropik mintaqada faqat Kaliforniya yarim oroli va Meksika tog`ining janubiy qisimida joylashgan. Bu teretoriyaning deyarli hammasi tog`li bo`lib, landshafti xilma- xildir.
Meksikaning g`arbida okean sohilida tropik mintaqadagi materiklarining g`aribiy chekkasidagi barcha yerlaridagi kabi cho`llari uchraydi. Bu cho`llar sovuq Kaliforniya oqimi tufayli xosil bo`lgan. Kaliforniya oqimi atmosferaning quyi qatlamida temperaturani ancha pasaytirib, shimoliy tinch okeanini antitseklonining sharqiy chekkasida oqadigan passatlarning ana shu yerlarga tushishiga yordam beradi. Tushayotgan havo isib sovuq qatlamdan tepadan o`rin oladi. Buning oqibatida atmosferaning quyi qatlamida temperaturaning ancha pasaytirib, Shimoliy tinch okeani antitsiklonnining sharqiy chekkasida oqadigan passotlarining ana shu yerlariga tushishiga yordam beradi. Bu hodisa tufayli havo oqimlari vertikal harakt qilmaydi, bulut hosil bo`lmaydi va yog`in yog`maydi. Faqat kechalarigina havoning pastki qatlami hali sovuq paytida tumanlar hosil bo`lib, sohilga bir oz shudring tushadi. Bunday xodisalar Kaliforniya shitatining subbtropik sohili uchun ham xaraktrelidir. Lekin bu yerda bunday hodisa yoz paytida bo`ladi.
Meksika tog`ligida tog`lar orasidagi tekis joylarda kreozot cho`llari tarqalgan. Cho`llarning ibtidoiy tuproqli yerlarida sukkulentlar bilan birga bazi joylarda kaktus- akatsiya savannalari, buk va dub, qarag`ay siyrak o`rmonlar va boshqalar tarqalgan. Ana shu o`simliklar tagida savannalarining qizil qo`ng`ir tuproqlar tarkib topgan. Bunday tuproqlar Meksika bo`yi pasttekkisliklarning janubida yirik territoriya egallab yotadi.
Doimiy yashil tropik o`rmonlar kam uchraydi. Ular Vulkanli Syerra (Ko`ndalang Vulkanli Syerra) tog`larining quyi qismlarida va Floridaning janubida bor. Florida o`rmonlari palmaning o`nlab turlari, fikuslar va boshqa tropik o`simliklar bilan xarakterlanadi. Biroq namgarchilik serob bo`lganidan bunday o`rmonlar janubiy Florida kichik bir territoriyani ishg`ol etib, boshqa joylar botqoqlikdan iborat. Doimiy yashil o`rmonlarda qizil tuproqlar eng ko`p uchraydi.
Landshaftlar zonalarining ana shu xarakteriskasi materik landshaftlarining barcha tiplarini yorita olmaydi, albatta. Bunda tekisliklardagi landshaftlarning asosiy tiplarigina tariflanadi. Mahalliy faktorlarning tasiri landshaftlar xarakterini har bir joyda o`zgartirib yuboradi. Shunga qaramasdan Shimoliy Amerikada zonalar ancha yaqqol namoyon bo`lganligini ko`rdik. Shimoliy Amerikada igna bargil o`rmon landshaftlarining ko`proq tarqalishi, o`rtacha mintaqada keng bargli o`rmonlarning o`rnini olishdan iborat. Okean bo`yi g`arbiy sektor zonalari orasidagina uchraydi. Bular materikning g`arbiy qismi palegeografiyasining regional xususiyatlari bilan bog`liqdir.
Biroq materik ichki sektori bilan sharqiy okean bo`yi sektori orasida subtropik o`rmon - dashtlar zonasi va preriyalar o`tuvchi zonachasining keng tarqqiy etishi materik tabiat zonalarining o`ziga xos xususiyatidir. Boshqa materiklardagi kabi, bular ham meridional joylashgan.
Preriyalar va subtropik o`rmon - dashtlarning yaqqol aks etilganligi, shuningdek, dashtlar zonasi sharqiy qismining meridional cho`zilishi (bu xodisa Kordilyera tog`laring tasiri tufayli ayniqsa yaqqol ko`rinadi). Shimoliy Amerika «meridional zonalar» hosil qilgan degan noto`g`ri tasavvurga sabab bo`lgan. Materik kartasida zonalarning joylanishi gipotetik materikning gegorafik zonalari sistemasiga to`g`ri keladi.
Arktikainng Amerika sektori.
Shimoliy Amerika shimolda janubga tomon shimoliy yarim sharnipg barcha iqlim mintaqalarini kesib wtgan bwlib, arktika muz sahrolaridan to nam tropik wrmonlarigacha bwlgan barcha zonal landshaft tiplarini uchratish mumkin. Bir tomondan sharkdagi tekisliklar va wrtacha balandlikdagi toglar bilan birgalikda. ikkinchi tomondan, g`arbdagi baland tog`lar wrtasidagi tabiiy tafovutlar ancha kuchlidir. Shu sababli materikda ikkita katta qism: Sharq va Kordil`era tog`lari ajratiladi. Materikning Arktika orollari va ularni ajratib turuvchi suv xavzalari Arktika va subarktikaning Amerika sektori sifatida ajratiladi. Markaziy Amerika alohida subkontinent hisoblanadi.
Materikning shimoliy orollari Grenlandiya bilan birga tabiiy sharoitining wta ogirligi bilan ajralib turadi: buning asosiy sababi - bu orollarning qutb yaqinida joylashganligidir, hamda xozirgi zamon muzlanishlarining kuchli rivojlanganligidir. Yog`in mikdori kam bwlgan holda yil bwyi xaroratning past bwlishi kwp yillik muzlok erlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shimoliy Amerikaning bu qismi butunlay kutb yoni landshaftlaridan iborat bwlib, bu erlar unumsiz arktika sovuq sahrolaridan to wrmon - tundragacha bwlgan barcha xududlarni wz ichiga oladi.
Grenlandiya er sharidagi eng yirik orol bwlib, maydoni 2 mln. km dan ortiq. Orol tabiiy sharoitining wziga xosligi, ya`ni uping kutbga yaqinligi hamda atrofidagi sovuk oqimlarning faoliyati bilan bog`liq. brol yuzasining deyarli 75% i materik muzliklari bilan qoplangan.
Muzlik yuzasining katta kismi dengiz satxidan 2000m balandda joylashgan. Muz qoplanishning wrtacha qalinligi 1600m, qalin joyi 3500m. ga etadi. Orolda materik muzliklarning vujudga kelishiga asosiy sabab, shimoliy yarim sharda neogen va antropogen oralig`ida iklimning sovib ketganligidir. Muz ostida rel`ef ancha tekis bwlib, balandligi uning markazida 1 OOm dan oshmaydi. Ammo orolning chekkasidagi muzdan holi xududlarda tizmalari mavjud. Orolda al`p tipli rel`ef shakllari ustunlik qiladi. Orolning eng baland nuqtasi 3700m li Gunb`yorn chwkkisi hisoblanadi. Ulka iqlimi sovuq, markaziy qismida xarorat -10°S dan -55°Sgacha wzgaradi. Qishda -68°gacha tushishi mumkin. Xatto iyulda -28°S sovuk bwladi, yogin mikdori 1000 - 2000mm atrofida bwladi. Orolning muzdan xoli erlarida wsimlik qoplami tundraga xos bwlsada, uning shimoliy xududida wsimlik kam. Orolda mox va lishayniklarning 600 turi uchraydi. Ut wsimliklardan kutb lolaqizg`aldog`i, toshyorar, ayiqtovon kabi wsimliklar balandligi 2-Zm keladigan kayin, zirk, archa, qaragay wsadi. Xayvonlardan qwybuqa, karibi bug`usi saqlanib qolgan. Dengiz soxillarida ok ayiqlar anchagina kwpdir.
Kanada - Arktika arxipelagi xududi Butiya va Melvill yarim orollari bilan birgalikda
1,5 mln. km bwlib, Baffin eri, El`smir va Viktoriya orollari wlkaniig yirik orollari hisoblanadi. Arxipelag orollari yaqindamaterikdan ajralgan bwlib, u erdagi qator bwg`ozlar dengiz suv ostida qolgan qadimgi daryo vodiylarining wrni hisoblanadi. Rel`efda twrtlamchi davr va hozirgi zamon muzliklarning ta`siri seziladi. Bu arxipelag g`arbida muzliklarning ywqligi, iklimning kurukligi va mutloq balandlikning kichikligi bilan bog`likdir.
Wlka iqlimi hamma joyda keskin kontinental sovukligi bilan xarakterlanadi. Yozda xarorat + YuSdan past, kunduzi +21°+24Sgacha etadi. Eng sovuk oyning wrtacha xarorati -ZZSpast xarorat -50°Sgacha tushadi.
Baffin erining janubiy subarktika iqlim mintakasida bwlganligidan kish oylari iliq bwladi, yillik yog`in miqtsori 200 - 250mm.
Arxipelagning sharqidagina tsiklon tufayli yog`in miqdori kwprokdir. Yoginlar asosan yozda yomgir tarzida, qishda kuruq kor tarzida bwladi, yoz fasli qiska, may oyida ham xarorat -ZOSgacha tushishi mumkin.
Sharq tabiiy - geografik regioni
S h a r q d e g a n d a S h i m o l i y A m e r i k a m a t e r i g i n i n g s h a r q v a s h i m o l d a
Atlantika hamda Shimoliy Muz okeanlari bilan, g`arbda Kordil`era tog`lari orasidagi katta kismi nazarda tutiladi.
Subartika tekisliklari-tabiiy geografik wlkasi materikniig eng shimolidagi sohil tekisligini wz ichiga oladi. Uning g`arbiy chegarasi Makkenziyaning kuyi okimi bilan to Gudzon qwltigining shimoliy g`arbigacha davom etadi. Ulkaning ancha kismi botqoqlashgan. Yanvarning wrtacha xarorati-30'S, yozgi xarorati +ZOSi tashkil etadi. Yog`in mikdori ZOOmm dan kam.
Lavrentiy qirlari - wlkasiga Gudzon kwltig`ining g`arbi va janubi hamda Lobrador yarim orolining asosiy qismini egallaydi. Wlka tabiiy sharoitida tekislik yuzasida kristall jinslarning keng tarkalganligi, muzlik rel`ef shakllarining ustunligi hamda ignabargli wrmonlar salmog`ining kwpligi xarakterlidir. Bu qirlarning wrtacha balandligi 500-600m bwlib, Labrador yarim orolidagi Gioringar tizmasidagi eng baland nuqta 1676m ga etadi. Ulka iqlimi ancha sovuk hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |