Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

1. Cho‘llar mintaqasi 
dengiz sathidan 400–500 metr balandlikdagi 
joylarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 
70% ini ishg‘ol qiladi, o‘simliklari – 498 tur. Shulardan 64 turi 
shifobaxsh o‘simliklar, 273 turi chorva mollari uchun ozuqaviy 
xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik turlari hisoblanadi. Bu 
mintaqalarning o‘simliklari qurg‘oqchil iqlimga moslashgan va 
asosan sho‘rxok va qumli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Quruq 
iqlimli bu cho‘llarning ham ekologik tiplari xilma-xil bo‘lib, gipsli 
cho‘l, qumli cho‘l va ko‘chib yuruvchi qumli – barxanli cho‘llar 
ko‘plab ekoturistlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin.
Chunki har xil ekologik tipli cho‘l hududlarida ushbu 
hududlarga moslashgan o‘simliklar qoplami va hayvonot dunyosi 
tarkib topgan. Ayniqsa, floramizda endemik turlarning ko‘pligi 
xalqaro miqyosda turistik oqimlarning kuchayishiga qiziqishni hosil 
qiladi. Cho‘llardagi hayvonot olamidagi turlar (jayron, sayg‘oq, 
Qizilqum echkiemari, kaltakesaklar, «Qizil kitob»dagi yo‘rg‘a 
tuvaloq, tasqara, cho‘l burgutlari, miqqiy, qirg‘iy, qorabovur, 
cho‘l kaptari va boshq.) nafaqat xorijiy balki, ichki ekoturizmda 
ham qiziqarli ekoturistik obyekt hisoblanadi.
O‘zbekistonning cho‘llari quyidagilar: Qizilqum, Ustyurt 
cho‘li, O‘rta cho‘l, Qarnobcho‘l, Konimexcho‘l, Muborak 
cho‘l, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona cho‘llari, 
Kattaqum va Sandiqli cho‘llari. Bulardan tashqari 1.9 mln. 
gektarli o‘simliksiz ko‘chma barxanli qum hududlari ham bor. 
Barxanli qumliklarda arab mamlakatlari ekoturistlarni tuyada 
sayr qilish turlariga taklif qilishadi. Bunday ekoturlarning 
yevropaliklar uchun juda qiziqarli bo‘lishini arab turoperatorlari 
juda yaxshi bilishadi. Bizning cho‘llarimizning qumliklarida ham 
shunday ekoturistik imkoniyatlar bor.
Cho‘llarimizda ekoturizm infratuzilmalari o‘ziga xosligi bilan 
ajralib turadi.


116
117

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish