Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

2. To‘qayzorlar mintaqasi.
Respublikamizning Sirdaryo, 
Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron kabi daryolari 
sohillarida to‘qaylar alohida mintaqalar holida uchraydi. 
To‘qaylar o‘ziga xos tabiat landshaftlari bo‘lib, siyrak, zax o‘rmon 
va chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar turli hayvonlar yashashi 
uchun muayyan sharoitga ega. To‘qaylar ekoturizmning eng 
qiziqarli resurslaridir. O‘zining betakror tabiatiga va boy biologik 
xilma-xillikka ega bo‘lgan to‘qayzorlarimizga sobiq ittifoq 
davrida o‘nglanmas darajalarda zarar keltirildi. To‘qayzorlarning 
o‘rmonlari kesilib, cheksiz paxta dalalariga aylantirildi. Bebaho 
boyligimiz bo‘lgan 300 ming ga to‘qayzorlardan hozirga kelib 30 
ming gektari saqlanib qolgan. Bu maydonlar davlat muhofazasiga 
olingan va ularning o‘simliklari, hayvonot olami muhofaza qilinadi 
va ko‘paytirilmoqda
3. Adir mintaqasi 
okean sathidan 1000–1200 metrdan 2700–
2800 metrgacha bo‘lgan balandliklarni o‘z ichiga oladi. Balandlikka 
ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib yog‘inlar miqdori orta 
boradi. Vatanimiz tabiatidagi adirlar mintaqasida nafaqat ekologik 
turizmni balki, qishloq turizmini, agroturizmni rivojlantirish 
imkoniyatlari bor. Chunki, adir mintaqasi asosan mamlakatimizdagi 
tog‘ oldi mintaqalari hisoblanib, bu mintaqaning asosiy qismi 
sug‘oriladigan yerlar bo‘lganligidan qishloqlar zich joylashgan va 
dehqonchilik kuchli rivojlangan. Adirlar mintaqasidagi bahorikor 
yerlardagi o‘ziga xos bo‘lgan dehqonchilik (g‘allachilik, lalmi 
no‘xat, zig‘ir, qovun, tarvuz yetishtirish) nafaqat xorijiy turistlarni 
balki, shaharlarda yashayotgan aholini ham qiziqtirishi mumkin. 
Bunday imkoniyatlarni ekoturizm operatorlari yaxshi bilishlari 
talab qilinadi.
4. Tog‘lar mintaqasi. 
Tog‘larda yoz salqinroq, cho‘ldagiga 
nisbatan qisqaroq bo‘ladi. Tog‘larimizda 1048 tur o‘simliklar 
o‘sadi. Shifobaxsh, dorivor o‘simliklarga boy mintaqa. Okean 
sathidan 1400 metrdan 2500 metrgacha balandlikda archa daraxti 
o‘sadi. Archa yog‘ochi mustahkam, qimmatbaho daraxt bo‘lib, 
uzoq umr ko‘radi. Tabiatdagi biologik resurslar – o‘simliklar 
olami va hayvonot dunyosi ekoturizmda eng ommaviylashgan 
resurs hamda obyektlardan hisoblanadi.
Archazorlar – shifobaxsh oromgohlardir. Archazorlardan 
ekoturizmning eng ommaviy maskanlariga aylantirish maqsadlarida 
foydalanish mumkin. Shu bilan birga, adir mintaqasining hayvonot 
olami to‘qayzorlar faunasi bilan ko‘p hollarda bu ikki mintaqa bir-
biri bilan chegaradosh bo‘lganligidan aralash holda yashashadi. Bu 
imkoniyatlardan ekoturizmda ham, ekosafari marshrutlaridan ham 
foydalanish imkoniyatlari kelib chiqadi. O‘zbekistonning tabiiy 
iqlim sharoitlari Markaziy Osiyo kontinental iqlim sharoitlaridan 
tarkib topganligi uchun ham hayvonot dunyosi va o‘simliklar 
olamining turli-tuman va rang-barangligini hosil qilgan.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish