Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


O‘zbekistonning hayvonot olami – ekoturizm resurslari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

9.2. O‘zbekistonning hayvonot olami – ekoturizm resurslari.
Respublikamizning ekoturizm salohiyatini hisobga olganimizda 
ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli 
tabiat mavsumlari va bu iqlim sharoitlariga va o‘zining ekologik 
tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida 
endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidir. 
O‘zbekistonning ekoturizmdagi resurslar salohiyatiga alohida 
to‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish
tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi.
O‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik–
baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv 
fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r 
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar 
va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi 
«Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 
turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 
turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti 
ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur 
o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi 
o‘simliklar, ulardan 9 % i endemiklardir. O‘zbekiston hududining 
muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km
2
ni 
tashkil qilgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km
2
ni tashkil etgan 4 
ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish 
respublika markaziy –«Jayron» ekomarkazi, 12186 km
2
maydonni 
tashkil etgan 10 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.
Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham 
g‘oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgina ovlanadigan baliqlarning 
83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko‘paytirilib muhofaza 
qilinmoqda. Shulardan 18 turi O‘zbekiston Respublikasining «Qizil 
kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki 
va tashqi turist ovchilarni taklif qilishning katta imkoniyatlari bor. 


120
121
Ekoturizm markazidagi qushlar
Hozirga kelib «Nurota» davlat tabiat qo‘riqxonasida qariyb 
yarim asrdan beri qo‘riqlanib kelinayotgan yovvoyi qo‘ylar-
arxarlar son jihatdan ko‘payishi hisobiga qo‘riqxona chegaralaridan 
chiqib qadimiy areallari Qizilqumning qoldiq tog‘lari tomon 
siljib bormoqda. Shuning uchun ham bu joylardan ekoturistik 
maqsadlarda foydalanish bu yovvoyi qo‘ylarning asta-sekinlik 
bilan odamlar ko‘ziga o‘rganishini tashkil qilib borish ekoturizmni 
tashkil qilishni osonlashtirib boradi. Keyingi yillarda «Nurota» 
davlat tabiat qo‘riqxonasidan ekoturizmni rivojlantirishda 
maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, turistlarga 
joylashtirish, ovqatlantirish va dam olish xizmatlarini mahalliy 
aholi ko‘rsatmoqda. Viloyatdagi turizm mutaxassislari va turizm 
tadbirkorlarining yordami bilan mahalliy aholi o‘z uylarini xalqaro 
va ichki turistlar ehtiyojlariga, talablariga moslashtirmoqdalar. 
Hozircha bu qo‘riqxonaga har yili 100 dan ziyod xorijiy turistlar 
kelib ketishmoqda.
Istiqbolda «Nurota» davlat tabiat qo‘riqxonasida mahalliy 
aholi yordami bilan zamonaviy turistik infratuzilmalar barpo 
etish, xizmatlar sifatini yaxshilash rejalari ishlab chiqilmoqda. 
Qizilqum echkemari esa xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib 
vatanimiz tabiatidagi bu noyob sudraluvchi yashayotgan joylarga 
ham ekoturistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qiladi. Qizilqum 
echkemari odamlarga boshqa sudraluvchilarga qaraganda ancha 
oson o‘rganadi. Ikkinchidan, xalqaro “Qizil kitob”dagi hayvonlar 
va parrandalar xalqaro ekoturistlarning eng ashaddiy muxlislarini 
o‘ziga jalb qiladi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish