Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Oq tepa milliy parki (Oqtepa tabiat bog‘i)



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Oq tepa milliy parki (Oqtepa tabiat bog‘i). 
Surxondaryo viloyati 
noyob hayvonot va nabotot dunyosini tiklash va ko‘paytirish hamda 
O‘zbekiston va chet el ekoturizm sayohatchilarini yovvoyi tabiat 
bilan tanishtirish, dam olish, ov va baliq ovlash maskanini yaratish 
maqsadida 2005-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
bionazorati nozirligi qoshidagi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on 
tumani, Termiz shahridan 30 km shimoliy-sharqda, jami 1034 
gektar maydonni tashkil etgan Oq tepa suv omborining atrofida 
joylashgan «Oq tepa» tabiat bog‘i tashkil etildi. Ushbu maskan 
migratsiya qiluvchi qushlar, yovvoyi o‘rdaklar va suv qushlarining 
vaqtincha dam olib, to‘xtab o‘tuvchi hamda ko‘pgina qushlarning 
qishlab qolish makoniga aylangan hududdir. 
Sarmishsoy milliy parki.
Navoiy viloyati hokimiyatining 
21.04.1997-yildagi qarori bilan mahalliy darajada tashkil qilindi. 
Hudud sahro pasttog‘liklarini, ularning flora va faunasini muhofaza 
qiladi. Bu yerda qoyatoshlarga chizilgan 3000 dan ortiq qadimiy 
rasmlar-petrogliflar mavjud. Bu jahon miqyosida ham juda noyob 
hisoblanadi va turli mamlakatlardan olimlar hamda turistlarda 
katta qiziqishlar uyg‘otadi. Milliy bog‘ning maydoni 5000 ga va 
Navoiy viloyatining ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat 
qo‘mitasi nazoratida.
Sarmishsoy qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar


136
137
10.2. O‘zbekistonning tabiat qo‘riqxonalari
Tabiat qo‘riqxonasi maydoni hayvonot va o‘simlik dunyosi 
bilan qattiq rejimda qo‘riqlanadi. O‘ziga xos, betakror tabiat 
landshaftlari, noyob, yo‘qolib borayotgan hayvonot turlarini 
saqlab qolish va ko‘paytirish maqsadida davlat tomonidan tashkil 
qilinadi. Qo‘riqxonalarda inson faoliyati taqiqlanadi. Faqat ilmiy-
tadqiqot ishlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. O‘zbekistonning 
davlat qo‘riqxonalari – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 
eng qat’iy tartibli turi bo‘lib, muayyan o‘simlik, hayvon turlari 
va ekotizimlarni himoyalash uchun tashkil qilingan, doimiy 
amal qiladigan muhofaza etiladigan zonalar hisoblanadi. 
Qo‘riqxonalarda har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan (nazorat 
etiladigan ilmiy tadqiqotlar bundan mustasno). 
Qo‘riqxonalar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi 
(IUCN) muhofaza etiladigan zonalari tasnifining I toifasiga 
to‘g‘ri keladi. Respublika qo‘riqxonalarida «Qizil kitob»ga 
kirgan ko‘plab hayvon turlari: xongul, morxo‘r, Seversov 
qo‘yi, ko‘k sug‘ur, Turkiston silovsini, yirik yirtqich qushlar, 
hasharotlar muhofaza qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasida 9 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi va 
10 ta davlat buyurtmasi (zakaznik) tashkil qilingan
48
(4-jadval).
Bu qo‘riqxonalar vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishda asosiy 
ekoturistik obyektlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida 
quyidagi qo‘riqxonalar mavjud: Chotqol; Baday-to‘qay; Hisor; 
Zomin; Zarafshon; Qizilqum; Nurota; Surxon; Kitob. Jadval 
ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekistonda tabiat 
qo‘riqxonalari mamlakatimizning barcha tabiat mintaqalarida 
joylashgan. Bunday qulay salohiyat, sharoitdan ekoturizmni 
rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini tabiatning 
o‘zi bizga yaratib bergan. Davlat tabiat qo‘riqxonalarimizdan 
nafaqat xalqaro turizmda balki ichki turizmda ham foydalanish 
masalalarini hal qilishimiz lozim.
48 
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tabiiy geografi yasi atlasi. Toshkent, 2007.
4-jadval

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish