142
143
Qo‘riqxona florasi 600 dan ortiq (27 endemik) turni qamrab
olgan. Avvallari Nurota tizmasi archa o‘rmonlari bilan qoplangandi,
lekin ular o‘tgan asrdayoq kesib tashlangan. Qo‘riqxonada atigi 30 ga
yaqin archa qolgan. Qo‘riqxona faunasi 183 turdan iborat, shundan
13 turi O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Nurota davlat qo‘riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi
bosh boshqarmasi tizimiga kiradi hamda Qo‘riqxonalar, milliy
tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi tomonidan
boshqariladi. Qo‘riqxonaning Osrafsoyida qadimgi qoyatoshlarga
chizilgan qadimiy rasmlar saqlanib qolgan. Mujrumsoyda esa
1000 yoshli archalar bor. Uxum, Sintobsoy, Ustun qishloqlarida
ham Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog‘lanib qolgan joylar,
1000 yoshli daraxtlar davlat muhofazasi ro‘yxatiga olingan.
4. Surxon davlat qo‘riqxonasi
Surxondaryo viloyati Sherobod
tumanining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkita
mustaqil hudud: Orol-Payg‘ambar va Qo‘hitong tog‘ tizmasi sharqiy
yonbag‘ridan tashkil topgan. Umumiy maydoni 3092 ga bo‘lgan
Orol-Payg‘ambar hududi Xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston
«Qizil kitob»iga kirgan Buxoro bug‘usi (xongul) va yaylov, to‘qay
ekotizimlarini saqlab qolish maqsadida 1971-yildayoq qo‘riqxona
sifatida tashkil topgandi.
1987-yilda Qo‘hitong davlat qo‘riqxonasi Orol-Payg‘ambar
qo‘riqxonasi bilan birlashtirildi va umumiy maydoni 24554
ga bo‘lgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qayta tashkil qilindi.
Qo‘riqxonaning Qo‘hitong hududi tog‘-o‘rmon ekotizim sifatida
tavsiflanadi. Uning hududi Pomir-Oloy tog‘ tizimi Hisor
tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlarida dengiz sathidan 1500 dan
3157 m gacha balandlikda joylashgan. Qo‘riqxona hududi ko‘p
sonli mayda soylardan tarkib topgan yaxshi rivojlangan gidrografik
tizimni ta’minlaydigan doimiy va muvaqqat oqadigan ko‘plab suv
oqimlariga ega. Hozirgi paytda Qo‘hitongda 269 tur va 55 oilaga
mansub 578 o‘simliklar ro‘yxatga olingan, shundan 23 turdagi
o‘simlik turi O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Yer usti (o‘rmon, dala, adir) o‘simliklari bilan band maydon
16620 ga (67,7%), toshli yonbag‘ir, to‘kilma, qiyaliklar bilan band
maydon 7839 ga (31,9%), o‘rmonlar 9288 ga yoki hududning
37,8 foizini tashkil qiladi. Asosiy o‘rmon hosil qiladigan o‘simlik
Zarafshon archasi hisoblanadi. Hozirgi paytda Qo‘hitongda 1
turdagi baliq, 2 turdagi amfibiya, 26 turdagi reptiliya,74 turdagi
qush va 23 turdagi sutemizuvchi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: