Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

9. Kitob davlat qo‘riqxonasi
1979-yilda 3938 ga maydonda tashkil 
topgan. Kitob-Shahrisabz vodiysi qulay sayyohlik imkoniyatlari 
jihatidan vatanimizning noyob, betakror o‘lkalaridan hisoblanadi. 
Hisor va Zarafshon tog‘lari o‘rtasidagi xushmanzara go‘shalar 
ekoturizmni rivojlantirishning manzillari bo‘lib xizmat qiladi. 
Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyatida Zarafshon tizmasining janubi-
g‘arbiy tarmoqlarida joylashgan, balandligi 1300 dan 2650 m gacha 
oraliqda. Qo‘riqxona hududida 168 turdagi hayvon mavjud (qushlar – 
128, sutemizuvchilar – 21, sudralib yuruvchilar –14, baliqlar – 3 turdan 
iborat) bilan taqdim qilingan, shundan 10 turi O‘zbekiston Respublikasi 
«Qizil kitobi»ga kirgan, 800 turdagi o‘simlik o‘sadi,shundan 23 turi 
O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kirgan.
Bu qo‘riqxonaning xalqaro miqyosdagi ahamiyati shundan 
iboratki, qo‘riqxona hududida xalqaro meridianning o‘tganligi 
haqida xalqaro belgi qo‘yilgan. Bu imkoniyatni reklama qilib 
xalqaro ekoturistlarni qo‘riqxonaga qiziqtirish mumkin.
10.3.O‘zbekistonning tabiat buyurtmaxonalari
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda yana bir salohiyatli 
ekoturistik obyektlarning biri – tabiat Buyurtmaxonalari 
hisoblanadi
50
. Vatanimizda turlari kamayib ketayotgan o‘simliklar, 
hayvonlar va tabiiy landshaftlarni ma’lum bir muddatlarda 
muhofaza qiluvchi 10 ta tabiat buyurtmaxonalari bor (5-jadval).
5-jadval 
O‘zbekiston Respublikasining tabiat Buyurtmaxonalari 
Buyurtmaxonalar
Ixtisoslashuvi
Maydoni, ga
1. Arnasoy 
buyurtmaxonasi
Suv havzasi tabiati. Qushlar va qishlovchi 
qushlarning muhofazasi.
63300,0
2. Dengizko‘l 
buyurtmaxonasi
Suv havzasi tabiati. Qushlar va qishlovchi 
qushlarning muhofazasi.
50000,0
3. Qoraqir 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari. Jayron va qishlovchi 
qushlarning muhofazasi.
30000,0
50
G‘ulomov R. va boshq. Turkiston tabiiy geografiyasi. Toshkent: «O‘qituvchi», 
2000. 191-b.
4. Qarnobcho‘l 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari. Tuvaloq, qorabovur 
va jayronlarni hamda ularning yashash 
joylari muhofazasi.
40000,0
5. Qo‘shrabod 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari.Tuvaloq, qorabovur va 
jayronlarni hamda ularning yashash joylari 
muhofazasi.
16500,0
6. Nurobod 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari. Saksovulzorlar, tu-
valoq va kobrani muhofaza qilish.
29000,0
7. Oqtog‘ buyurt-
maxonasi
Cho‘l landshaftlari. Barcha tabiiy maj-
mualarni muhofaza qilish.
2500,0
8. Saygachi 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari. Sayg‘oqlarni muhofa-
za qilish.
1000000,0
9. Sudoche 
buyurtmaxonasi
Suv havzalari tabiati. Baliqlar va ko‘chib 
o‘tuvchi qushlarni muhofaza qilish.
50000,0
10. Muborak 
buyurtmaxonasi
Cho‘l landshaftlari tabiati bioxilma-xil-
ligi va asosan yo‘rg‘a- tuvaloqni saqlash, 
muhofaza qilish va ko‘paytirish.
219534
Bu buyurtmaxonalar mamlakatimiz hududlarining barcha 
tabiiy landshaftlari majmualarini qamrab olgan bo‘lib, flora 
va faunamizdagi ko‘plab noyob biologik xilma-xillikni, tabiiy 
landshaftlarni, suv havzalarini va ularda muhofaza qilinayotgan 
hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini, vatanimizda qishlab 
ketadigan qushlarni muhofaza qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston 
hududida faoliyat yuritadigan 10 ta buyurtmaxona mavjud.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish