Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Braziliya.
Bu davlat birinchi navbatda dunyoning eng katta 
daryosi Amazonka va uning betakror tabiati, dunyoning biror joyida 
uchramaydigan flora va faunasi, milliy parklarining ko‘pligi bilan 
mashhur hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyodagi 7 mo‘jizadan biri 
hisoblanadigan Iso payg‘ambarga qo‘yilgan haykalning poyiga gul 
qo‘yish va sig‘inish uchun har yili millionlab turistlar kelishadi. 
Dunyodagi eng katta sharsharalar ro‘yxatida turgan Iguasu 
sharsharasiga har yili millionlab ekoturistlar tashrif qilishadi. 
Braziliya turizm industriyasida ekoturizm yetakchi yo‘nalishni 
hosil qilgan.
Ekvador. 
Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan, iqtisodida 
ekoturizm asosiy sohani tashkil qilgan va ekoturizmda lider 
davlatlardan hisoblanadi. Bu davlat dunyo ekoturistlariga baland 
tog‘lardagi milliy parklarini taklif qiladi. Eng muhimi, milliy 
parklar va tabiat qo‘riqxonalarida ekoturistik so‘qmoqlar, dam 
olish infratuzilmalari yaratilgan. 
Dunyoning mashhur olimi Charlz Darvin tajribalar o‘tkazgan 
Galapagos orolini reklama qilishi natijasida har yili bu orolning 
o‘ziga millionlab turistlar kelishadi. Bu davlatda xalqaro dayving 
turizmi, ulkan suv toshbaqalarini ko‘rsatish mukammal holatlarda 
tashkil qilingan. Ekoturistlarga daryolardan oltin yuvib olish ham 
taklif qilinadi va ko‘plab ekoturistlar bu davlatda oylab qolib 
ketishadi.
Peru.
Hududlaridagi tropik o‘rmonlari ekotizimlari va bu 
o‘rmonlardagi noyob biologik resurslari bilan mashhur. Peruning 
xalqaro turizm va xalqaro ekoturizmdagi eng mashhur resursi 


108
109
bu qadimiy Machu-Pikchu shahridir. Hozirda bu qadimiy 
tosh shahar dunyoning 7 mo‘jizasi ro‘yxatiga kiritilgan. Naska 
cho‘lida chizilgan qadimiy ulkan rasmlar hozirgacha insoniyatni 
hayratga solib kelmoqda.
Nepal.
Dunyodagi kichik bu davlatning dovrug‘i butun 
jahonda mashhur va bu davlatni dunyodagi tog‘larning poytaxti 
joylashgan deb ta’riflashadi. Dunyodagi eng baland tog‘ Everest 
ham shu davlatda. Qoyatoshlarga chiquvchilar, rafting va baliq 
ekosafari jahon miqyosida rivojlangan. Milliy parklariga maxsus 
so‘qmoqlar, vaqtinchalik dam olish infratuzilmalari xalqaro 
ekoturizm talablari asosida tashkil qilingan. Shu bilan birga bu 
davlat tog‘-alpinizmidagi fojiali halokatlar bo‘yicha ham oldingi 
o‘rinlarda turadi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish