Turizm sohasining 2000-2015 yillargi rivojlanishi va O‘zbekiston iqtisodida tutgan o‘rni



Download 23,38 Kb.
Sana29.03.2020
Hajmi23,38 Kb.
#42864
Turizm sohasining 2000-2015 yillargi rivojlanishi va O‘zbekiston iqtisodida tutgan o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Sharopov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar mamlakatimizda turizm sohasini yanada taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilaѐtgan izchil islohotlarning samaralari, sayѐhlik oqimini oshirishda mehmonxonalarning o‘rnini alohida ta'kidladi.Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mohiyati, ushbu hujjatdan kelib chiqadigan dolzarb masalalar haqida so‘z bordi.Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsataѐtgan mehmonxonalar vakillari ishtirok etgan tadbirda turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish, sohaning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va ularni jahon bozorida targ‘ib qilishga oid masalalar muhokama qilindi. Bunda xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Turizmni rivojlantirish, sayѐhlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Temur Mirzaev. –Bugun mamlakatimizda qariyb olti yuzta mehmonxona bor. Poytaxtimiz va viloyatlarda ―Radisson‖,

―Lotte‖, ―Wyndham‖, ―Ramada‖ kabi dunѐga mashhur otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy saѐhat qiluvchilar uchun ko‘plab xususiy mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytlarda mamlakatimizda tadbirkorlikni, jumladan, turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlarning qabul qilinaѐtgani sohamiz vakillarining samarali faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi vakillari mamlakatimizning turizm sohasidagi salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot ishtirokchilariga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadarѐ va boshqa hududlaridagi diqqatga sazovor joylar haqidagi boy ma'lumotlar taqdim etildi. Mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sayѐhlik xizmatlari eksportini yanada oshirish, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayѐrlash bo‘yicha amalga oshirilaѐtgan ishlar haqida axborot berildi.Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan "Janubiy Koreya sayѐhlik tajribasini o‘rganish" treningi doirasida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi. Janubiy koreyalik ekspertlar bilan birgalikda turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etilib, O‘zbekiston hamda Janubiy Koreyada ekoturizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalasi bo‘yicha tajriba va fikr almashildi.O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sohada amalga oshirilgan islohotlar samarasida zamonaviy turizm infratuzilmasi izchil rivojlantirilib, sayѐhlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yangi sayѐhlik turlari, jumladan, ekologik turizm yo‘nalishlari joriy etilmoqda. O‘zbekistonda qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, ѐdgorliklar va biosfera rezervatining mavjudligi mamlakatimizda ekoturizmni istiqbolli yo‘nalishga aylantirish imkonini bermoqda. Bugungi kunda turizm jahon iqtisodiѐtining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Shu bois O‘zbekistonda ham turizm sanoatini modernizasiya qilish, sohani barqaror rivojlantirish uchun me'ѐriy-huquqiy baza yaratish va uni takomillashtirish, chet ellik mehmonlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalqimizning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va yanada boyitish, milliy an'ana va urf-odatlarimizni qayta tiklash, diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Buning samarasida yurtimizga kelaѐtgan sayѐhlar tobora ko‘payib bormoqda. Masalan, har yili O‘zbekistonga dunѐning turli mintaqalaridan 2 milliondan ortiq sayѐh kelmoqda. Ularning aksariyati Germaniya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Hindiston fuqarolaridir.



– O‘zbekiston xalqaro sayѐhlik bozorida katta nufuzga ega, – dedi Kѐnxi universiteti professori Kim Chol' Von. – O‘zbekistonning qadimgi arxitektura ѐdgorliklari, xalqingizning o‘ziga xos an'analarini o‘zida mujassam etgan boy madaniy merosi jahon hamjamiyati va sayѐhlar e'tiborini tortmoqda. Janubiy Koreyada yurtingizni ko‘rish istagida bo‘lganlar ko‘p. Mamlakatingizda xorijiy mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekistonning sayѐhlik kompaniya va firmalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz.O‘zbekiston turizm sanoati vakillarining safari qiziqarli taqdimot marosimlari, o‘zaro manfaatli muzokaralarga boy bo‘ldi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilaѐtgan islohotlar, soha kadrlarini tayѐrlash tizimi, ekoturizmni ommallashtirish dasturlari haqida ma'lumot berildi. Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, sayѐhlarga ko‘rsatilaѐtgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish doimiy e'tiborda.

―O‘zbekiston havo yo‘llari‖ milliy aviakompaniyasi havo kemalari parki va aeroportlar modernizasiya qilinmoqda, parvozlar geografiyasi kengayaѐtir. Poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro va Qarshiga qatnovchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ―Afrosiyob‖ poezdi sayѐhlarga manzur bo‘lmoqda. Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li bunѐd etilishi natijasida Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga zamonaviy poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish barobarida xorijlik sayѐhlar va xalqimizga bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish tizimi ham yildan- yilga rivojlanaѐtir. Bugungi kunda mamlakatimizda 1 ming 282 sayѐhlik tashkiloti, jumladan, 661 mehmonxona, sayѐhlik bazasi va kemping, 600 dan ortiq sayѐhlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda Jahon sayѐhlik tashkiloti bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1993 yilda a'zo bo‘lgan. 2004 yildan buѐn Samarqandda Jahon sayѐhlik tashkilotining Buyuk ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zaro hamkorlikda xalqaro sayѐhlik yarmarkalari, anjumanlar va seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Sayѐhlik industriyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekologik turizmni rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilaѐtir. Qo‘riqxonalar, tabiat bog‘lari, ekomarkazlar, biosfera rezervatlarini o‘z ichiga olgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog‘i kengaymoqda. Ushbu ekoturizm inshootlari imkoniyatlarini baholash, ularning kadastr tizimini yaratish, soha bo‘yicha malakali mutaxassislar tayѐrlash, mamlakatimizning ekosayѐhlik salohiyatini jahonga yanada keng namoyish etish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 1995 yildan buѐn an'anaviy o‘tkazib kelinaѐtgan Toshkent xalqaro sayѐhlik yarmarkasi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, jahon jamoatchiligini yurtimizning sayѐhlik sohasidagi ulkan salohiyati bilan yaqindan tanishtirish, xorijdagi yetakchi sayѐhlik kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishda muhim omil bo‘laѐtir. Mamlakatimizning noѐb tarixiy ѐdgorliklari, zamonaviy inshootlari, xushmanzara tabiati, betakror madaniyati va an'analari jahon sayѐhlarini o‘ziga rom etaѐtgani bejiz emas. Prezidentimiz rahnamoligida barcha soha qatori turizmni rivojlantirish, yurtimizga kelaѐtgan sayѐhlar oqimini yanada kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi sayѐhlik marshrutlari ishlab chiqilib, dam olish maskanlarida zarur sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, zamonaviy infratuzilma, mehmonxona va dam olish maskanlarida yo‘lga qo‘yilgan yuqori sifatli xizmatlar sayѐhlarning ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. Sayѐhlik azaldan dunѐ xalqlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Odamlar dunѐni ko‘rish, savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy aloqalarni o‘rnatish maqsadida saѐhat qilgan. Mamlakatimizning barcha shaharlari sayѐhlik borasida ulkan salohiyatga ega. Xususan, Toshkent qadimdan Yevropa va Osiѐ mamlakatlarini o‘zaro bog‘laydigan ko‘prik vazifasini o‘tagan. Shu bois hududda savdo-sotiq, madaniyat rivojlangan. YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning rivojlanish markazlari bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston zamonaviy sayѐhlik infratuzilmasiga, rivojlangan davlatlar qatorida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Mamlakatimizda xorijiy sayѐhlar, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida nufuzli anjumanlar o‘tkazilmoqda. Toshkent oliy darajadagi uchrashuvlar, tinchlik va do‘stlik kelishuvlari, xalqaro sammitlarga mezbonlik qilish borasida dunѐdagi eng mashhur shaharlar qatoridan joy oldi. Bundan yigirma yil ilgari yurtimizda barmoq bilan sanarli mehmonxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun sayѐhlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, turoperatorlar safi tobora kengayib bormoqda.

―O‘zbekturizm‖ milliy kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, mamlakatimizda 750 turoperator va 570 mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Poytaxtimiz va viloyatlarda ―Radisson‖, ―Lotte‖, ―Wyndham‖, ―Ramada‖ kabi dunѐga mashhur otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy saѐhat qiluvchilar uchun ko‘plab xususiy mehmonxonalar xizmat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan ko‘rsatilaѐtgan xizmatlar sifati yil sayin oshib bormoqda.O‘tgan yili sayѐhlik xizmatlari hajmi 2014 yilga nisbatan 15,9 foiz, shunday xizmatlar eksporti 12,9 foiz o‘sgan23.Turizmni rivojlantirish, sayѐhlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan ulkan bunѐdkorlik ishlari samarasida xorijiy mehmonlar va delegasiyalarni qabul qilish hamda ularga zamonaviy talablar asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega yuzlab mehmonxonalar qad rostladi. Mavjud mehmonxonalar zamonaviy va milliy me'morlik an'analari asosida rekonstruksiya qilindi.Istiqlolgacha yurtimizda birorta ham besh yulduzli mehmonxona bo‘lmagan. Bugungi kunda birgina Toshkent shahrida xalqaro standartlar asosidagi muvofiqlik sertifikatiga ega qirqdan ziѐd mehmonxona mavjud. Ularning ko‘pchiligi to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalardir.Mehmonxonalarning dunѐ miqѐsida tan olingan xalqaro tarmog‘i mavjud. Dunѐdagi mashhur mehmonxona tarmoqlari – ―Wyndham‖, ―Lotte‖,

―Radisson‖ kabi brendlar ostida xizmat ko‘rsatuvchi otellar eng rivojlangan shaharlarda faoliyat ko‘rsatadi. Poytaxtimizdagi ―Wyndham Tashkent‖,

―Lotte City Hotel Tashkent Palace‖, ―Radisson BLU Tashkent‖ otellari ana shular jumlasidan.Poytaxtimiz markazida joylashgan, Sharq va G‘arb me'morlik an'analarini o‘zida mujassam etgan ―Lotte City Hotel Tashkent Palace‖ mehmonxonasi sayѐhlarga yaxshi tanish. Bu mehmonxona Janubiy Koreyaning

―Lotte‖ kompaniyasi hamkorligida xalqaro talablarga muvofiq modernizasiya qilindi.

– O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi ―Lotte City Hotel Tashkent Palace‖ mehmonxonasi bosh menejeri Li Jong Rak. – Bu O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishimizning ortishiga, yirik

23 ―Uzbektourism.uz‖ sayti ma'lumotlari

loyihalarni amalga oshirishimizga keng yo‘l ochmoqda. To‘rt yulduzli mehmonxonamizda mijozlarga yuqori sifatli servis xizmati ko‘rsatiladi. Bu yerda ishni tashkil qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunѐ tajribasidagi samarali tizim, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar joriy etilgan.

– O‘zbekistonning betakror madaniyati va noѐb tabiati har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlaringizni inson o‘z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishni orzu qiladi, – deydi ―Bohemia Lazne‖ kompaniyasi direktori Yiji Shluka (Chexiya). – Chexiyada ham o‘zbek xalqining boy madaniyati, qadimiy tarixi va bugungi kuni bilan tanishishga qiziqish juda katta. Mamlakatingizda ulkan bunѐdkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, poytaxtingiz tobora ko‘rkamlashib bormoqda. Mehmonxonalar ko‘payib, turizm infratuzilmasi va servis jadal takomillashmoqda. Bunѐdkor xalqingiz amalga oshiraѐtgan bunday xayrli ishlar tahsinga loyiq.

– O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini yuksaltirish borasidagi islohotlarning qamrovi tobora kengayib boraѐtir,

– deydi yaponiyalik ishbilarmon Nobue Shindo. – Sayѐhlarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish, saѐhatlar tashkil etish yuksak darajada. Yaponiyaliklar orasida O‘zbekistonni loaqal bir bor ko‘rish istagida bo‘lganlar ko‘p. Boisi yurtingiz kishini hayratga soladigan mo‘'jizalarga nihoyatda boy. Bu gal ―Wyndham Tashkent‖ mehmonxonasiga joylashdim. Ushbu otelda yaratilgan qulay sharoit, yuksak did bilan bezatilgan shinam xonalar, doimiy mo‘'tadil havo har qanday kishiga manzur bo‘ladi.Dunѐ miqѐsida yakka tartibda saѐhat qilishga qiziqish ortishi ixcham xususiy mehmonxonalar tarmog‘ini rivojlantirishni taqozo etaѐtir. Mamlakatimizda xususiy mehmonxonalar ham jadal rivojlanmoqda. Hozir yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, ko‘rkam va shinam, xizmat ko‘rsatish borasida bir-biridan qolishmaydigan ana shunday mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘yga tolasan kishi: mustaqillikdan ilgari birov xususiy mehmonxona ѐki restoran quribdi desa, ishonarmidik?! Sababi buning iloji ham, imkoni ham yo‘q, bunday ishni qilishni tasavvur ham etib bo‘lmasdi. Shukrki, istiqlol tufayli bugun tadbirkor yurtdoshlarimiz mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalanib, mehmonxona ham, restoran ham – istaganini ochmoqda, ham o‘ziga, ham elu yurtiga naf keltirmoqda.Mamlakatimizda sayѐhlikni rivojlantirish jaraѐnida kadrlar tayѐrlashga ham alohida e'tibor qaratilaѐtir. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turizm yo‘nalishidagi kollejlar, Toshkent davlat iqtisodiѐt universitetining sayѐhlik fakul'teti, Samarqand iqtisodiѐt va servis instituti hamda poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida sayѐhlik marketingi va menejmenti, xizmat ko‘rsatish, xalqaro turizm, mehmonxona xo‘jaligi va restoran ishi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayѐrlanmoqda. Mazkur ta'lim dargohlarida tashkil etilgan maxsus mehmonxona markazlari talabalarning nazariy bilimini amalda mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etaѐtir.

Sohada chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bu borada ―O‘zbekturizm‖ milliy kompaniyasi tomonidan tashkil etilaѐtgan marketing loyihalari – mega-info-turlar yaxshi samara bermoqda. Ushbu loyiha doirasida Italiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Singapur kabi ko‘plab mamlakatlarning ikki yuzdan ziѐd sayѐhlik kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.Mehmonxona va restoran biznesi sayѐhlikning eng ko‘p daromad keltiradigan tarmoqlaridandir. Soha vakillari o‘rtasida milliy va xorijiy tajribani ommalashtirish, uni yanada rivojlantirish istiqbollarini ochish maqsadida o‘tgan yili O‘zbekiston Savdo-sanoat

palatasi huzurida Restoran va mehmonxona biznesini rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi. Ayni paytda yetakchi restorator va otel'erlar bilan mualliflik uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Bu mehmonxona va restoran biznesiga qadam qo‘yaѐtgan ѐshlarimizning sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmasini oshirishga, ish yuritish qoidalari bilan bevosita tanishtirishga xizmat qilaѐtir.Mehmonxona va restoran biznesi rivojida xizmat ko‘rsatuvchi kasb egalari, xususan, ofisiantlarning alohida o‘rni bor. Zero, ofisiantlar har qanday dam olish va ovqatlanish muassasasining yuzi hisoblanadi. Ularning sifatli xizmati, samimiy munosabati mijozlarning maroqli hordiq chiqarishi, muayyan muassasa, qolaversa, mamlakat obro‘si yuksalishiga xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar

O‘zbekiston respublikasining boy tarixga, madaniyatga ega ekanligi, Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi jahon hamjamiyatining e'tiboriga sazovordir. Ushbu vohani turistik sohasini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: barcha tarixiy me'moriy ob'ektlarni to‘liq pasportizasiyadan o‘tkazish, ularni tamirlash va ulardan maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida dasturlar yaratish lozim. Qishloq joylarida mavjud tarixiy ѐdgorliklarni ta'mirlash va turizm infratuzilmasini barpo etib yangi turistik marshurutlarni tashkil etish;

Transport infratuzilmasini; aviareyslarni turistik mavsumlarda ko‘paytirish va charter reyslarni tashkil etish, mamlakatimiz turistik shaharlari Buxoro, Samarqand yo‘nalishlarida tezyurar poezdlarni tashkil qilish, Buxoro viloyatini bog‘lovchi avtomagistral' yo‘lini ta'mirlash va yo‘l bo‘yida jahon andozalariga javob beradigan kempinglar, dam olish maskanlari, medisina xizmatlari ko‘rsatish, avtomobillarga ѐqilg‘i qo‘yish shahobchalarini tashkil etish;

Turizm sohasida malakali kadrlarni jumladan: turizm va mehmonxona xo‘jaligi, restoran menejerlari, turoperatorlar, gid ekskursovodlarni faqatgina oliy o‘quv yurtlari bazasida olib borish maqsadga muvofiqdir;

O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalar va O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning elchixonalari ѐrdami bilan televidenie, radio hamda internet tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasining salohiyati va ahamiyatini ko‘taradigan reklama roliklarni va prezentasiyalarni namoyish qilish;



Charter reyslari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Buyuk Britaniya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlardan tashrif buyuradigan xorijlik turistlarga aeroportning o‘zida viza masalalarini hal etishni yo‘lga qo‘yish;

Mamlakatimizning noѐb tarixiy ѐdgorliklari, qadimiy obidalari, xushmanzara tabiati, betakror madaniyati va an'analari jahon sayѐhlarini o‘ziga tobora kengroq rom etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sayѐhlik sohasini jadal rivojlantirish, yurtimizga kelaѐtgan chet ellik sayѐhlar oqimini yanada kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi sayѐhlik marshrutlari ishlab chiqilib, dam olish maskanlarida zamonaviy shart-sharoit yaratilmoqda.
Download 23,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish