Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Qishloq turizmining zamonaviy reklamalarini yaratish



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

7.2. Qishloq turizmining zamonaviy reklamalarini yaratish
Qishloq turizmini rivojlantirishda birinchi navbatdagi 
vazifalar albatta joylashtirish vositalari hisoblanadi. Lekin 
qishloqlarda qishloq turizmini rivojlantirishdagi dastlabki 
tadbirkorlikda bu masalani tezda hal qilsa bo‘ladi. Qishloq 
turizmini rivojlantirgan Yevropa davlatlari dastlabki vaqtda ham 
turistlarni joylashtirishda ijara usulini taklif qilgan. Tadbirkorlik 
kuchaygandan keyin alohida-alohida uylar, kottejlar qurish 
raqobat natijasida boshlanib ketadi. Lekin qishloq turizmini 
rivojlantirishdagi dastlabki tadbirlar qishloq joylardagi eng 
jozibali va qiziqarli turistik resurslarga turistik marshrutlar ishlab 
chiqishdan boshlanmog‘i kerak.
Qishloq turizmini rivojlantirishda eng muhim omillardan biri 
qishloqlarimizda turistik marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. 
Chunki turistik oqim hamma vaqt turistik marshrut va uning 
reklamasidan keyin hosil bo‘la boshlaydi. Qishloqlarga turistik 
marshrut ishlab chiqish ham qishloq turizmini rivojlantirishdagi 
eng qulay imkoniyatlar hisoblanadi. Chunki, qishloqlarda 
turistik marshrutlar ishlab chiqishning imkoniyatlari ham 
ko‘p, mavzulari ham ko‘p va turistik resurslarning turli-
tumanligi va deyarli barcha turizm turlarini qamrab olganligi 


100
101
bilan salohiyatlidir. Qishloq turizmini rivojlantirishda 
turistik marshrutlar ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini 
rivojlantirish mumkin:
1. Qishloqlarda tabiatni o‘rganish – ekologik turizm marshrutlari.
2. Qishloqlarda madaniy merosni o‘rganish marshrutlari – 
etnografik turizm marshrutlari.
3. Qishloqlardagi tarixiy va arxeologik obidalarni o‘rganish 
marshrutlari tarixiy-madaniy turizm marshrutlari.
4. Qishloqlardagi ziyoratgohlar, diniy ziyorat marshrutlari. 
5. Qishloqlardagi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni 
o‘rganish – agroturizm marshrutlari.
6. Qishloqlarda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish – milliy-
ma’naviy-madaniy turizm marshrutlari.
7. Qishloqlarda milliy madaniyat va milliy folklorni o‘rganish 
– madaniy turizm marshrutlari.
8. Qishloqlarda fermerlar hayotini o‘rganish – agroturizm 
marshrutlari.
Qayd qilganimizdek, ko‘plab turizm turlari turmarshrutlar 
ishlab chiqish mavzulari bir xil bo‘lganligidan ularning keng 
qamrovli faoliyati ancha chegaralangan bir yoki ikki mavzuda 
bo‘ladi. Qishloq turizmining marshrutlari turli mavzularda 
ekanligi va turistik obyektlarning xilma-xilligi, jozibadorligi 
uchun ham juda qiziqarlidir.Birgina qishloq aholisining yashash 
tarzini o‘rganish yoki tomosha qilish bo‘yicha quyidagi turistik 
marshrutlarni ishlab chiqish mumkin:
1. Qishloq bilan tanishuv marshruti (aholisi, tili, hududlari, 
tabiati, dehqonchiligi, chorvachiligi, asosiy ishlab chiqarish 
mahsulotlari, kelib chiqishi va boshqalar).
2. Qishloq aholisining yashash tarzi (urf-odatlari, bayramlari, 
marosimlari, uy-ro‘zg‘or tutishlari, uy jihozlari, mehmon kutish, 
oiladagi munosabatlar, to‘ylar, milliy taomlar tayyorlash usullari, 
dam olishi va boshqalar).
Qishloq turizmini rivojlantirishning yana bir imkoniyatlari 
shundan iboratki, qishloqlarimizda turli mavzularda 
ekskursiyalarni tashkil qilishdir. Qishloqlarda ekskursiyalarning 
qiziqarliligi shundaki, ekskursiyalar bir obyektdan butunlay boshqa 
mavzudagi obyektga yo‘l-yo‘lakay o‘tiladi. Agar qishloqlarda 
turistlarga xizmatlar ko‘rsatishni kunlik ekskursiyalar asosida 
tashkil qilsak turistlarga ancha qulayliklar yaratilishi mumkin. 
Chunki, qishloqlarda uzoq masofali turistik marshrutlar 
qishloqdagi dastlabki tunash joylariga qaytib kelishida ancha 
toliqtirib qo‘yadi.
Ikkinchidan, qishloq turizmida turistik marshrut yoki turistik 
ekskursiya ishlab chiqilganda va amalda o‘tkazilganda tushki 
ovqatlanish xizmatlarini albatta dalada tashkil qilish kerak. 
Chunki, dala sharoitida choy qaynatish, dala sharoitida ovqat 
tayyorlash turistlar uchun haddan tashqari va taassurotli bo‘lishi 
tabiiydir.
Qishloq turizmida turistik marshrutlar ishlab chiqilganda 
bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa o‘tishda yo‘llarda uchragan, 
dalalarda ishlayotgan yoki chorva mollarini boqayotganlar bilan 
turistlarni uchrashtirish dasturlari, ular bilan suhbatlashtirish 
dasturlari albatta turistik bo‘lishini ta’minlaydi. Qishloq turizmini 
rivojlantirishda turistik marshrutlarni reklama qilish ushbu turizm 
turini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Qishloq turizmi marshrutlari reklama qilinganda boshqa turizm 
reklamalaridan mazmuni va tuzilishi bo‘yicha o‘ziga xos usullar 
va yondashishlar qo‘llaniladi.
Masalan, bu reklamalarda dastlab qishloqning manzili va bu 
qishloq atrofidagi turistik resurslar, infratuzilmalar va turistik 
xizmatlar qisqacha izohlar, roliklar bilan ifodalanadi. Qishloq 
turizmining reklamasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Qishloqning manzili.
2. Qishloq va uning atroflaridagi turistik resurslarning 
ro‘yxatlari.
3. Qishloqdagi turistik infratuzilmalar haqidagi ma’lumotlar.
4. Transport xizmatlari.
5. Joylashtirish xizmatlari.


102
103
6. Ovqatlantirish xizmatlari.
7. Gid ekskursiya xizmatlari.
8. Ko‘ngil ochar o‘yinlar xizmatlari.
9. Qishloqqa yetib borish marshruti.
Bunday reklamalarning to‘liq axborotli bo‘lishi turistlarning 
qishloqqa erkin yetib borishini ta’minlaydi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish