88
89
•
qishloq fermerlari ish tartibi va hayot tarzi
– qishloq xo‘jaligi
hayvonlarini saqlash, yem-xashak tayyorlash mahsulotlarini
yetishtirish va sotish.
Qishloq turizmini tashkil qilishda yuqorida qayd qilingan turizm
turlarining barcha resurslari majmuali, birikkan holda ishlaydi va
har qanday turistni ko‘proq muddatlarga ushlab qoladi. Shuning
uchun ham Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishga
o‘tgan asrning 60-yillaridan jadal kirishdi. Hozirga kelib, Yevropa
davlatlarida qishloq turizmidagi turistlarning oqimi 60 mln.turistni
tashkil qilmoqda.
Fransiya,
Germaniya, Angliya, Italiya davlatlarida
qishloq turizmi xizmatlarini ishlab chiqaruvchi 10 minglab turistik
firmalar va turistik tashkilotlar muvaffaqiyat bilan ishlashmoqda.
Biz ham mamlakatimizda qishloq turizmining mohiyati, maqsadi
va vazifalarini tadqiq qilishga endigina kirishayapmiz.
Jahonda qishloq turizmiga har bir davlatlar o‘zlaridagi
imkoniyatlariga qarab har xil mazmunda qaramoqda. Masalan,
Angliyada aholisi 7000 kishilik qishloqlarni qishloq turizmini
rivojlantirish rejasiga kiritishadi, Avstriyada bu sonli aholisi bo‘lgan
qishloqlarni shahar turizmini rivojlantirish rejalariga qo‘shishadi.
Shuningdek, qishloq turizmini, agroturizmni
rossiyalik olimlar
ekoturizmning tarmog‘i deb bilishadi. Yevropa davlatlarida
aksincha agroturizm-dehqonchilik bilan bog‘liq turizm, ekoturizm
esa tabiat bag‘rida bo‘lish va uni muhofaza qilishga ko‘maklashish
deb belgilangan.
Vatanimizda qishloq joylardagi resurslardan turistik
maqsadlarda foydalanishni majmuali tashkil qilish qulayligini
hisobga olib yuqorida keltirilgan turizm turlarini jamlagan holda
qishloq turizmi deb atasak, bu turizmni rivojlantirish dasturlarini
ishlab chiqish ancha oson kechadi. Shuning uchun ham qishloq
turizmini tashkil qilishdagi muammolarni o‘rganishdan oldin,
dastavval
qishloq turizmining mohiyatini, maqsadi va vazifalarini
belgilab olishimiz lozim bo‘ladi.
Jahondagi ko‘plab davlatlarda «Qishloq joylardagi turizm»
atamasi ham bor va ular qishloqlardagi turizm resurslarga
bog‘liq holda turistik infratuzilmalarni yaratadilar. Bu holat
ularda qishloq turizmining juda rivojlanganligini va ayrim-ayrim
yo‘nalishlarni hosil qilganligini ko‘rsatadi. Biz uchun eng muhimi,
qishloq turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni
rivojlantirish asoslari ekanligini anglab olishimizdir. Ma’lumki,
ichki turizm Butunjahon turizm tashkilotining tasnifi bo‘yicha bir
mamlakat aholisining o‘z davlati hududlaridagi turistik faoliyati
deb belgilangan.
Qishloqlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy
obyektlari hisoblanadi.
Shuning uchun ham AQSH, Kanada,
Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar dastlab
(o‘tgan asrning 70-yillaridan) o‘z davlatlarida ichki turizmni
rivojlantirganlar, butun aholini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga
– turizm jarayonlariga ko‘p yillar davomida tayyorlaganlar.
Shu tariqa turizmdagi tadbirkorlik ayniqsa qishloq turizmidagi
tadbirkorlik kuchayib ketgan. Lekin afsuski, biz hozirgacha
ichki
turizmni ham, xalqaro turizmni ham, tarixiy obidalari bor
shaharlarga sayohat deb tushunmoqdamiz.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirish zarurligining
eng asosiy, dolzarb yana bir masalasini – shahar aholisining
qishloqlarda dam olishini tashkil qilish deb tushunmog‘imiz lozim.
Qayd qilganimizdek, dunyoda qishloq turizmini rivojlantirish
orqali ichki turizmni so‘ngra xalqaro turizmni rivojlantirgan va
jahon turizmida «lider» o‘rinlarni egallab kelayotgan AQSH,
Kanada, Fransiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Avstraliya
va Ispaniya davlatlari jahon turizmidagi hozirgi mavqelariga
dastlab qishloq turizmini rivojlantirish orqali erishdilar. G‘arbiy
Yevropaning barcha davlatlari ham qishloq turizmini jadal
rivojlantirishmoqda. Sharqiy Yevropa davlatlari ko‘p yillar sobiq
sovetlar ta’sirida bo‘lganligidan qishloq turizmini ishlab chiqish
dasturlarini tuzaolmadilar.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirishning
Do'stlaringiz bilan baham: