Milliy parklarning tashkil qilinishi.
1933-yil Londonda “Afrika
flora va faunasini muhofaza qilish Konvensiyasi”ning milliy parklar
bo‘yicha qabul qilgan qaroridan keyin davlatlarda milliy parklarni
tashkil qilish birmuncha jonlandi. Ayniqsa, Afrika davlatlarida
XX asrda ko‘plab milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari tashkil
qilindi. Bu milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari hozirgi kungacha
betakror tabiat muzeylari sifatida insoniyatga xizmat qilmoqda.
Afrikadagi eng katta milliy parklar Zair davlatida tashkil qilingan;
Salonga Upemba, Maiko,Virunga. Zairdagi Kafue milliy parkida
dunyodagi karkidon va begemotlarning eng ko‘p sonlari saqlanadi
va muhofaza qilinadi.
56
57
Chilining “Xalqaro Pasxi oroli” milliy parkidagi afsonaviy tosh
haykallar.
1949-yilda Zimbabveda Ywange milliy parki tashkil qilindi.
Tanzaniyadagi Serengeti milliy parki hozirgacha jahondagi eng
qiziqarli va mashhur parklardan hisoblanadi. Keniyaning markaziy
qismidagi Aberdare, Kruger milliy parklarida Afrikaning 5 turdagi
eng yirik yovvoyi hayvonlari muhofaza qilinadi.
Yaponiya davlati milliy parklar yaratishga katta e’tibor beradigan
davlatlar qatorida turadi. Bu davlatdagi eng mashhuri Fudziyama
tog‘idagi – Fuji Hakone Izu milliy parkidir. Hindistonda ham
ko‘plab milliy parklar jahonga mashhur, taniqli. Bularning eng
mashhurlari Himolay tog‘larining old qismidagi – Corbet milliy
parki hisoblanadi. Bu milliy parkda Hindiston yo‘lbarsi va qoplon
(leopard) muhofaza qilinadi va ko‘paytiriladi.
Shri Lankada fillar, qoplonlar va kam uchraydigan noyob
qushlar muhofaza qilinadigan GaI Oua milliy parki BMT
ro‘yxatida turadi. Avstraliya eng ko‘p milliy parklari bor
davlatlardan hisoblanadi. Bu davlatdagi Gagadu milliy parkida
jahondagi eng ko‘p timsohlar muhofaza qilinadi. Bu milliy parkda
“Timsoh” mehmonxonasi jahonda timsoh shaklida qurilgan
yagona mehmonxona hisoblanadi.
Yangi Zelandiyada Tongario, Egmont, Fiord Land milliy
parklari taniqli milliy parklardan hisoblanadi. Buyuk Britaniya
ham milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalarini ko‘paytiruvchi
davlatlardan hisoblanadi. Britaniyadagi eng yirik milliy park
Britaniya orllaridagi Garingorn National Nature Reserve 26 ming
ga maydonni egallaydi. Alp tog‘laridagi eng katta milliy parklardan
hisoblanadigan Gran Paradiso Italiya davlatining tashabbusi bilan
tashkil qilingan.
Germaniyada 1969-yilda ikkita Berchtesgaden, Bavarian
Forest milliy parklari o‘z faoliyatlarini boshladi. Germaniyada 80
ta milliy parklar, zaxiradagi milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari
tashkil qilingan. Janubiy Amerikada milliy parklar tabiatni o‘z
tabiiy holatida saqlash va muhofaza qilish uchun tashkil qilinadi.
Shunday milliy park Charlz Darvin tadqiqot o‘tkazgan Galapagoss
orollarida (Ekvodor davlati) noyob suv toshbaqalarini va suvda
yashovchi turlarni saqlab qolish va muhofaza qilishni boshladi.
Chilidagi mashhur va mo‘jizaviy Pasxi oroli xalqaro miqyosdagi
milliy park deb e’lon qilindi.
Argentinaning Nehuel Huapi milliy parki And tog‘lari
ostonasidagi 800 ming ga maydonni egallaydi. Venesueladagi
58
59
Canaima milliy parkida dunyodagi eng baland sharshara Angel
Falls joylashgan. Milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari, alohida
muhofaza qilinadigan hududlarning ko‘payishi ekoturizmning
rivojlanishiga asos soladi.
Hozirda dunyoda 1500 dan ziyod milliy parklar bor. Ularning
eng yirik bo‘lgan 260 tasi BMTning ro‘yxatiga olingan
33
. Qayd
qilingan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, milliy parklar turli
maqsadlarda tashkil qilingan. Shuning uchun ham, ekoturizmni
rivojlantirishda bu milliy parklarning tashkiliy, iqtisodiy va
geografik xususiyatlarini tahlil qilish talab qilinadi.
Dunyoda milliy parklar tashkiliy va iqtisodiy jihatlaridan
a) davlat mulki; b) xususiy va d) aralash (davlat va xususiy)
mulk egaligida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ba’zi davlatlar o‘z
milliy parklarini xalqaro tashkilotlar ixtiyoriga berishadi va
daromadning bir qismini olishadi. Hozirgi vaqtda ko‘plab
davlatlardagi xususiy va aralash mulkdagi milliy parklarni egalari
davlat mulki boshqaruviga berishmoqda. Ikkala holatning
ham kelib chiqish sabablari milliy parklar muhofazasining
qiyinlashib borishi hisoblanadi. Afrika mamlakatlarida, Janubiy
va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Yaqin Sharq va
MDH davlatlarida, Lotin Amerikasida milliy parklarni davlat
ixtiyoriga berish kuchaygan.
Milliy parklarni davlatga sotish yoki to‘liq davlat ixtiyoriga
berish Yevropa davlatlarida ham ustuvor yo‘nalishga ega
(Germaniya, Irlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya
Respublikasi va Skandinaviya davlatlari). Shimoliy va Janubiy
Amerika Davlatlarida, Polsha, Gretsiya, Turkiya, Pokiston, Nepal
va Aljirda milliy parklar xususiy hamda davlat tasarrufida faoliyat
ko‘rsatadi.
G‘arbiy Yevropa davlatlarida, Fransiyada, Ispaniya va Buyuk
Britaniyada, Paragvay, Urugvay, Ekvadorda milliy parklarning
yarmi xususiy hisoblanadi. Janubiy Koreyada 40% milliy parklar
xususiylashtirilgan.
33
Бабкин А.В. Специальные виды туризма. Ростов на-Дону, Феникс, 2008. C. 252.
Milliy parklarning tashkiliy va boshqaruv xususiyatlari ham
dunyo mamlakatlarida turlicha hisoblanadi. Milliy parklar
dastlabki vaqtlarda tashkil qilinganda federal agentliklarga va
departamentlar boshqaruvida bo‘lishgan. Rivojlangan, o‘tish
davri iqtisodi rivojlanishidagi davlatlarda (90% davlatlar)
milliy parklar boshqaruvi pastdan yuqoriga-vertikal tashkiliy
boshqaruvida (Shvetsiya, Italiya, Niderlandiya, Yevropaning
ko‘plab davlatlari).
AQSH, Kanada, Fransiya, Avstraliya va JAR davlatlarida
xususiy milliy parklar ko‘pligidan teng huquqli-gorizontal tashkiliy
boshqaruv hukmron. Lekin, boshqaruvning barcha xilma-xilligi
yoki milliy parklardagi turli mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy
parklardagi tabiat muhofazasi albatta davlat organlari ixtiyorida
hisoblanadi.
Mamlakatimizda milliy parklar, tabiat qo‘riqxonalari, biosfera
qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari va alohida muhofaza
qilinadigan hududlarni tashkil qilish va boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish»
davlat qo‘mitasi ixtiyoriga berilgan. So‘nggi yillarda milliy
parklar puldor, tabiat muhofazasini quvvatlaydigan xalqaro
tashkilotlar, tijoriy banklar, mashhur yozuvchilar, san’atkorlar
va boshqalardan tushadigan mablag‘lar hisobidan ham faoliyat
ko‘rsatishmoqda. Shuning uchun ham ekoturistik resurslari bor
davlatlar barcha imkoniyatlarini ishga solib o‘zlarida ekoturizmni
rivojlantirishga kirishganlar. Kanada milliy parklardan 240 mln.
dollar, AQSH milliy parklardan yiliga o‘rtacha 370 mln dollar
daromad olishmoqda. Eng muhimi, ekoturistik obyekt qanchalik
jozibador, betakror bo‘lmasin ushbu obyekt ishlatilganda
ekoturizm rivojlanadi. Dunyoda 1959-yilda 39 mamlakatda 200
ta milliy park, 1982-yilda 1000 ta va hozirda 1500 ta milliy
parklar faoliyat ko‘rsatmoqda
34
.
34
Mose Ingo. Sanft er Tourismusim Nationalpark Hohe Tauern. Vechtaer Arbeitenzu r
Geographie und Regionalwissenschaft , Band 6. Vechta, 1988. P. 267.
60
61
Do'stlaringiz bilan baham: |