Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati. 
Ekotu-
rizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni esa ekoturizmning 
buyuk tamoyillaridan kelib chiqib, ya’ni ekoturizmdan keladigan 
mablag‘ tabiatni muhofaza qilish, noyob biologik resurslar, 
biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilganligi bilan juda 
muhimdir. Yana ham muhimrog‘i, ekoturizm resursi atrofidagi 
aholining ish bilan bandligini oshirishi, ta’minlashi hisoblanadi. 
Ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish esa mehnat qilishning eng yengil 
turlariga kirishi ham juda muhimdir.
Shuning uchun ham ekoturizmning mamlakat iqtisodiy 
hayotidagi o‘rnini quyidagicha belgilash mumkin. Bu tamoyillar 
ekoturizmning ijtimoiy tamoyillariga qo‘shiladi va ekoturizmning 


46
47
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli yo‘nalish bo‘lishini 
isbotlaydi
29

• Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi 
ish o‘rinlari bilan ta’minlashda yordam beradi;
• Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning 
yangi texnologiyalarini jalb qiladi;
• Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqishni rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini 
axborotlaydi va ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi;
• Ekoturizm obyektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
darajalarini o‘stiradi;
• Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda 
mutaxassislarda ekoturistik bilim va ekoturistik madaniyat 
bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini yaratadi;
• Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar 
hunarmandchiligiga yo‘l ochadi;
• Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni 
rivoj lantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini 
yuzaga keltiradi.
Alohida muhofazadagi hududlarida ekoturizmni rivojlantirayotgan 
xorij davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan 
o‘z aholisini va xorijlik ekoturistlarni ekoturizmning talablarini 
o‘rgatmoqdalar. Masalan, Kosta-Rikadagi Monteverdi qo‘riqxonasi 
mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish hisobiga 50 ming 
dollar, ekoturizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi. Keniya 
milliy parklaridan har yili 450 ming dollar, Ekvador “Galapagos” 
orollari ekoturizmidan 180 ming dollar daromad qiladi. 
Ruanda ekoturizmda o‘z gorillalarini ko‘rsatib (bir sutkada har 
bir gorillani 4 kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig‘iga ruxsat 
berilmaydi) har yili 1 mln., boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda 
oladi. Zambiyada Luangva qo‘riqxonasi ekoturizmdan 150 ming dollar 
29
Hayitboyev R., Matyaqubov U. Ekologik turizm. Samarqand, 2010, 60-b.
daromad qiladi. Keniyadagi Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27 
ming dollar, bitta fillar to‘dasidan 61 ming dollar foyda oladi.
O‘z mamlakatlarida ekoturizmni rivojlantirib yaxshi foyda 
olayotgan Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot 
darajalariga qarab ularning ekoturizmni yaxshi yo‘lga qo‘yganligini 
hisobga olsak, bizning mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi 
holatimiz ancha taassufli holdir. Biz hozirdan ekoturizmda 
lider davlatlarning tajribalarini, texnologiyalarini, ekoturizmni 
tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini, usullarini, 
ekoturizmda boshqarish va ish yuritishni mukammal o‘rganishimiz 
kerak. Eng muhimi, ekoturizmda ekologik obyekt, resurslardan 
olinadigan daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini 
(ekoturistning kirish va tabiat betakrorligidan foydalangandagi 
to‘lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal qilishimizdir.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish