40
41
• ekoturizmning tashkiliy huquqiy masalalari;
• ekoturistik fan, ta’lim, tarbiya va targ‘ibot;
• ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari.
Konsepsiyaning «muqaddima»sida ekoturizmning dunyoda
shakllanishi va ekoturizmni mamlakatimizda rivojlantirishning
imkoniyatlari, bu imkoniyatlar va ekoturizmning kuchli
salohiyatlaridan foydalanishdagi muammolar keltirilgan. Ushbu
konsepsiyada Vatanimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ekoturizmning salohiyati,
maqsadi, masalaning dolzarbligi va uni amalga oshirishning
umumiy qoidalari; ekoturizmning tashkiliy huquqiy masalalari;
ekoturistik fan, ta’lim, tarbiya va targ‘ibot; ekoturizmning ijtimoiy-
iqtisodiy masalalari mukammal yoritilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning mavzularida yuqorida qayd
qilingan masalalar, ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolar,
ekoturizmning maqsadi va vazifalari, mamlakatimizning ekoturistik
salohiyatlari, ekoturistik obyektlar va ekoturistik resurslar haqidagi
ma’lumotlar manbalar bo‘yicha batafsil yozilgan.
Ikkinchi qismda quyidagi bo‘limlar yozilgan:
• O‘zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi va uning yaqin
kelajakdagi istiqbollari;
• ekoturizmning O‘zbekistondagi salohiyati va uning yaqin
kelajakdagi istiqbollari.
Ikkinchi qismning bo‘limlarida ekoturizmning xalqaro
bozordagi o‘rni, uning rivojlanish tendensiyalari, ekoturizmning
mohiyati, mazmuni va ekoturizmga xalqaro tashkilotlarning bergan
ta’riflari, tavsiflari, xalqaro ekoturizm bozorida ekoturizmdan
katta daromadlar olayotgan davlatlar, ekoturizmning maqsadlari
bo‘yicha tarmoqlanishi, ekoturizmning O‘zbekistondagi salohiyati
va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari haqida ma’lumotlar,
axborotlar keltirilgan. Shuningdek, konsepsiyada O‘zbekistonning
alohida muhofazadagi tabiat hududlari, milliy parklar, tabiat
qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari va tabiiy yodgorliklarning
ro‘yxati, maydoni, vazifasi va tashkil qilingan yillari joy olgan.
Konsepsiyaning so‘nggi bo‘limida ekoturizmni rivojlantirish
uchun O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, milliy
park va tabiat qo‘riqxonalari sonini ko‘paytirish, ekoturizmning
tegishli infratuzilmalarini yaratish, ekoturizmni rivojlantirishda
xalqaro ekoturizm bozori talablariga javob beradigan xizmatlarni
tayyorlash, ekoturizmning zamonaviy moddiy texnika va
texnologiyalari zaxiralarini yaratish uchun amalga oshiriladigan
loyihaviy yo‘nalishlar belgilangan.
Mavzu oxirida «O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish
Konsepsiyasi»ning xotimasidagi so‘nggi bandni keltiramiz:
«Sizning
diqqatingizga havola etilgan «O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish
Konsepsiyasi»da ko‘rsatilgan omillar va chora-tadbirlar o‘z vaqtida to‘la-
to‘kis amalga oshirilsa, ishonamizki, hech shubhasiz yaqin kelajakda
O‘zbekiston ham dunyoda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar
qatorida munosib o‘rinni egallaydi. Bu ishda kech qolmaslik, hamda
sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhim masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: