Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Tabiat qo‘riqxonalariga va rezervatsiyalari ekoturizmi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tabiat qo‘riqxonalariga va rezervatsiyalari ekoturizmi. 
Sarguzasht ekoturizmi. 
Jahonda ko‘plab ekoturistlar milliy 
parklarga, tabiat qo‘riqxonalariga va alohida muhofaza qilinadigan 
hududlarga sayohat qilishadi. Ular bu joylardagi o‘ziga xos bo‘lgan 
21
Zalatan A. and A. R. Gaston. Soft Ecotourism: the Substitution Eff ect. Th
e Tourist 
Review, 4, 1996.


30
31
tabiiy jarayonlarni, noyob biologik resurslarni kuzatadilar, tomosha 
qiladilar. Masalan, Lotin Amerikasiga kelayotgan turistlarning 
60% i milliy parklar, qo‘riqxonalar va rezervatsiyalarga kelishadi. 
Bu ekoturistik tur Avstraliyada juda ommaviylashganligi sababli 
ekoturizmni rivojlantirishdagi Avstraliya modeli deb ham atashadi.
Ekoturizmning bu turi tabiatda dam olish va harakatlanishda 
barcha faol sarguzasht turlarni o‘z tarkibiga oladi. Bu turlar 
quyidagilar hisoblanadi: alpinizm, qoyatoshlar ekoturizmi, 
muzlarda yurish va chiqish, spelioturizm, tog‘ va piyoda 
harakatlanish ekoturizmi, suv ekoturizmi, chang‘i va tog‘ chang‘i 
ekoturizmi, dayving. Bu turizm turlari yaqin vaqtlardan boshlab 
ommaviylasha boshladi va turizmda ekstremal turizm turlari deb 
ham atala boshlandi. 
Turizmning turlarini tasniflashda qandaydir elementlar va 
mayda detallarga e’tibor berishning hech zarurati yo‘q. Masalan, 
alpinizmni, spelioturizmni va tog‘ chang‘i turizmlarini sport 
turizmining turlariga kiritmasdan alpinizm turizmi, spelioturizm, 
tog‘ chang‘i turizmi deb turizmdagi alohida-alohida yo‘nalishdagi 
turlar kabi belgilash mumkin. Masalan, ekoturizmning turlariga 
kiritilgan dayvingni (hech qanday yordamchi asbob-uskunasiz 
suvga sho‘ng‘ish) hozirda alohida dayving turizmi deyishmoqda. 
Shu o‘rinda qayd qilish lozimki, turizmdagi ko‘pchilik mutaxassislar 
alpinizm, qoyatoshlarga chiqish, spelioturizm, chang‘i va tog‘ 
chang‘i turizmini sport turizmining turlariga kiritishadi
22
. AQSHda 
bu turlarning barchasini tabiatga mo‘ljallangan turizm turlari deb 
tasniflashadi
23
.
Ekoturizmning turlari haqidagi fikr-mulohazalar turizm 
rivojlangan davlatlarda har xil hisoblanadi. AQSH va Kanadada 
ekoturizmning turlarini unchalik maydalashtirmaydi va aksincha 
ekoturizmning ta’rifi bo‘yicha tabiatga qilingan barcha sayohatlarni 
ekoturizm talablarida amalga oshiradi. Shuning uchun ham bu 
22
Храбовченко В.В. Экологический туризм. Финансы и статистика. Москва, 
2004. C. 172. 
23
Zalatan A., Gastom A.R. Soft Ecotourism* the Substitution Eff ect// Th
e Tourist 
Review. 1996, № 4.
davlatlar ichki va tashqi ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha lider 
davlatlardir.
Turizm sohasida A.Yu.Aleksandrova ekoturizmning ikki 
turini tan oladi va boshqa olimlar tavsiflagan ekoturizm turlarini 
ekoturizmning turmarshrutlar bo‘yicha mavzuli turlari deb 
hisoblaydi
24
. Bizningcha, bu juda to‘g‘ri xulosa hisoblanadi.
Yuqorida keltirganimizdek, A.Yu.Aleksandrova ekoturizmning 
barcha turlarini jamlab asosan ikki asosiy turga guruhlaydi:
1. Kam o‘zgartirilgan yoki buzilmagan, yovvoyi sharoitdagi 
va alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar chegarasidagi 
ekoturizm.
2. Madaniy landshaftlar yoki madaniylashtirilgan kengliklar 
va alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar chegarasidan 
tashqaridagi ekoturizm. 
Ekoturizmning turlarini tasniflash hozirgacha davom etmoqda. 
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, 
ekoturizm tabiat bilan bog‘liq turistik faoliyat bo‘lganligi uchun 
uning turlarini turistik maqsadlar bo‘yicha, ekoturistik harakatlar 
bo‘yicha ham alohida-alohida turlarga ajratish mumkin. Masalan:
• yovvoyi yoki madaniylashgan tabiatni ekologik o‘quv 
maqsadlarida kuzatish va o‘rganish ekoturlari;
• tabiat bag‘rida hissiy estetik maqsadlarda dam olish ekoturlari;
• tabiiy omillardan foydalanib sog‘lomlashtirish ekoturlari;
• sarguzasht va sport maqsadlaridagi ekoturlar.
Ekoturistik qiziqish obyektlari bo‘yicha ham ekoturizmni 
turlarga bo‘lish mumkin. Bu holatlarda turistik obyektning nomi 
ekoturistik maqsadni anglatadi. Masalan:
• botanik, zoologik, tabiiy geografik, geologik va shunga 
o‘xshash yo‘nalishlardagi ekoturlar;
• ekologik-etnografik va ekologik-madaniy ekoturlar;
• agro-ekologik ekoturlar.
Ekoturizm kuchli rivojlangan Yevropa davlatlarida ko‘p hollarda 
qishloq turizmini agroturizm deb ham nomlashadi. Qishloq turizmi 
24
Александрова А.Ю. География туризма. Москва, КноРУС, 2010. C. 592. 


32
33
kuchli rivojlangan Fransiya, Germaniya, Italiya, Angliya va Avstriyada 
agroturizmni qishloq turizmi bilan birga qo‘shib rivojlantiradi. 
Ba’zida agroturizmni ekoturizmga qo‘shishadi. Har holda bunday 
tasniflash ularning ixtiyoridagi masala. Bizningcha, agroturizm bilan 
qishloq turizmi turizm sohasidagi alohida-alohida yo‘nalishdagi 
turlar hisoblanadi. Bu haqda alohida mavzuda to‘xtalamiz.
Xulosa qilganimizda, ekoturizmning turlarini tasniflashda 
biz o‘zimizga qulay bo‘lgan tasniflarni ishlab chiqishimiz lozim 
yoki xorijiy davlatlaridagidek maydalashmasdan, tabiat bag‘riga 
har qanday maqsadlardagi turistik faoliyatni ekoturizm deb 
belgilashimiz to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ham aholi o‘rtasida 
ekoturizmning maqsadi va vazifalarini tushuntirish, targ‘ib qilish 
ishlarini jadal ravishda boshlashimiz lozim.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish