36
37
1. Yer bilan bog‘liqligini unutmaslik, yoddan chiqarmaslik.
2. Tabiatda faqat izlarini qoldirish, tabiatdan faqat rasmlarni
olib ketish.
3. Borgan yerida dunyoni,
xalqlar madaniyatini, geografiyasini
anglash, bilish.
4. Mahalliy aholini hurmat qilish.
5. Ishlab chiqaruvchilardan atrof-muhitga xavf-xatar soluvchi,
keltiruvchi mahsulotlarni sotib olmaslik.
6. Faqat maxsus solingan so‘qmoqlardan yurish.
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini quvvatlash,
yordam berish.
8. Imkoniyat boricha atrof-muhitni toza saqlovchi usullardan
foydalanish.
9. Tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni quvvatlash.
10. Ekoturizm tamoyillari bo‘yicha ishlovchi turistik firmalar
bilan sayohatga chiqish.
Ekoturizmning tamoyillari, qoidalari va belgilari bilan
tanishib chiqqandan keyin ekoturizmni rivojlantirishdagi ko‘plab
tushunmovchilik va noaniqliklar ma’lum bo‘ladi. Bu noaniqliklar
shulardan
iboratki, jahondagi ko‘plab davlatlarda ekoturizm
talablar darajasida birdaniga rivoj topmayapti. Bu holatning asosiy
sabablaridan biri shundan iboratki, ekoturizmning asosiy obyektlari
alohida muhofazadagi hududlar, milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari
ekanligi hammaga ma’lum bo‘lgan holda, bu tabiiy resurslar davlat
tomonidan muhofaza qilinadi. Bu sharoitda ekoturizmni kuchli
rivojlantirishning imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Lekin, AQSH,
Kanada, Avstraliya,
Malayziya, Yaponiya va Yevropa, Afrika
davlatlarida ekoturizm yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Biz mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda yuqorida
qayd qilingan davlatlarning tajribalarini, ekoturizmni rivojlantirish
davlat dasturlarini puxta o‘rganishimiz lozim. Ilmiy adabiyotlarning
tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, turizm rivojlangan, shuningdek,
ekoturizm rivojlangan davlatlar 10–15
yillar davomida ichki
turizmni rivojlantirganlar, o‘z xalqlarini turizmning barcha
sohalarining mazmuni va mohiyatiga tayyorlaganlar. Xususan,
ekoturizmning mazmun-mohiyatini, tamoyillarini o‘rgatganlar.
Shuning uchun ham ekoturizm rivojlangan davlatlar o‘z milliy
parklaridan va tabiat qo‘riqxonalaridan ekoturizmda foydalanishga
ruxsat berganlar. Mamlakatimizda hozirga kelib milliy bog‘larimizdan
ekoturizmda foydalanmoqdamiz, tabiat qo‘riqxonalaridan
ekoturizmda foydalanishga hozircha ruxsat berilmagan.
Biz ham, mamlakatimizda aholining ekologik madaniyati
va ekologik bilimlarini oshirishga,
tabiatni muhofaza qilish
qonunlarini yaxshi bilishiga va hurmat qilishiga, tabiatni va uning
resurslarini muhofaza qilish dasturlariga ixtiyoriy hamkorlik
qilish ishlariga tayyorlashimiz, ekoturizmning tartib-qoidalarini,
tamoyillarini o‘rgatishimiz lozim bo‘ladi. Ekoturizmning
tamoyillarini o‘rganishdan shunday xulosa kelib chiqadiki,
ekoturizmni rivojlantirishda davlatning ekologik boshqaruv
siyosatini, dasturini ishlab chiqish talab qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: