22
23
“Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi”
ning (MSOP) ma’lumotlari bo‘yicha 1600 yildan hozirgacha
qushlarning 94 turi va sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirilib
ketgan. Sayyoramizda bugunga kelib qushlarning 600 xili, sut
emizuvchilarning 120 xili abadiy yo‘qolish xavfida turibdi. Inson
faoliyati tufayli sayyoramizda 9 mln km
2
unumdor yerlar sahroga
aylandi. Ya’ni har kuni 3 ming ga unumdor yer qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarishdan chiqarilmoqda. Yer sharida 50 million ga yer
umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatga kelgan.
Ifloslangan suvdan iste’mol qilish natijasida har yili dunyoda 5
mln kishi vafot etmoqda. Xuddi shunday suvlarni ichish natijasida
sayyoramizda har yili 500 ming kishi og‘ir dardlarga chalinmoqda.
Dunyo okeaniga har yili 10 ming tonna neft to‘kilmoqda. Sanoat
korxonalari har yili 140 xildan ziyod zaharli gazlarni havoga
chiqarmoqda. Insoniyatda uchrayotgan rak kasalligining 50%i ana
shu gazlardan zaharlanish natijasida kelib chiqishi aniqlangan.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, insoniyat yashash
makoni bo‘lgan o‘z uyi atrofi muhitini buzib bormoqda.
Insoniyatning yashash sharoiti darajasi tabiat bilan bog‘liq ekan,
insonning bu masalada tabiat bilan uzviy kelishmog‘i zarurati
asosiy masaladir. Hozirga kelib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy
va salbiy o‘zgarishlar turli sohalarda o‘rganilmoqda, lekin ular
orasida tabiatni iqtisodiy-ekologik jihatdan, ekologik foydalanish
jihatlaridan o‘rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Global ekologik muammolarning tobora ijtimoiy- iqtisodiy
inqiroz holatlarini hosil qilishi, jahon hamjamiyati oldiga
sayyoramiz miqyosida keskin chora-tadbirlar dasturini ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq qilish muammolarini kun tartibiga
qo‘ydi. Insoniyatning bugungi hayoti va kelgusi avlodlar uchun
sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni muhofaza qilishda
ilg‘or fikrli olimlarning xulosalari bo‘yicha global inqirozdan
chiqish yo‘llaridan eng muhimi – aholida ekologik bilim va
madaniyatni shakllantirish deb bildi.
Turizm sohasidagi adabiyotlarning tahlili va yuqorida sanab
o‘tilgan ko‘rsatkichlarni inobatga olib ilk bor ekoturizmning
quyida keltirilgan bosqichlarini qoraqalpog‘istonlik olima
G.A.Bekbulatova ajratdi
19
:
I. XX asrnng 90-yillarigacha bo‘lgan davr – ekoturizmning
mahalliy va milliy mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish
davri.
II. 1990–2000-yillar – turizmning regional miqyosda, ekotu-
rizmning turizm industriyasi sifatida rivojlangan davri.
III. 2000-yildan keyingi bosqich – global miqyosda
ekoturizmning rivojlanish davri.
Do'stlaringiz bilan baham: