Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish «Konsepsiyasi»da



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish «Konsepsiyasi»da 
– 
«Ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni 
ko‘zlagan ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik 
dunyosiga sayohat balki, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning amalga 
oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan bir-
biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz»
14
.
Xalqaro turizm jamiyati (XTJ)
– 
«Ekoturizm – tabiiy hududlarga 
mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni 
ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi».
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi 
– 
«Ekologik turizm 
yoki ekoturizm – tabiat muhitiga nisbatan mas’uliyat bilan sayohat 
qilish, tabiat hududlariga ziyon yetkazmagan holda, hamda 
tabiatning betakror, jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida 
tabiatni muhofaza qilgan holda tabiatga ko‘maklashadi, atrof-
muhitga «yumshoq» ta’sir etadi. Mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar 
olishini ta’minlaydi»
15
.
R.A.Islomova – 
“Ekoturizm deganda, tabiiy, madaniy va ijtimoiy 
qadriyatlarni ko‘rish, tomosha qilish, ilmiy jihatdan o‘rganish, 
ularning betakror jozibasi va o‘ziga xos tomonlaridan zavq olish 
maqsadida tabiat hududlariga ziyon yetkazmasdan, atrof-muhitni 
muhofaza qilgan holda sayohat va sarguzasht qilish orqali tabiatga 
ko‘maklashish, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini 
yaxshilashga qaratilgan turizmning turi tushuniladi».
Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni jamlab bizningcha 
ekoturizmning ta’rifi bo‘yicha quyidagi xulosaga kelish mumkin:-
«Ekoturizm-faqat tabiat bag‘rida dam olish, o‘rganish, kuzatish, 
tomosha qilish va zavqlanish natijasida tabiatni, biologik xilma-
xillikni saqlash, muhofaza qilish tadbirlariga ixtiyoriy moddiy 
yordam berishga qaratilgan, mahalliy aholining milliy madaniyatini
me’rosiy an’analarini, yashash tarzini hurmat qilishga asoslangan 
turistik faoliyatdan iboratdir».
Ekologik turizmning mohiyati va mazmuni haqida «Tabiatni 
muhofaza qilish xalqaro ittifoqi», «Xalqaro turizm jamiyati», 
14
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi. Ekologiya xabarnomasi, № 
6, Toshkent, 2007. 6–7-b.
15
Xalqaro tashkilotlarning ekoturizm bo‘yicha ta’rifl ari (Hayitboyev R., Matyaqubov U. 
Ekologik turizm. Uslubiy qo‘llanma. – Samarqand, 2010. 60-b.) bo‘yicha berildi.


16
17
«Yovvoyi tabiat umumjahon jamg‘armasi» va boshqa ko‘plab 
xalqaro tashkilotlar Butunjahon Turizm Tashkilotining ekoturizm 
haqidagi ta’rifini qabul qildi. Dunyo hamjamiyatiga xizmat 
qiluvchi yuqoridagi xalqaro markazlarning o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlari har xil bo‘lsada, ekoturizmning o‘rnini belgilashdagi 
xulosalari deyarli bir xil
16
. Chunki, ekoturizmni targ‘ib qilayotgan, 
BTT, XTJ tabiatni muhofaza qiluvchi – TMKHI ning ish tartibi, 
maqsadlari doimo bir-biriga qarshi turadi. Dastlabki ikki xalqaro 
jamiyat tabiatdan turistik maqsadlarda foydalanish tarafdori, 
keyingi xalqaro tashkilot esa tabiatni muhofaza qilish tarafdori.
Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayot-
ganligining yana bir sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza 
qilishdagi xalqaro markazlar ham ekoturizmni rivojlantirishni 
quvvatlamoqda. Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy turizmga 
nisbatan farqlanishlariga asoslangan bo‘lib, ekoturizmning 
asl mohiyati va mazmunini tushunib olishga yordam beradi. 
Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini 
o‘rganish va rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlandi
17

Bu tadqiqotlar hozircha mintaqaviy chegaralarda 
bajarilayotganligidan ekoturizmning mintaqaviy muammolari va 
ularning yechimini ishlab chiqishga yo‘naltirilmoqda. Shuning 
uchun ham birinchi navbatda oliy ta’lim tizimida ekoturizm 
mutaxassislarini tayyorlashni boshlashimiz lozim. Shuningdek, 
institut va universitetlarda hozirda turizm oliy ta’limining 
barcha yo‘nalishida ekoturizm fanini amaliyoti bilan o‘qitish 
mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi dastlabki qadamlar 
bo‘ladi.
16
Lindberg K., Hawkins D.E. ( eds ) Ecotourism: a Guide for Planners and Managers. 
North Bennington, Vermont. 1993. P. 256. 
17
Shamuratova N.T. O‘zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy geografi k jihatlari. 
g.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2011. 
22-b. Matyaqubov U. Ekologik vaziyatni inobatga olib turizm samaradorligini oshirish 
yo‘nalishlari va istiqbollari, i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya 
avtorefarati. – Samarqand, 2011. 22-b. Islomova R.A. Ekologik turizmni rivojlantirish 
muammolari. – Toshkent, Iqtisodiyot, 2014, 131-b. Hayitboyev R., Matyaqubov U. Ekologik 
turizm. – Samarqand, 2010, 60-b.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish