Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tayanch so‘z va iboralar: 
texnik daraja, ekologik rekreatsiya, 
intellektual daraja, ekologik ong, ekologik madaniyat, stress holat.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlantirish eng muhim 
omillardan biri ekanligi haqida prezentatsiyali ma’ruza tayyorlang.
2. Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirish 
tizimini tushuntirib bering.
3. Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini 
yuzaga keltiradi” mavzusida ma’ruza tayyorlang.
4. Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning 
yangi texnologiyalarini jalb qiladi” mavzusida ma’ruza tayyorlang.
5. Shahardagi “stress-charchoq” holatdan chiqish va 
ehtiros, hissiyotlarni tiklash, sog‘lomlashtirishda ekoturizmning 
ahamiyatini tushuntiring.
6. Ekoturizmning iqtisodiy ahamiyatini belgilang.
7. Ekoturizmning ijtimoiy ahamiyatini belgilang.
31
Храбовченко В.В. Экологический туризм. – Москва: “Финансы и статистика”, 
2003. C. 172.


52
53
5-mavzu. EKOLOGIK TURIZMNING RESURSLARI:
MILLIY PARKLAR, BIOSFERA VA TABIAT 
QO‘RIQXONALARI, TABIAT BUYURTMAXONALARI VA 
TABIAT YODGORLIKLARI
Reja:
5.1. Dunyoda ekoturizmning resurslari. Milliy parklarning 
tashkil qilinishi.
5.2. Tabiat qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari va tabiat 
yodgorliklari.
5.1. Dunyoda ekoturizmning resurslari.
Milliy parklarning tashkil qilinishi
Ekoturizmning mohiyati, mazmuni, tamoyillari, maqsadi 
va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning asosiy resurslarini 
quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Insonning xo‘jalik faoliyati 
tegmagan tabiiy hududlar.
2. Insonning xo‘jalik faoliyati 
qisman ta’sir qilgan ammo tabiiy 
ekologik muhit muvozanati saqlanib 
qolgan tabiiy hududlar.
3. Insonning xo‘jalik faoliyati 
ta’sir qilmagan okeanlar va dengizlar 
akvatoriyasi.
4. Insonning xo‘jalik faoliyati qisman ta’sir qilgan, ammo 
tabiiy ekologik muhit muvozanati saqlanib qolgan okeanlar va 
dengizlar akvatoriyasi.
5. Dunyo davlatlaridagi milliy parklar.
6. Dunyo davlatlaridagi tabiat qo‘riqxonalari, biosfera 
qo‘riqxonalari, tabiat rezervatlari.
7. Dunyo davlatlaridagi ekologik parvarishxonalar (ekologik, 
biologik pitomniklar) va tabiat buyurtmaxonalari (zakazniklar).
8. Dunyo davlatlaridagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar.
9. Sayyoramizning tabiat zonalari va uning tabiiy iqlim 
xususiyatlariga ega bo‘lgan landshaftlari, florasi va faunasi.
10. O‘rmonlar va uning landshaftlari, florasi va faunasi.
11. Daryolarning havzalari, ularning florasi va faunasi, 
sharsharalari.
12. Tog‘lar, tog‘ oldi zonalari va ularning tabiiy boyliklari, 
daralari, kan’onlari, flora va faunasi.
13. Arid (quruq iqlimli cho‘llar, yarim cho‘llar, sahrolar) 
zonalar va ularning landshaftlari, florasi va faunasi.
14. Suv omborlari, ularning sohillari, florasi va faunasi.
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi ekoturizmning 
resurslari hisoblanadi. Chunki, ekoturist tabiat va uning 
boyliklariga qiziqishi, zavqlanishi, dam olishi va tomosha qilishini 
o‘zi hal qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda va ekoturizmni dastlabki vaqtlarda 
rivojlantirish nuqtayi nazaridan hozirda ekoturizmning 
asosiy resurslari dunyoning barcha davlatlarida quyidagicha 
belgilangan:
1. Dunyo davlatlaridagi milliy parklar.
2. Dunyo davlatlaridagi tabiat qo‘riqxonalari, biosfera 
qo‘riqxonalari, tabiat rezervatlari.
3. Dunyo davlatlaridagi ekologik parvarishxonalar (ekologik, 
biologik pitomniklar) va tabiat buyurtmaxonalari (zakazniklar).
4. Dunyo davlatlaridagi alohida muhofaza qilinadigan 
hududlar.
Ekoturizm resurslarining umumiy ro‘yxatining har bir 
nomlanishiga alohida-alohida to‘xtalish va izoh berish mumkin. 
Lekin, ularning barchasini institut va universitet talabalari 
maktablarda, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o‘qib 
o‘rganishgan. Shuning uchun ham biz hozircha ekoturizmning 
xalqaro miqyosda qabul qilingan asosiy resurslarini o‘rganishimiz 
mumkin.
Dunyoda birinchi milliy park – Yellouston – 1872-
yili Kanada davlatining tashabbusi bilan Amerika Qo‘shma 


54
55
Shtatlarida tashkil qilindi. Chunki, Yellouston milliy parkining 
bir xil tabiiy landshaftlarga ega bo‘lgan hududlarining katta qismi 
Kanada davlati chegaralarida joylashgan edi. Shimoliy Amerika 
qit’asining Qoyali tog‘larida 1885-yilda 26 km. kv. maydonda 
Vud Baffalo milliy parki ochildi. 1948-yilda “Tabiatni va tabiiy 
resurslarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi” (MSOP) tashkil 
qilindi. 
Ittifoqning bosh maqsadi – hayvonot va o‘simliklar dunyosining 
hududlarini muhofaza qilish, tabiat muhofazasi bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlar o‘tkazish deb belgilandi. MSOP 1958-yilda BMT 
ga milliy parklarni tashkil qilish va ularning muammolarini 
quvvatlashni taklif qildi. Natijada, 1962-yilda BMTning 
“Milliy parklar bo‘yicha xalqaro konferensiyasi” o‘tkazildi. 
Bu konferensiyada 70 ta davlatlarning vakillari qatnashdilar. 
1972-yilda BMT va YUNESKO, YUNEP a’zolari “Milliy parklar 
bo‘yicha xalqaro Ikkinchi Konvensiyani” qabul qildi
32
.
Bu Konvensiyaning qarorlari bo‘yicha dunyodagi barcha 
milliy parklarda insonning xo‘jalik faoliyati sezilarli “darajalarda” 
chegaralandi va o‘simliklar, hayvonot dunyosini to‘liq muhofaza 
qilish sharti qo‘yilib (tabiiy landshaftlar va betakror tabiiy 
majmualar, o‘simliklar va hayvonot dunyosiga insonning aralashuvi 
qat’iyan man qilinadi) qisman ekologik turizmda foydalanishga 
ruxsat berildi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish