Ekoturizmning
Amerika modeli
Milliy park
maydonlarining
kattaligi
Konsessiya orqali
ijaraga berishning
mumkinligi
Milliy park
maydonlarining
davlat mulki
ekanligi
Milliy park
ma’muriyatining
mahalliy aholi bilan
teng hamkorlikda
ishlashi
Davlat va
mahalliy
hokimiyat
tomonidan
teng miqdorda
moliyalashtiriladi
Xalqaro va ichki
turizmga ruxsat
berilganligi
Asosiy
faoliyat tabiat
muhofazasiga
va dam olish,
rekreatsiya,
tomosha qilishga
qaratilganligi
Milliy parkdagi 50%
xizmatlar xususiy
sektorda ekanligi
1-diagramma.
Ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro Amerika modeli
Ikkinchidan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada davlatlari
maydonlarining kattaligi, bu hududlarda aholining keng
tarqalganligi, ovchilikning juda kuchayib borayotganligi va tabiatni
va tabiat resurslarini muhofaza qilish xalqaro miqyosda kuchayib
borayotganligi ham bu ikkala davlatning o‘zaro hamkorlikda
jahonda birinchilardan bo‘lib milliy parklarni tashkil qilish va
ulardan dam olish, tabiatni muhofaza qilishda ekoturizmni
rivojlantirishning zarurligini o‘z vaqtida tushunib yetgani edi.
Uchinchidan, tabiiy resurslari tobora kamayib borayotgan,
atrof-muhitning ifloslanishi kuchayib borayotgan Yevropa
davlatlarida tabiatni va uning resurslarini kelajak avlodlarga
saqlab qolish shiori olimlar va aholi tomonidan davlatlar
hokimiyatlarining oldiga qat’iy ravishda qo‘yila boshlangan
edi. Shu nuqtayi nazardan Yevropa davlatlarining olimlari,
ekologlari kun tartibidagi bu muhim masalani yechishning ilmiy
amaliy tomonlarini tadqiq qilishga kirishgan edilar. Natijada
global muammolardan biri bo‘lgan tabiatni va uning resurslarini
saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazishda xalqaro miqyosda
ekoturizmni rivojlantirishning davlat dasturlari ishlab chiqila
boshlandi. Bu dasturlarni amalga oshirishda ekoturizmni
rivojlantirishning modellarini ishlab chiqish o‘sha vaqtdagi davr
talabi edi.
Shu tariqa sayyoramiz tabiatini saqlashda sayyoraviy usul –
ekoturizmni rivojlantirishning AQSH, Yevropa modellari yuzaga
keldi. Dastlabki vaqtlarda bu modellar bo‘yicha milliy parklardan
ekoturizmni rivojlantirishda foydalanish masalalariga ancha
ishonchsizlik bilan qarashlar hatto, bu modellarni tanqid qiluvchi
xalqaro tashkilotlar ham topildi. Bu tanqidlarning asosida milliy
parklarda sayyor ovchilik kuchayib ketadi, alohida muhofazadagi
hududlarning ekologik tizimlarini muhofaza qilish qiyinlashadi,
degan isbotlar ham bor edi.
Lekin, sivilizatsiya taraqqiyoti insoniyatning dam olishini ham
birinchi o‘rinlarga chiqarishi natijasida va sayyoramiz tabiatini
oqilona rejalarda saqlab qolishning eng ustuvor yo‘nalishlari aynan
tabiat bag‘rida dam olish va uning saqlanib qolishiga yordam
berish ham xalqaro ekologik muammolarda ustuvor masalalarga
aylangan edi. Shu nuqtayi nazardan AQSH va Yevropa milliy
ekologik modelidan foydalanishni ko‘plab davlatlar tezda qabul
qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |