72
73
E’tibor qiling, birinchi Yevropa milliy parki Shvetsiyada tashkil
qilindi. Buyuk Britaniyada amaliy jihatdan ishlab chiqildi. Yevropa
va Yaponiyada sinab ko‘rildi va muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.
Ekoturizmni rivojlantirishda davlatlarning hamkorligidan namuna
olishimiz kerak.
Bu modelning asosiy xususiyatlari milliy
parklarning hududlari kichikligi va aholining ekologik bilim
va madaniyat yuqori darajadaligi bilan farqlanadi. Bu modelni
moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham transport, yo‘l kommunikatsiyalari va ekoturizm
infratuzilmalari juda yuqori darajalarda tashkil qilingan.
Ekoturizmning
xalqaro
Yevropa modeli
Milliy park
maydonlarining
kichikligi
Turizm
infratuzilmalarining
yaratilganligi
Davlat siyosati- milliy
park xalq uchun
va xalq hisobidan
rivojlantiriladi
Milliy park
maydonlarining
50% i davlat mulki
50% i xususiy
sektorda ekanligi
Xususiy
sektorda milliy
park nazorati
xususiy sektorga
berilganligi
Ichki turizmda davlat
aholining dam olishi
va rekreatsiyasini
tashkil qilishi
Xalqaro va
ichki turizmda
foydalanishga
ruxsat
berilganligi
Ekologik muvozanatni
saqlash va nazorat
qilishga davlat mablag‘
ajratadi
2-diagramma.
Ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro Yevropa modeli
Yevropa modelidagi milliy parklarning yana bir xususiyati
shundaki, deyarli 50% milliy parklar xususiy sektorda. Milliy
parklarning eng katta shiori – mamlakat aholisining sog‘ligini
tiklash va dam olish sharoitlarini yaratish hisoblanadi. Shuning
uchun ham ichki ekoturistlar oqimi juda katta, lekin tashqi
ekoturizm oqimi ham katta miqdorlarni tashkil qiladi.
Yevropa davlatlaridagi milliy parklarning tashkil qilinishi
muhitini va sharoitini hisobga olsak, dastlab shunday omilga e’tibor
berish kerakki, yevropaliklar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda boshqa
xalqlarga nisbatan ancha oldinga chiqib olgan xalqlardir. Ularning
aholi eng zich joylashgan materikda yashayotganligi ilmiy-texnika
rivojlanib borayotganligi uchun ham, ikkinchidan, bu davlatlarda
yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-siyosiy ongi va madaniyatining
juda yuqori bo‘lganligi ham o‘z davlatlari rahbariyati oldiga tabiat
muhofazasini dadil qo‘yganligi, o‘zlarining ham global ekologik
muammolarning tobora kuchayib borayotganligi o‘z vaqtida
tushunib olganliklari edi.
Yevropa davlatlari o‘z davlatlari tabiati va tabiiy resurslarni
saqlab qolishda va ekologik turizmni rivojlantirishda o‘zaro
hamkorlikni tashkil qilishdi. Chunki, Yevropa davlatlari biri- biri
bilan chegaradosh davlatlar hisoblanadi va Yevropa qit’asi tabiati
tabiiy geografik mintaqalarni tashkil qilganligidan bu davlatlarning
chegaralariga bo‘ysunmaydi. Shuning uchun ham bu davlatlar
ekologik tizimlarni birgalikda va o‘zaro hamkorlikda muhofaza
qilishadi. Shu nuqtayi nazardan ham bu davlatlar ekoturizmni
rivojlantirishda hech ikkilanmasdan AQSH va Yevropa ekologik
modellariga yangi texnologiyalar kiritishib amaliyotda qo‘llay
boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: