O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


bu to’liq bo’lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama  haqiqat,  konkret haqiqat



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
bu to’liq bo’lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama 
haqiqat, 
konkret haqiqat
 
esa, aksincha, to’liq, rivojlangan, ko’ptomonlama haqiqat. 
Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni 
ham, konkretlikni ham o’z ichiga oladi. Haqiqat o’z rivojining keyingi bosqichiga 
nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga 
darhol erishib bo’lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko’p bosqichli jarayonidir. 
Intuitiv bilish. 
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo’r 
berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg’in g’ayrishuuriy 
faoliyat ko’rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g’ayrishuuriy bilish faoliyati 
intuitiv bilish nomini oldi
,
intuitsiyaning o’zi esa bu bilish ob’ektining muayyan 
sharoitda boshqacha yo’l bilan asoslab berish mumkin bo’lmagan xossalarini 
bevosita, g’ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. 
Intuitsiya
 
sezgi va aql 
harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan 
birgalikda chiqib ularni to’ldiradi. Inson biron-bir hodisani g’ayrishuuriy tarzda 
oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq 
vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to’satdan uning ko’z o’ngida 
yorishish, insayt
 
sodir bo’lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida 
ham intuitsiyaning roli juda kattadir.
XVII asrda R.Dekart 
intellektual intuitsiya
 
haqida ta’limot yaratadi. Dekartning 
fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang’ich g’oyalarning haqiqatligi intuitiv 
tarzda anglab yetiladi, bilish sub’ektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv 
bilimga o’z-o’zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuitsiya inson 
aqlining tug’ma qobiliyati, intuitivlik bilan ratsionallik bir-biri bilan bog’lik, lekin 
intuitivlik birinchi o’rinda turadi va bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan. 
Intuitiv bilishning to’satdan, yorishish yo’li bilan paydo bo’lishi, natijaning 
aniqligi, uni mavjud ma’lumotlardan chiqarib bo’lmasligi, muammo yechimining 


137 
to’g’riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o’ziga 
xos belgilarini qayd etmoq lozim. 
Geometriyada intuitsionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish 
jarayonida ijod qilish intuitsiyani, g’ayrishuuriy ishni albatta o’z ichiga oladi. Bilish 
quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: birinchi urinishda joyali hech nimaga erishib 
bo’lmaydi, so’ngra ozdir-ko’pdir uzoqroq tanaffus boshlanadi, uning davomida 
g’ayrishuuriy ish qilinadi, shundan keyin ongli ishning yangi bosqichi boshlanadi, u 
ham natijasizdek tuyuladi, lekin to’satdan yorishish sodir bo’ladi, hal qiluvchi fikr 
tug’iladi, so’nggi zaruriy bosqich vazifaning olingan yechimini tekshirib ko’rish. 
G’ayrishuuriy intuitiv ish faqat undan oldin va undan keyin ongli ish bo’lgan 
taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. Puankare bilish natijalarini ularning aniq 
bo’lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko’rish zarur deydi. 
Intuitiv yorishish, tusmollab bilish tegishli muammoni hal qilishga olib kelgan 
yo’llarni insonning o’zi aniq anglamagan holda o’z-o’zidan, bexosdan, to’satdan 
amalga oshadi. Bunda turli kishilarda turli sharoitlarda intuitsiya ongdan turli 
darajada uzoqlashgan bo’ladi. Intuitsiya olingan natijaning mazmuni, harakteri, 
o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borishi, sub’ekt uchun 
shaxsiy ahamiyati boyicha o’zining individual xususiyatiga ega bo’ladi. Shu bilan 
birga intuitsiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt mantiqiy bilishdan iborat. 
Unda bilishning shu ikkala jihati mavjud, lekin ular doirasidan tashqariga chiquvchi 
narsa ham borki, bu intuitsiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub deb 
qarashga imkon bermaydi. Shuning uchun hozirgi zamon bilish nazariyasida intuitiv 
bilim hissiy bilishga ham, ratsional bilishga ham teng ahamiyatli bo’lgan o’rin 
egallaydi. 
Qadimdan 
goyibona bilish
haqida ham turli fikrlar mavjud. G’oyibona bilish 
inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo’lgan yoki 
bo’ladigan hodisa va voqeani bilish, his qilish, bu hodisa va voqeaning qanday sodir 
bo’lishi unga ayon bo’ladi. Kishilar biron ishni qilmoqchi bo’lsalar, bu ishning 
natijasi haqida oldindan „shunday bo’lishi kerak, bunga men qat’iy ishonaman“, 
„shunday bo’ladij deb oylayman“ yoki „oldindan yuragim sezgandi“, „oyog’im 


138 
tortmagandi“, „negadir ko’nglim g’ash“ degan fikr-mulohazalarni aytishadi. 
G’oyibona bilishning hozircha mexanizmi fanga ma’lum emas. Shu sababli, 
ko’pincha, g’oyibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz-
avliyolarga, alohida, g’ayritabiiy xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab 
kelishmoqda. 
Inson bilishini ijtimoiy hodisalar bilan bog’lanishiga ko’ra: 
mifologik, diniy, 
falsafiy, badiiy-estetik
bilishlarga ajratish ham mumkin, ular bilish sohalarining turli 
tomonlarini tashkil qiladi

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish