O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ibn Arabiy
falsafasi Yevropa falsafiy an’anasida foydalanilgan tilga juda yaqin 
bо‘lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb 
nomlash mumkin (u birlik, kо‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, zamon 
kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin 
bо‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va naturfalsafaning 
ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – 
muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, gо‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda 
yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, rо‘yo va h.k.). 
Har bir filosofema, Ibn Arabiyda bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu 
sababli yechimlarning har biri bо‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini 
keltirish о‘rinli bо‘ladi deb о‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, 
amalga oshirish usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi 
mantiqiy mulohazalar. Kо‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan 
tanish: u tо‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi, mantiqan tо‘g‘ri 
mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bо‘lishi, biron-bir 
bо‘g‘inda uzilmasligi lozimligini kо‘rsatadi va о‘zi isbotlashning mantiqiy 
metodlarini kо‘p karra qо‘llaydi.
Mantiqiy bilish Ibn Arabiy uchun qimmatsiz emas, u dunyoni bilishga xizmat 
qiladi. «Faylasufning barcha bilimi ham soxta emas, u nimadadir haq bо‘lishi 
mumkin, ayniqsa, payg‘ambar ham shu haqda sо‘z yuritgan bо‘lsa. Sen faylasuf 
dinsiz yashaydi, deb aytishing mumkin, biroq unda dinning yо‘qligi faylasufning 
butun ta’limoti soxta ekanligini isbotlamaydi: buni aql asoslari bilan har qanday aql 
egasi anglab yetadi». «Aql asoslari» (avval al aql) – bu keyinchalik Dekart qayd 
etuvchi intuitiv jihatdan aniq va shak-shubhasiz oqilona haqiqatlardir.
Ibn Arabiy fikriga kо‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga 
kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir. Oqilona bilim (ilm)ning 
qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni 
bilmaslikdan ma’qulroqdir». Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida 
tо‘g‘ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna orqali о‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb 


55 
etsa-da, о‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh kо‘zga kichkina bо‘lib kо‘rinsa-da, 
aslida Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. Tо‘g‘ri sillogizm 
tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni 
yechish uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida 
mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bо‘lib 
turgan о‘tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» 
hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday 
mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim: 
dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bо‘lishi, 
uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni 
tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan 
chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud о‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, 
transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. 
Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi 
mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yо‘li bilan 
yechish: yechimdan shartlar sari. Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida о‘rganar 
ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy 
mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va 
ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada 
yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga 
ham yashirin ichki (botin) ma’noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma’no 
borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va 
ayni vaqtda mushohada obyekti hisoblanadi. Yashirin ma’noni anglash narsalarda, 
dunyoda Xudoni bevosita kо‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish subyekti о‘zining bilish obyektidan 
ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan 
anglab yetadi. Bunga bilish subyekti bо‘lgan insonda ham «yashirin ma’no» 


56 
mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy bо‘lgani uchun bilish obyekti bilan 
«ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, «tashqi mohiyat»da esa 
subyekt va obyektning alohidaligi saqlanib qoladi.
Mushohada yuritish yо‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi 
alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e’tibori bilan, butundan 
qism sari harakatdan iborat bо‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu 
tilda yozilgan matnda qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy 
asarda bо‘lganidek) avval butunning mazmunini anglab yetish lozim. Vaholanki, fan 
tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin emas. Ibn 
Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bо‘lib, mushohada yuritishga asoslanadi 
va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz.
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yо‘l bilan yechish: shartlar va 
yechim ayniydir. Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yо‘li bilan 
bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish subyekti va 
obyektining ayniylik shartidir. Bilish subyekti bu ayniylikka erishgach, о‘zining 
subyektlik mohiyatini yо‘qotadi; subyekt va obyekt о‘rtasidagi tafovut yо‘qoladi, 
biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yо‘qolib, faqat yagona 
universal qoladi. Bu holat «fano» holati, subyektiv о‘zlikning «halok bо‘lish», 
yо‘qolish holati deb ataladi.
Biz ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va immanentligi 
muammosi yechimining uch variantini kо‘rib chiqdik. Yechimning birinchi yо‘lini 
qismdan butun sari yо‘l, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yо‘l deb 
belgilash mumkin. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb, muammoning 
izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yо‘l butundan 
qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini faraz qildik, u qanday bilishi 
lozimligini («butun»ni) kо‘rsatdik va sо‘ng uni tahlil qildik, transsendent-immanent 
muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bо‘lishi lozimligini 
kо‘rishga harakat qildik. Nihoyat, yechimning uchinchi varianti qismlar va butunning 
ayniyligini, mutlaqo va barcha yо‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, 
ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda 


57 
transsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u 
о‘z yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u 
yechilmaydi, balki о‘z asosini yо‘qotadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish