O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Bahouddin Naqshband.
asos solgan sо‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan 
birini Xudo, dunyo va insonning о‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh 
muammo talqinida sо‘fiylarni ikki yо‘nalish – teistik va panteistik yо‘nalishlarga 
ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan 
tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan 
bо‘lsa, sо‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo 
tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan
4
.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga 
intilishda kо‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – 
shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, 
deb hisoblagan. U shariat Qur’oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy 
qonun-qoidalar tо‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish 
uchun qaysi bosqichlardan о‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday 
tо‘siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan 
tariqatga о‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni о‘zlashtirish va uning talablarini 
bajarish orqali Haqiqat yо‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.
Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yо‘l manzillari)dan oldinma-ketin о‘tib 
о‘z maqsadiga yaqinlashadi. Sо‘fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan 
ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat 
ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat о‘zini Haqiqatga 
baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan.
Sо‘fizmda mistik bilish zamirida «О‘zini bilgan odam о‘z Allohini biladi» 
degan tamoyil yotadi. О‘zini о‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning 
eng qisqa yо‘lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-
u, dast ba kor», ya’ni «Kо‘ngil yorda, qо‘l – ishda», degan shior yotadi.
4
Shayx Baxovuddin Nakshband: yego znacheniye dlya religioznogo mirovozzreniya, vliyaniye yego 
ucheniya na etiku i politiku. – T.: Movarounnaxr, 1997. – S 13


58 
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, 
imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. 
Imom Buxoriy (810—870) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin 
hadis tо‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus tо‘plam holiga keltirgan. 
Bu tо‘plam “Sahihi Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. 
Imom Iso Termiziy (824—892)dan “Payg‘ambarning alohida fazilatlari”, 
“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”, “Tarix” va boshqa asarlar meros 
bо‘lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda tо‘plab, muayyan 
tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan. 
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod 
bo’lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu 
davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va 
mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk 
ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy 
davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan 
davridir. 
Mo’g’ullar o’rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida 
yerli aholi o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish jarayoni borayotgan edi. 
Bu jarayon, «Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq 
mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib 
borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» degan asosiy savollar atrofida roy 
berayotgan edi. 
Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo 
uni ma’naviy boysundirish, madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap 
ham bolishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni g’orat qilishdan 
boshqasiga yaramaydigan, o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari 
ma’naviy va madaniy jihatdan o’zlaridan ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar 
edilar? Ular o’z hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq 
yashash mumkin bo’lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o’choqlarining 
yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni 


59 
qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va 
mustaqillikka intilishini to’xtatib qoya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning 
natijasi, xalqining milliy g’oyalarini royobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan 
zaruriyat, o’sha paytda har biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan 
jahonda tengi yo’q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq 
jahongirga aylanganida o’zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir millat 
boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish 
nuqtalariga to’g’ri keladi. 
Ba’zilar Temug falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, 
deb o’ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U 
falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham 
mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi? 
Aslida, falsafani to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa 
muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar 
davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan to’g’ri 
ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi 
madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, 
o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi 
ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari 
ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan 
topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, 
fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan 
dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni 
yuksaklikka ko’tarish uchun kurashgan o’lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish 
bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy 
taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. 
Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy 
taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan arboblar edi. 
Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi, 
haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’llab yurishi, bugungi 


60 
kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana 
shunda
5


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish