O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir 
(1441—1501). Uning otasi 
G’iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. 
Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan 


62 
boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi 
yo’lida ko’p ishlar qildi. 
Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Xamsa» ya’ni 
«Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi 
Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison 
ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat 
ul-lug’atayn» va boshqalar. 
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson 
munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya 
haqidagi fikr-oylari o’z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining 
muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy 
o’xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon 
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim 
o’rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do’stlik, adolat, tinchlik, 
osoyishtalik va boshqa go’zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to’g’risidagi 
qimmatli fikrlari, nasihatomuz so’zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan 
so’ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483—1530) o’sha davrning eng ma’rifatli 
podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur 
keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori 
gullab-yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi. Hindistonning XX 
asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va 
boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta 
baho berganlar. 
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o’z yurtini tashlab ketishga majbur bo’lgan 
Bobur avval Qobulda, so’ngra esa 1526-yilgi Panipat jangida Ibroxim Lo’di ustidan 
g’alaba qozonib, Hindistonda o’z hukmronligini o’rnatdi. «Boburiylar sulolasi» 
Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining 
davomchisi sifatida mashhur bo’ldi. 


63 
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, 
mamlakatda tinchlik o’rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, 
karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubxonalar barpo qildi, 
madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta 
qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo’lgan davlat arbobi, 
olim va shoirdir. 
Boburiylarning ko’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bo’ldilar, olimu 
fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda 
diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga 
chaqirishda bo’ldi. 
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u 
huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal», musiqa boyicha 
«Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o’sha 
davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug’rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, 
iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va 
marosimlarini aks ettirgan asardir. 
Bobur o’zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, 
insoniylik, do’stlik, yaxshilik va mehr-oqibatni kuyladi. 
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. 
Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, san’atni sevganini va 
umuman, Hindiston uchun ko’p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va 
boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O’zbekiston o’rtasidagi 
do’stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol oynamoqda. 
Shunday qilib, XIV—XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy 
yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi 
olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z 
fikrlarini aytmoqdalar. Nima bo’lganda ham Yevropada XV—XVI asarlardagi 
ko’tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda roy bergan 


64 
madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Bular orasida 
mushtarakliklar ko’p. 
 
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — 
Qo’qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo bo’ldi. Ular davrida ham 
ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yashadilar. 
Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Ogahiy va Munis kabi shoirlar ijod 
qildilar: Ogahiy — Muhammadrizo Erniyozbek o’g

li 1809-yilda Qiyot qishlog

ida 
tug

ilib, 1874-yilda vafot etgan. Shoirning muhim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz 
ud-davla», «Jome’ ul voqeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shoxidi iqbol», 
«Bayozi mutafarriqai forsiy», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalardir. Bulardan tashqari, 
Ogahiy, Sa’diy Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, 
falsafiy, axloqiy-didaktik asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri 
Berdaq (1827-1900) «Omongeldi», «Xalq uchun», «Ahmoq podsho», «Yaxshiroq», 
«Bo’lgan emas», «Ernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda 
mutafakkir qoraqalpoq xalqining turmush tarzini, o’sha zamondagi hayotini mohirona 
tasvirlaydi. Berdaq asarlarida axloq va xulq-odob, nafosat va go’zallik, 
vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, qahramonlik va mardlik, mustaqillik, haqiqat 
uchun kurash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng o’rin olgan. Uning 
ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafkurani 
shakllantirishda muhim tarbiyaviy kuchga ega. 
 
Mintaqamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo’rlik bilan qo’shib 
olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. Turkistonda ma’rifatchilik 
harakatining avj olishi jadidchilik g’oyalarining vujudga kelishida muhim o’rin 
egalladi. Lekin Sho’rolar davrida jadidchilik ko’pincha bir tomonlama talqin qilindi, 
uning g’oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto uni millatchilik harakati deb 
baholash hollari ham bo’ldi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng bu harakatni xolisona 
va ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug’ildi. Jadidchilik harakatining 
yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning 
manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati 


65 
uni milliyozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan 
chambarchas bogliqligi edi. 
O’sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bular 
Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqalardir. Mahmudxo’ja 
Behbudiy (1875—1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo’lib, yangi 
maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, 
ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo’shgan mutafakkirdir. Behbudiy 
yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Risolayi jug’rofiyai umroniy», 
«Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Risolai jug’rofiyai rusiy» va boshqa 
darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, 
Behbudiy ko’plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari 
bilan mashg’ul bo’ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik 
g’oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar o’rin olgan. Jadidchilik 
harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878—1934). U 
pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo’shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda 
dunyoviy fanlarni bolalarga o’qitish yo’lga qoyildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», 
«Birinchi muallim», «Alifbedan so’nggi o’quv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi. 
Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud axloq» darsligi bolalar dunyoqarashi, 
milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda 
bolalarga ilmfan sirlarini o’rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, Turkiston 
xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo’llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, 
mamlakatni xon iashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni 
yuksaltirish masalalari yoritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», 
«Portugaliya inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o’zbek teatri 
va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo’shdi. 
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884—1939) 
bo’lib, ilmning ko’p sohalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), 
«Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to’plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», 
«O’zbek tili grammatikasi», «Chig’atoy adabiyoti» va boshqa ko’plab asarlar yozdi. 
Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga 


66 
chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o’zligini tanishi, ongining o’sishi, 
kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bolib, tijorat va tadbirkorlik 
bilan shug’ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar 
ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan 
sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq 
toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o’zligini anglashida 
muhim ahamiyatga ega. 
XX asr Sharq falsafasi o’z taraqqiyotida quyidagi tadrijotni — asosiy 
bosqichlarni bosib o’tdi: 
1.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish