O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ingliz falsafasi. 
O’sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon 
(1561—1626) yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, 
mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo’lgani holda insonlarning ma’naviy 
dunyosini eski chegaralar bilan o’rab qoyilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» 
(«Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o’rta asrlardagi taraqqiyotiga 
eng katta hissa qo’shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning yangi 
binosini ko’rish uchun, to’g’ri fikrlashga o’rganish kerak. Bekon ta’limoticha, 
tabiatni bilishda bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi. Ular inson aqlini o’rab 
tashlaydi. Ular asosan to’rtta. Birinchisi urug’ idollari, bular inson zotiga, butun 
odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko’zguga 
o’xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o’z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni 
qiyshiq, buzuq ko’rsatadi. Ikkinchisi, qor idollari. Bu har bir odamnning o’z spetsifik 
xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tug’iladi. 
Bu narsa hamma narsani o’z nuqtayi nazari bilan ifodalash, o’zinnig tor doirasi bilan 
o’lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari bo’lib, u ma’lum 
bo’lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto’g’ri yoki noaniq termonologiyalarga 
tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta 
ahamiyat beradi. Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki 
uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so’zlar soxta tushunchalarni tug’diradiki, ular 
tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To’rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga 
ko’r-ko’rona ergashib qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar. 
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta 
metodologik ahamiyatga ega. U ijtimoiy-siyosiy qarashlari boyicha kuchli 
markazlashgan davlat tarafdori bo’lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha 
san’at va savdo rivojlanishi oynaydi. 
Uning ta’limotini Tomas Gobbs (1588—1679) takomillashtirgan va 
rivojlantirgan. Gobbs moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning 
abadiyligi, harakatning esa mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori bo’lgan 
olimdir. U matematik sifatida borliqning namoyon bo’lishini geometriya fani nuqtayi 
nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs ko’proq empirik jihatlarga o’z 


89 
e’tiborini qaratgan, sezgilaraing bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil 
qilgan. Jamiyat taraqqiyoti va unda davlatning o’rni hamda kelib chiqishi masalasida 
Gobbs ko’proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning fikricha, 
davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. 
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632—1704) qarashlari alohida o’rin tutadi. U 
tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba 
ajratib ko’rsatiladi. 1690-yilda Lokk tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» 
nomli asarida R. Dekartning «tug’ma g’oyalar» to’g’risidagi qarashlariga qarshi 
chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlardan iborat 
bo’lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g’oyalari 
va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko’ra Lokk davlatning o’ziga xos quyidagi 
tamoyillarini ta’riflaydi: 1. Hokimiyatni qonun chiqaruvchi tizimi. 2. Hokimiyatning 
ijro etuvchi organlari. 3. Ittifoq federativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg’un 
bo’lganida davlatning faoliyati samarali amalga oshadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish