O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


yirik vakili hisoblanadi.  Dialektika



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

dialektikaning
 
yirik vakili hisoblanadi. 
Dialektika
 
uning uchun ehtimoliy va haqiqatga o’xshash bilimlardan haqiqiy va 
ishonchli bilimlar olish usuli edi. 
Faylasufning «Organon» deb umumiy nom olgan mantiqiy asarlari haqiqat va 
tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotdir. O’rta asrlarda «Organon» eng mashhur va 
o’qiladigan asar bo’lib, o’rta asrlardagi barcha sxolastika (borliqni tekshirish va 
o’rganishga emas, balki din aqidalariga suyangan idealistik falsafa) uning asosiga 


77 
qurilgan edi. Arastuning hayvonlar haqidagi risolalari mashhur bo’lib, ularda qadimgi 
davrda birinchi marta yirik organizmlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi tadqiq 
etilgan, ularning ta’rif va tasniflari berilgan edi. Shuningdek, olim o’zini tarixchi, 
pedagog, notiqlik ilmining nazariyotchisi, axloqiy va siyosiy ta’limotlar asoschisi 
sifatida ham namoyon qilgan edi. Uning qalamiga shunday axloqiy risolalar 
mansubki, ularda xayrli ish tushunchasi ostida insonlar faoliyatini oqilona boshqarish 
yetar edi. Ikki keskinlik orasidan o’rtanchasini tanlash: masalan, jasorat qo’rquv bilan 
shiddatli jur’at o’rtasida turmog’i tavsiya etilgan edi. U she’riyatga ko’p diqqate’tibor 
qaratdi, negaki, uning fikricha, nazmiy asar inson ruhiga samarali ta’sir etadi va shu 
sababdan ijtimoiy hayot uchun muhimdir. 
Arastu orzudagi (ideal) davlat tuzumi loyihasining muallifi sifatida shunday 
xulosaga keldiki, 
polis
 
insonlar uyushmasining eng yuqori shakli bo’lib, unda 
yashaydigan kishilarning maqsadi farovonlikka erishishdir. Jamiyatning asosiy 
birlamchi tashkiloti oiladir. O’zining mulohazalarida Arastu tabiatdan kelib chiqib 
quyidagilarni aytgan: oila tabiiy bo’lganidek, qullik ham tabiiy, negaki, ba’zilarning 
buyruq berishi, boshqalarning esa tobe bo’lishi tabiat tomonidan oldindan belgilab 
qoyilgan. 
Polisning (shahar-davlat) mavjud turlarini diqqat bilan ko’rib chiqqan faylasuf 
boshqarishning to’g’ri uch shakli (saltanat, monarxiya, aristokratiya va politiya) va 
uch noto’g’ri (tiraniya, oligarxiya va demokratiya) shaklini topadi. Ularning har 
birining xususiyatlarini mufassal ko’rsatadi va baholash mezoni sifatida ularning 
farovonlikka qanchalik yaqin turgan yoki turmaganliklarini belgilaydi. Arastu 
shogirdlari orasida shuhrat topgan juda ko’p faylasuflar, fiziklar, matematiklar va 
biologlar bor edi. 
Qadimgi dunyo tarixida eramizdan oldingi IV asrinig oxiridan eramizning I 
asrining oxirgi o’n yilliklarigacha bo’lgan davrni 
ellinizm
 
davri deb atash qabul 
qilingan. Bu davrning falsafiy-siyosiy qarashlari polis mafkurasidan yiroqlashib 
ketgan edi. Mumtoz shahar davlatlar fuqarolari jamoasining dunyoqarashlarini aks 
ettirgan Aflotun maktabi, polislarning tushkunligi sababli o’zining ilgarigi yetakchilik 
mavqeini yo’qotadi. Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud bo’lgan va polis 


78 
mafkurasining inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va 
skeptiklar
 
oqimining ta’siri 
oshib boradi. Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur bo’lgan voqea eramizdan oldingi 
IV va III asrlar bo’sag’asida paydo bo’lgan ravoqiylar va epikurchilar ta’limoti edi. 
Rimning oxirgi ravoqiychisi imperator Mark Avreliy edi. Uning nuqtai nazariga 
ko’ra, dunyoda biror bir narsani o’zgartirib yoki to’g’rilab bo’lmaydi. Uning 
ta’kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolg’onchi va o’z manfaatini 
ko’zlovchi bo’lganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo’lib 
qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat o’z zakovatiga xizmat qilish, 
o’zini kamolotga yetkazish va ezgulik. Ammo bunday o’zini qoyarga joy 
topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi bo’lmagan ezgulik insoniyatga xizmat 
qilish borasidagi o’z ma’nosini yo’qotar edi. Negaki, insoniyat o’zgarmas va 
illatlardan holi bo’lmaganligi uchun, uni hech qachon ilhomlantirib bo’lmas edi. 
Epikur falsafasi Demokrit moddiyunchiligi taraqqiyotida oldinga qoyilgan 
qadam edi. Uning atomlar haqidagi ta’limotini qabul qilgan Epikur atomlarning 
to’g’ri chiziqlik harakatdan ichki ta’sir natijasida chetga og’ishi haqidagi taxminni 
o’rtaga qoydi. Bu bilan u qonuniylik bilan tasodifiylik uyg’unligi muammosini 
oldinga surdi. Uning falsafasida inson markaziy o’rinda turadi. Epikur o’z vazifasini 
insonlarni o’lim va taqdir xavfidan ozod qilishda deb bildi. U xudolarning tabiat va 
inson hayotiga aralashishlarini rad etdi va ruhning moddiyligini isbot qildi. 
Xudolarning mavjudligini tan olgan holda, u xudolar haqida «olomonning yolg’on 
uydirmalari» ga qarshi chiqdi. Tashvish va faoliyatni huzur-halovat holati bilan 
sig’ishtirib bo’lmaganligidan, xudo «xushbaxt va bezavol mavjudot bo’lib, o’zi ham 
tashvish bilmaydi, boshqalarga ham notinchlikni ravo ko’rmaydi va shuning uchun 
g’azabga ham, izzat-hurmat qilishga ham duchor bo’lmaydi». Ruh badan kabi 
atomlardan tashkil topgan, ammo nozikroq zarrachalardan tarkib topgan bo’lib, 
hamonamki tana qobig’ida ekan his-tuyg’uning bosh sababchisidir. Qachonki, qobig’ 
buzilsa, atomlar ruhi tarqab ketadi va his-tuyg’u yo’qoladi. Inson uchun yaxshi va 
yomon narsa his-tuyg’uda ekanligidan, o’lim esa -his-tuyg’udan mahrum bo’lish 


79 
ekanligidan, o’lim insonni qo’rqitmasligi kerak, negaki «hamonamki biz bor 
ekanmiz, o’lim hali yo’q, o’lim kelganda esa, bizning o’zimiz yo’q bo’lamiz»
7

Ellinistik davlatlarning inqirozi va rimliklar bosqinchiligining boshlanishi bilan 
aqliy dunyoqarash borgan sari o’z o’rnini din va tasavvufga bo’shatib berdi. 
Sehrgarlik, yashirin diniy udumlarga ishonish, munajjimlik keng tarqaldi. Ijtimoiy 
xayolparastlik va payg’ambarlikka e’tiqod qoyish, ayniqsa keng shuhrat kasb etdi. 
Yashirin diniy udumlarga o’zini bag’ishlash, Xudo bilan bevosita aloqa o’rnatish va 
taqdir hukmidan ozod bo’lish imkoniyati sifatida qarala boshlandi. 
Ziyolilar va shaharliklar orasidagi bosh masala shunga qaratildiki, dunyodagi 
butun yomonlik va razolat qaerdan kelib chiqadi va uni qanday qilib bartaraf etish 
mumkin? Ilgari aflotunchilar tomonidan berilgan javob eng mashhur bo’lib ketdi: 
yomonlik moddadan va moddiy dunyodan kelib chiqadi. Ilgari ravoqiylar o’zlarini 
unga moslashtirishga uringan va uni ezgulik va baxt-saodat asosi hisoblangan koinot 
zaruriyati, endilikda qul qiluvchi, boquvchi kuchga aylantiriladi. Bundan keyingi 
butun hatti-harakat shunga yo’naltirildiki, o’zini yashirin diniy udumlarga bag’ishlab, 
vahiyga va sharq donishmandlarining sirli bilimlariga yo’l topib, qanday qilib bo’lsa 
ham, zaruriyat xoqimiyatidan qutilib, haqiqiy ozodlik yo’lini idrok etish bilan 
umumiy birlikka erishib, razolatni bartaraf qilish choralari izlana boshlandi. Ana shu 
maqsadda sehrli iboralar ham qo’llanila boshlandiki, ular yer va sayyoralar jinlarining 
ruhini ulardan tashqariga chiqarib yuborishga o’rgatishlari kerak edi. 
Eramizning III asri kishilari uchun qahramon endi sarkarda yoki siyosatchi 
emas, balki faylasuf 
Plotin
va uning izdoshlari kabi xudodan ilhom olgan, butun 
dunyo sirlarini biladigan donishmand edi. Plotin (204-270yy.) Gallien homiyligidan 
foydalanib, o’z davrining sharoitlarini hisobga olgan holda, o’zi qadimgi dunyo 
madaniyatini uyg’otish to’g’risida orzu qilsa ham, qadimgi dunyo qarashlaridan 
nimani qutqarish imkoni bo’lsa, o’shani saqlab qolishga harakat qildi. U Xudo bilan 
inson o’rtasidagi vositachilar tabaqalarini qisqartirib, koinot bilan insonning 
yagonaligini qayta tiklashga intildi. Uning uchun oliy nuqtai nazar xunuk emas, balki 
go’zal bo’lgan butun dunyoni teshib o’tadigan yagona, bir butun oliy ezgulik ediki, 
7
Falsafa. Darslik. M.Axmedova umumiy tahriri ostida. Toshkent, 2006. – 356 b. 


80 
nega deganda u mukammal g’oyalar dunyosini ifoda qilar edi. Kurash va baxtsizlik 
borliqning ko’pligi va uzilganligidan paydo bo’ladi. Ularni bartaraf etish oliy ezgulik 
bilan qo’shilib ketishlikdadirki, unga bilim bilan emas, balki ekstaz (karaxtlik) holati 
ya’ni barcha yerdagi narsalarni tark etish, ruhni razolatdan xuddi oltin quymasini 
unga yopishgan loydan tozalash kabi yo’l bilan erishib bo’ladi. Bu oliy ezgulikni 
talab qiladi. Ammo Plotin «fuqaroviy» ezgulikni ham rad etmaydi. Bunga erishish 
uchun har kim o’z burchini dunyo voqealarida vijdonan oynashi kerak. Har kim shuni 
unutmasligi kerakki, dunyodagi yomonlik, rasmdagi soya kabi zarurdir va u o’zining 
shaxsiy farovonligidan kelib chiqmasdan, balki butun ezgulikdan kelib chiqmog’i 
lozim. Yomon odamlar hukmronlik qilmoqda, yaxshilar esa azob chekmoqda degan 
doimiy shikoyatlar bema’nilikdir. Negaki, xudolar yig’layotgan va ibodat 
qilayotganlarga emas, balki kim mehnat qilayotgan va kurashayotgan bo’lsa, 
o’shalarga yordam beradilar. 
Plotinning ta’limoti keng omma uchun juda ham murakkab edi. Uning o’zi ham 
uni xoslarga mo’ljallagan edi. Keyinchalik yangi aflotunchilik bir qator 
o’zgarishlarga duchor bo’lib, asosan sharqdagi shahar ziyolilarining falsafasiga 
aylandi. Xristianlikning yoyilishi bilan cherkov borgan sari salobatli va yaxshi tashkil 
topgan kuchga aylanib bordi. Xristianlarga nisbatan bo’lgan ta’qiblarning bekor 
qilinishi bilan xristian jamoalari chekkan azoblari sinovidan uyushgan va 
mustahkamlangan holda chiqdilar. Bu narsa xristianlarning keyingi taqdirlari uchun 
sezilarli ahamiyat kasb etdi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinian farmoniga 
binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunyo falsafasi o’zining 
ming yillik mavjudligini to’xtatdi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish