O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tayanch tushunchalar: 
zardushtiylik, «Avesto», Konfutsiylik, «Veda»lar, 
buddaviylik, ilk o‘rta asrlar falsafasi, «Qur’on», Hadislar, islom falsafasi, tasavvuf, 
temuriylar davri falsafasi, «Temur tuzuklari», «Ziji Ko‘ragoniy», «Xamsa», « 
Boburnoma», xonlik va amirliklar davri falsafasi, «Qarolar falsafasi», jadidchilik, 
jadidlar falsafasi. 
Takrorlash uchun savollar
1.
Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o‘chog‘i. 
2.
«Avesto» to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
3.
Zardushtiylikning mohiyati nimadan iborat? 
4.
Islom dini va falsafasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
5.
Temur va temuriylar davri falsafasi. 
6.
Amirlik va xonliklar davri falsafasi. 
7.
XIX asr oxiridagi millatning tarqoqligi va ma’naviy tanazzul oqibatlari. 


69 
3-MAVZU.
FALSAFANING TARAQQIYOT BOSQICHLARI: G’ARB FALSAFASI
 
Qadimgi Yunoniston va antik davr Rim falsafasi. 
Qadimgi davr falsafasining 
bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik 
davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, 
Fales, Zenon, Geraklit, Pifagor, Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit, Epikur va 
boshqalarning falsafiy, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-axloqiy ta’limotlari muhim o’rin 
egallaydi. 
Orfiklar va boshqa qator afsonaviy-falsafiy ta’limotlar vakillari yunonlarning 
an’anaviy diniy e’tiqodlarini to’g’rilash va tozalashga urindilar. Shu vaqtning o’zida 
(er.ol. VI asr) Ioniya naturfalsafasi deb atalgan maktabning vakillari bo’lgan Tolis 
(Fales), Anaksimandr va Anaksimenlar dunyoga butunlay boshqacha qarashni 
rivojlantirdilar. Ularning har uchchalasi Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlati 
bo’lgan Milet shahrida tug’ilgan edi. Miletlik mutafakkirlar birinchi bo’lib Koinotni 
uyg’un ravishda tuzilgan, o’z-o’zidan rivojlanuvchi va o’zi tomonidan 
boshqariladigan tizim sifatida tasvirlashga urindilar. Olam hech qanday xudolar va 
hech qanday odamlar tomonidan yaratilgan emas. U doimo mavjud bo’lishi lozim. 
Uni boshqarayotgan qonunlarni inson tushunib yetishi mumkin. Ularda hech qanday 
tushunib bo’lmaydigan, sirli narsa yo’q. Shunday qilib, dunyoni diniy-afsonaviy 
tushunish yo’lidan uni inson aqli vositasida tushunishga hal qiluvchi qadam koyildi. 
Birinchi faylasuflar noiloj ravishda barcha ashyolaring birinchi ibtidosi, birinchi 
sababi nima, degan savolga duch kelishlari muqarrar edi. Tolis va Anaksimenlar 
fikricha, hamma narsalar paydo bo’lib, pirovardida yana unga aylanadigan birlamchi 
javhar tabiatning to’rt asosiy hodisasidan biri bo’lmog’i lozim edi. Tolis bu narsada 
ustunlikni suvga bergan bo’lsa, Anaksimen havoga berdi. 
Ammo tabiat hodisalarini majhul nazariy idrok qilish bobida Anaksimandr 
hammadan ilgarilab ketdi. U barcha mavjud narsalarning birinchi sababi va asosi 
apeyron,
deb e’lon qildi. 
Apeyron abadiy va cheksiz javhar bo’lib, sifat jihatdan uni to’rt tabiiy 
hodisaning birortasiga bog’lab bo’lmaydi va shu bilan birga u doimiy harakatdadir. 


70 
Uzluksiz harakat jarayonida apeyrondan qarama-qarshi ibtidolar bo’lgan issiqlik va 
sovuqlik, quruqlik va namlik va shunga o’xshashlar ajralib chiqadi. Qarama-
qarshiliklarning ushbu juftliklari o’zaro ta’sirga kirishib tabiatning ham tirik va ham 
o’lik hodisalarini vujudga keltiradilar. 
Anaksimandr tomonidan berilgan dunyo manzarasi kelib chiqishi jihatidan o’sha 
zamon uchun butunlay yangi va g’ayri oddiy edi. U o’zida bir qator moddiyuncha va 
dialektik xususiyatga ega bo’lgan unsurlarni yaqqol ifodalar edi. Shu jumladan o’z 
shaklini doimo o’zgartirib boruvchi va hamma narsalarni qamrab oluvchi birlamchi 
javhar to’g’risidagi tasavvur, moddaning hozirgi zamondagi tasavvuriga juda 
yaqindir. Qarama-qarshiliklarning kurashi va ularning birini ikkinchisiga o’tib turishi, 
hamda ularni dunyodagi ko’plab xilma-xil barcha jarayonlarning bosh manbasi 
ekanligi haqidagi fikr ham hozirgi zamon ilmiy qarashlari bilan hamohangdir. 
Yunonistonlik faylasuflar shuni yaxshi tushunar edilarki, har qanday 
bilimlarning eng ishonchli asosi bo’lib tajriba, tajribaviy izlanishlar va kuzatish 
xizmat qiladi. Mohiyat jihatdan ular faqat birinchi faylasuflargina bo’lib qolmay, 
balki yunon va butun yevropa fanining asoschilari bo’lgan birinchi olimlar ham 
edilar. Qadimgilarning o’zlari Tolisni «birinchi riyozidon» (matematik), «birinchi 
munajjim», «birinchi fizik» deb atar edilar. Bobillik munajjimlarning ilgarigi 
kashfiyotlaridan foydalanib, Tolis (Fales) eramizdan oldingi 585 yilda yuz berishi 
mumkin bo’lgan quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan edi. U birinchi bo’lib 
birnecha asosiy geometrik teoremallarni isbot qildi, iste’molga sirkul va burchak 
o’lchovchi asbobni kiritdi. Ma’lum bo’lgan yer yuzini birinchi geografik xaritasini 
tuzgan kishi sifatida Anaksimandrni yod etadilar. U yer yuzini silindr shaklida, 
havoda muallaq osilib turgan holatda tasavvur etgan. Anaksimandr osmon gumbazi 
boylab harakat qiladigan yoritgichlar holatini namoyish etadigan «samoviy doira»ni 
kashf etdiki, unda yoritgichlarni yerga va bir-birlariga nisbatan joylashganliklarini 
ko’rsatuvchi imkoniyat mavjud edi. 
Miletdan keyingi Ioniya falsafasining markazi, faylasuf 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish