O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Rim imperiyasi davri va o’rta asrlarda Yevropa falsafasi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Rim imperiyasi davri va o’rta asrlarda Yevropa falsafasi. 
Yevropada 
qadimgi Yunon va Rim davridan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I 
asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar 
paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. 
Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi. 2. O’rta asrlarga 
kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, 


81 
patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini 
belgilaydi. 
Gnostiklar.
Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostitsizm eramizning 
150-yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy taMimot 
yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa 
o’z tabiatining ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm 
faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu 
urinishda gnostitsizm g’alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy 
dini bo’lib qolar edi va shunday bo’ldi ham. 354-yilda Pompey sobori xristianlikni 
Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi. 
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va 
ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida 
materiya ‘ hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod diy 
dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon 
qilingan darveshlik (asketizm) o’rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga 
sabab bo’ldi. 
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika 
so’zining lug’aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning 
xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni 
ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z 
asarlarida mushriklik (ko’p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) 
shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar 
asarlarida ikki ap’apa yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash, Ular eng 
avval mushriklar tomonidan xristianlikka qoyilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, 
dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. 
Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean 
va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim. 
«Patristika» so’zi «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda 
G’arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Mashhur bo’lgan cherkov 
otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi 


82 
avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo’llash sof 
axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. 
G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo’lgan 
Avreliy Avgustin (354—430) bo’lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo’lgan. 
Avgustin o’z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag’ishlaydi. U 
100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o’sha 
davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig’inish» 401-yilda yozilgan. Bu asarda u 
o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. Unda Tavrot oyatlari ramziy — 
timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa 
insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs 
shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar ham yozgan. 
«Sxolastika» so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish 
joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik 
qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. 
Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham 
sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga raoslashtirish, 
dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham baholash mumkin. 
O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy 
nuqtayi nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga 
muvofiqmi degan savolga javob berish bo’lgan. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish