O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

24

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir. 


— T.: O'zbekiston, 2015. — B. 267-268.
 


410 
«bozor san’ati» degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning «gullab-
yashnashi» uchun imkon yaratadi. 
Tayanch tushunchalar: 
estetik tarbiya, fan, ta’lim, sport estetikasi, estetik did, 
ommaviy madaniyat, madaniyat, estetik munosabat, estetik anglash, voqelik, turmush 
estetikasi, mehnat estetikasi, reklama, texnologiya. 
Takrorlash uchun savollar:
1.
Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirib bering. 
2.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 
3.
Estetik tarbiyada mehnatning roli qanday? 
4.
Milliy estetik tarbiyaga mahallaning ta’siri qanday? 
5.
Estetik tarbiyada san’atning tutgan o‘rni haqida gapirib bering. 
 


411 
XULOSA 
Falsafa bu ham umumnazariy dunyoqarash, ham ijtimoiy ong shakli, ham 
umumiylik to‘g‘risidag fan. U ma'naviy madaniyatning mag‘zidir. Mana shuning 
uchun ham falsafaning ahamiyati va vazifalari shunchalik ko‘p qirralidir. Albatta, 
falsafiy bilim, o‘z tabiatiga ko‘ra, o‘ta nazariydir. Ammo bu degani uning real 
hayotdan, muayyan tarixiy jarayondan ajralgan degan ma'noni bermaydi. Har qanday 
falsafiy tizim, bir tomondan, zamonasining ruhini nishoni bo‘lsa, ikkinchidan, falsafa 
mazkur davrning mohiyatini aks ettiradi, uning qonuniy belgilarini ochib beradi. 
Falsafa mohiyat jihatdan faqat hozirgi kunnigina emas, balki o‘tmishni, va ayniqsa, 
kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va ularning qanday bo‘lishligi 
bilan shug‘ullanadi. U insoniyat hayotining istiqboliga umid bilan qarash va uni 
takomillashtirish yo‘llarini va tamoyillarini aniqlashga qaratilgandir. Dunyoni 
shunday ruhda talqin qilish bilan birga, falsafa turli siyosiy kuchlar, hamda ijtimoiy 
guruhlar va muayyan kishilar amaliy faoliyatining uzoqni ko‘zlovchi asosi bo‘lib 
qoladi. Falsafaning amaliy va bashorat qiluvchilik ahamiyati ana shundadir. 
O‘zbekiston Respublikasining 28 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida 
to‘plangan tajriba falsafiy talqin va umumlashtirish uchun katta imkoniyat beradi. 
Shunday tahlil tajribasi ushbu o’quv qo’llanmaning tegishli bo‘limlarida berilgan. 
Kelgusida mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining falsafiy talqini yanada aktuallashadi. 
Bir tomondan, uni dunyo taraqqiyoti tamoiyllari nuqtai nazaridan qarab chiqish kerak 
bo‘ladi, negaki, bizning mamlakatimiz va unda ro‘y berayotgan jarayonlar umuman 
dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotining bir qismidir. Ikkinchi tomondan, mazkur 
tajribani uni to‘laligicha, barcha asosiy tomonlari bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy 
jixatlarini birgalikda qarab chiqib, uning qonuniy tamoiyllari, umumiy va xususiy 
belgilari nisbatini aniqlash lozim. 
Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy 
g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bogiiq yana bir muhim jihati ham 
bor. Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y 
berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan 
ushbu mavzuning tarixi, tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va 


412 
nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu 
azaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor bo‘lishi targ‘ib 
etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish hamma vaqt ham oson kechmagan. 
Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, 
umuminsoniy ahamiyatga molik bunyodkor g'oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati 
buzg'unchilik va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik 
mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo‘lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji 
shu tariqa, muayyan g'oyalar ustuvor bo‘lgan necha-necha zamonlar almashinuvi, 
turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz jarayon sifatida davom etib kelmoqda. 
Davlatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan hozirgi sharoitda 
tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag‘rikenglikka rahna soluvchi buzg'unchi 
mafkuralarning maqsad-muddaolarini o‘z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, 
ezgu g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va 
mas'uliyatli bo'lish bu boradagi faoliyatimizning asosiy mezoni bo’lmog’i lozim. 
О‘zbekiston Respublikasida falsafa fanini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini 
amalga oshirish quyidagi masalalarning yechimini topishga bog‘liq: 

birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoitida 
soxtalashtirilgan falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini haqqoniy yoritish. xolis kо‘rsatib 
berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, о‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yо‘q 
qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda; 

ikkinchidan, kо‘plab manbalar ingliz, arab yoki fors tillarida ekanligi, 
ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy 
ma’naviy merosdan bahramand bо‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga tо‘siq 
bо‘lmoqda; 

uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, 
ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bо‘shliqni yangi g‘oyalar bilan 
tо‘ldirish, milliy istikdol g‘oyasini kishilar qalbiga singdirish muayyan vaqtni taqozo 
qiladi. 
Bir sо‘z bilan aytganda ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa 
masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta 


413 
mas’uliyat yuklamoqda. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir 
yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan о‘zgarishi 
nihoyatda muhimdir.


414 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish