O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari.
Sport estetikasi deganda, inson 
harakati go‘zalligi va ulug‘vorligini estetik anglab yetish tushuniladi. Sport 
estetikasining rivojlanish jarayonlari insonning ma’naviy va jismoniy yetuklik 
uyg‘unligining in’ikosidir. Bunda insonda jismoniy rivojlanish, jismoniy 
tayyorgarlik, jismoniy kamolot, jismoniy ta’lim, jismoniy madaniyat kabi bosqichlar 
kuzatiladi. 
Jismoniy rivojlanish
 
— kishi organizmi shakli va funksiyalarining o‘zgarish 
jarayoni bo‘lib, asosan, atropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi. Ya’ni, 
bo‘y, gavda og‘irligi, qaddi-qomati, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, shuningdek, 
tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, kuch-chidamlilik kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Jismoniy tayyorgarlik
 
— bu harakat ko‘nikmalari malakalari, jismoniy 
sifatlarining sport razryadlari va unvonlar, talab va meyorlar bilan belgilanadigan 
rivojlanish darajasidir. 
Jismoniy kamolot
— 
bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi 
va sog‘liqning, hayotga, mehnatga, Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy 
tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir. 
Sport
 
— bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan u yoki bu jismoniy 
mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir. 
Jismoniy madaniyat
 
— umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, jamiyatning 
ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi 
moddiy va ma’naviy boyliklarining majmuidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari, 
stadionlar, sport zallari, basseyn, kortlar, jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, 
poyabzal, shuningdek, sport sohasida erishilgan yutuqlar, ya’ni kamolot darajasi 
kiradi. Ma’naviy boyliklarga jismoniy tarbiya haqidagi fan, san’at asarlari, adabiyot, 
haykaltaroshlik, rang-tasvir, musiqa va boshqalar kiradi. 


408 
Shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun sport turlarining ahamiyati 
katta. Sport, avvalo, chiniqtiradi, tarbiyalaydi, shu bilan birga, go‘zallikka va 
ezgulikka chorlaydi. 
Chempionlar millionlab muxlislar oldida ajoyib kombinatsiyalar yaratadilar. Shu 
bilan birga estetik zavq uyg‘otadilar. Sportning estetik turlari figurali uchish, badiiy 
gimnastika, sinxron suzish, ot sporti, qilichbozlik va boshqalardir. 
Bu sport turlari mohiyati jihatidan san’at darajasida ijro etiladi. Yurtimizda 
jismoniy tarbiya va sport ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Yoshlarimiz jahon 
arenalarida O‘zbekiston san’atini dunyoga ko‘z-ko‘z qilmoqda. O‘zbekiston bayrog‘i 
Yer sharining deyarli har yerida baland ko‘tarilmoqda. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish