O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tayanch tushunchalar: 
texnogen sivilizatsiya, inson go‘zalligi, san’at, turmush 
estetikasi, ishlab chiqarish estetikasi, estetik idrok etish, ekoestetika, tabiat, ilmiy-
texnik taraqqiyot, qadriyat, dizayn, amaliy san’at, ekologiya, estetik tarbiya, estetik 
munosabat, shaharsozlik estetikasi, fan. 
 
Takrorlash uchun savollar:
1.
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimalardan iborat? 
2.
Ekoestetikaning falsafly mohiyatini izohlab bering. 
3.
Tabiatga estetik munosabatning mohiyati haqida tushuntirib bering. 
4.
Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usullari qanday? 
5.
Texnosivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga qanday 
ta’siri bor? 
6.
Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tutgan o‘rni qanday? 
7.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasining bugungi rivoji haqida gapirib bering. 


399 
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. 
Estetikaning zamonaviy muammolari xaqida so’z yuritar ekanmiz birinchi 
navbatta eng asosiy estetik muammo xisoblangan estetik tarbiya borasida fikr 
yuritishni lozim topdik. 
Estetik tarbiya
— insonning voqelikdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etish, 
tushunish va qadriga yetish qobiliyatini o‘stiradi. Estetik tarbiya, shuningdek, 
insoniyat faoliyatining har qanday sohasida estetik boyliklar yaratish, ya’ni go‘zallik 
qonuni bo‘yicha ijod qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Estetik tarbiya ijtimoiy 
sharoitlarga bog‘liq. 
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi — jamiyat a’zolarining har tomonlama 
mukammal rivojlanishlari uchun go‘zallikni to‘laqonli his etishga ko‘maklashishdan 
iboratdir. 
Estetik tarbiyaning hayotiy omillari faqat estetika, madaniyat, san’at, 
adabiyotdangina iborat emas. Ijtimoiy ong ko‘rinishlari va estetik qarashlar bilan bir 
qatorda, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, turmush va texnika, sport va milliy urf-
odatlar ham nafosat tarbiyasining nihoyatda muhim omillaridandir. 
Estetik tarbiyani to‘la amalga oshirmay turib axloqiy, g‘oyaviysiyosiy tarbiya 
asosida rivojlangan barkamol shaxsni voyaga yetkazib bo‘lmaydi. 
Estetik tarbiyaning asosiy ma’nosi va vazifasi kishilarda dunyo go‘zalligi 
to‘g‘risida his-tuyg‘ular, tasavvur va fikrlarni tarbiyalash va takomillashtirish orqali 
inson shaxsining har tomonlama va uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat. 
Estetik tarbiya, eng avvalo, tabiat va jamiyatda hamda san’at asarlarida 
go‘zallikni ko‘ra bilish, uni to‘g‘ri tushunish va qadrlash qobiliyatini tarbiyalashdan 
iborat. U hayot va mehnatning barcha tomonlariga go‘zallik ato etish qobiliyatini 
tarbiyalash, hayot va san’atda bema’nilikka, xunuklikka qarshi kurash hamda 
qobiliyatiga qarab san’atda o‘zining ijodiy kamolotini ko‘rsatishni nazarda tutadi. 
Estetik tarbiyaning asl mohiyati insonni real dunyoda mavjud bo‘lgan 
go‘zallikni to‘g‘ri idrok qilishga va hayotda haqiqiy go‘zallik uchun kurashga 
o‘rgatishdan iboratdir. 


400 
Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 
Birinchidan, inson o‘zining mehnat faoliyati natijasida voqelikni estetik 
o‘zlashtiradi. Undagi go‘zalliklarni kashf etadi va idrok qiladi. 
Ikkinchidan, estetik tarbiya ishining barcha usul va vositalari kishida to‘g‘ri 
estetik fikr va idrok qilishni rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Ya’ni, kishining 
estetik bahosi, mulohazasi va idroki voqelikda mavjud bo‘lgan go‘zallikni yoki 
xunuklikni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. 
Uchinchidan, estetik tarbiya kishida har tomonlama va keng estetik did va 
manfaatlarni rivojlantirishni, kishilarni har qanday xunuklik, yaramaslikka nafrat 
ko‘zi bilan qarash, go‘zallikni ijod qilish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Estetikaning maqsadi — insonda hayotdagi, san’atdagi go‘zalliklarni 
umumjahon qadriyatlari nuqtai nazaridan idrok eta bilish va baho bera olish 
qobiliyatini tarbiyalash va o‘stirishdan iboratdir. 
Biz estetik jihatdan yaxshi tarbiya olgan odam deb, o‘z mehnati bilan hayot 
go‘zalligiga go‘zallik qo‘shuvchi, mehnat va ijtimoiy faoliyatini estetik kamolot 
darajasiga ko‘taruvchi komil insonni tushunamiz. 
«Agar kishini turmush ustozi dono qilmasa, hech dono unga so‘z o‘rgatmoq 
uchun ovora bo‘lmasinki, mehnati zoye ketadi», deydi Kaykovus. Demak, kishini 
tarbiyalashda hayotiy ta’sirning roli Kaykovusning diqqatidan chetda qolmagan. 
Yana u tarbiyani inson aqlini, shaxsiy hayotini shakllantiruvchi omillardan deb biladi. 
Uning fikricha, dunyoni bilishdan maqsad undan foydalanishdir. 
Oddiy musiqa kuyi, chiroyli gullar, suratlar dastlabki estetik kechinmani keltirib 
chiqaradi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi, avvalo, 
ularning «ko‘rish», «eshitish», tabiat ko‘rinishlari, atrof-muhitdagi go‘zallikni ajrata 
bilish va baholash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Buning uchun ashula, 
musiqali o‘yin, rasm solish, haykalchalar yasash mashg‘ulotlari keng qo‘llaniladi. 
Estetik tarbiya aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. 
Estetik tarbiya yosh avlodning axloq madaniyatini shakllantirishda muhim rol 
o‘ynaydi. San’atga ehtiyojni, uni tushunishni, badiiy ijodda faol qatnashishga 
intilishni tarbiyalash estetik tarbiyaning birinchi navbatdagi vazifasidir. O‘z 


401 
navbatida san’at ham biror maqsadga qaratilgan estetik tarbiyaning muhim vositasi 
hisoblanadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish