O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ekologik estetika.
Globallashuv jarayonida yangi estetik qadriyatlar qaror 
topib bormoqda. Bu insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. 
Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan 
fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo'ysundirishni» 
targ‘ib qilgan marksizm ta'limotida keng e'tirof etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida 
tabiat estetikasiga e'tibor qaratilmadi. Biz me'moriy obidalarni asrash, tiklash haqida 
qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini 
chetga chiqarib qo'ydik. 
Hozirgi kunda shu narsa aniq boldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik 
qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz 
estetikani tasavvur qilish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik 
o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga alohida e’tibor 
berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchanIk faoliyati yuksalishi barobarida 
estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida 
inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini 
ta'minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan 
belgilanadi. 
Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik 
tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy 
xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini 
yo'qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. 
Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, 
insoniyatning umumiy uyi. Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning 


394 
ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik 
muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning 
hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir. Bu esa 
odamlarning, xalqlar va millatlarning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik 
munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosabatda 
bo‘lish tabiatga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o‘zini 
gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmastuganmas shakllar manbayi bo‘lib 
kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
Inson 
bilimining 
ortishi, 
tabiat 
hodisalarining 
mohiyatini 
aniqlash, 
qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyoti inson qudratini oshirishi 
natijasida tabiat ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy 
oqibatlarga olib keldi. XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot 
vujudga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi 
tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda insonga qilingan yomonlik 
ekanligini anglab yetdi. 
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologiya ekanligi, uni hal 
etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va 
kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bogliqligi hammamizga 
ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar, ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand munosabatda bo‘linib, tabiat 
boyliklaridan ochko‘zlarcha foydalanishga zo‘r berilgan edi. O’sha davr bizga 
o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-xillikning 
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko‘payishi, cho‘llanish, 
yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi haloqati kabi mintaqaviy va global 
miqyosda yec zarur bo‘lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammolar inson 
hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, soglom va musaffo atrof-
muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga oshirilayotgan 
islohotlarning o‘zagini tashkil etgan O’zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-
avaylashni va uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi. 


395 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish