Tubanlik kategoriyasi.
Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini
hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohiyatan insonga xos bo‘lib, uning
faoliyatida namoyon bo'ladi. Tabiatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida
uchramaydi. Tubanlik inson fe’l-atvoridagi yovuzlik maylining qo‘zg‘alishi
natijasida yuzaga keladi.
Fojiaviylik (tragediya) kategoriyasi
— voqelikning eng muhim, chuqur
ziddiyat va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun
va burch, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy
tushuncha. Deyarli barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar
mavjud. Har qanday fojia zamirida muayyan fojiali to‘qnashuv, ziddiyat yotadi.
Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar to'qnashuvining natijasi sifatida bejiz
ta’riflamagan. Chunki, bu to‘qnashuvlar kurashi qanday yakun topishi bilan insoniyat
istiqboli, axloqiy taraqqiyot uzviy bog‘liqdir. Bu hol fojiani san'atning falsafiy
jihatdan eng muhim turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni butun tarixi
davomida hayajonlantiradigan tub hayotiy masalalarni o‘z oldiga qo‘yib, hal qilish
imkoniyatini yaratdi.
Har qanday fojia zamirida keng kolamli, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan
muayyan fojiali to‘qnashuv yotadi. Fojiaviylik san’atda turlicha talqin etilishi
mumkin. Bu hol mazkur janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia
uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur
boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi.
Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar
387
barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqidaqoidalar qayta baholanayotgan
sharoitda ravnaq topadi.
Kulgililik kategoriyasi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng
o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsiz odamlarni
kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor
yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon
mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida
ochib berishga harakat qiladi, Fridrix Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi
qarama-qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy
ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi.
Insondagi
layoqatsizlik,
loqaydlik,
mas'uliyatsizlik,
izzattalablik,
shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obektlaridir. Shuningdek, kulgi — axloq
hududlarini bezarar buzishdir. Har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi
mumkin. Bu holatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va
kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar
singari faqat obektiv tomonga ega bo‘lmay, subektiv tomonlarni ham o‘zida
birlashtiradi. Kulgililikning subektiv tomoni — keng ma'nodagi hazil (yumor)
tuyg‘usidir.
Bugungi kunda milliy g‘oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga
kо‘tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi, о‘zini
jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo
bо‘ladigan bо‘shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf
solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda yosh
avlodni gо‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bо‘lgan munosabatini, badiiy
adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni gо‘zallik va
ulug‘vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim
ahamiyat kasb etadi. Zotan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, Jamiyatni ma’naviy
yangilashdan kо‘zlangan bosh maqsad, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va
farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo
totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi kо‘p-kо‘p masalalardan iborat»
388
Hulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi,
о‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Zero, bugungi kunning talabi
ana shundan iborat. Mazkur talabga javob berish esa insondan har tomonlama
tarbiyalanganlikni talab qiladi. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda
insonni gо‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bо‘lgan munosabatini, badiiy
adabiyotga qiziqishini, jamiyatga bо‘lgan qarashlarini gо‘zallik va ulug‘vorlik asosida
tarbiya qilishi bilan diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |