O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi. 
Malumki, san’at asarida belgilar va badiiy ramzlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Masalan, harflar, notalar va h.k. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash 
faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o‘zida mujassam qilgan 
san’at asari o‘sha axborotni yetkazib berishga ham mo‘ljallangan. Ana shu san'atning 
belgi bilan bog‘liq tomonini, kommunikativ—vositachilik jihatini semiotika 
o‘rganadi. Ayni paytda, estetikada tuzilmali—semiotik estetika deb ataladigan 
nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san’at asari 
esa ana shu tizim belgisi yoki o‘sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. 
Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni yetkazib beruvchi hodisa tarzida 
o‘rganiladi. 
Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib 
o‘tganimizdek, barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib 
boradi. Chunonchi har bir san’at turining «o‘z estetikasi» mavjud: so‘z san’ati 
estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi va hokazo. 
Har bir fanning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bo‘lgani singari estetika fani ham 
bundan mustasno emas. Zotan, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har 
jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim va uning nafosat 
tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda estetika muhim ahamiyatga ega. Zero, estetika 
orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki ayni paytda 
shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. 
Estetika kategoriyalari va ularning tasnifi. 
Falsafaning birorta kategoriyasini 
ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bolmaydi Chunki, bu kategoriyalar (butun, 


383 
qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k.) insonni o‘rab turgan olamda sodir 
bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil 
etishga ko‘mak beradi. 
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. 
Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan 
buyon olimlar e'tiborida. Bu borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, 
hunuklik kabi an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Bugungi 
kunda go‘zallik — ulug’vorlik — fojiaviylik — kulgililik; estetik ideal — estetik did 
— estetik tuyg‘u; san’at — badiiy obraz — ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika 
fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qollanilmoqda. 
Biroq, kategoriyalar tizimi qanday ko'rinishda bo‘lmasin, ularning har birida 
go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etadi. Go‘zallik nima? Bu savolga 
estetik tafakkur rivoji tarixida juda ko‘plab javoblar berilgan, xilma-xil nazariya va 
qarashlar ishlab chiqilgan. 
Juda ko‘p yillardan buyon estetika kategoriyalarini yaxlit tizimga solish olimlar 
e'tiborini jalb etib kelayotgan bo‘lsada, lekin keltirilgan an’anaviy va zamonaviy 
tasniflardan ko‘rinib turibdiki, go‘zallik metakategoriya sifatida estetikada muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish