O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tayanch tushunchalar: 
nafosat, go‘zallik, san'at, go‘zallik falsafasi, estetika, 
estetika obekti, san’at falsafasi, nafosat tarbiyasi, semiotika, kulgililik, kulgili holat, 
hazil, mutoyiba, kinoya, hajviya, kategoriya, go‘zallik, chiroylilik, xunuklik, 
ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, foriglanish, fojiaviy qahramon.
 
Takrorlash uchun savollar:
1.
«Estetika»ning fan sifatidagi falsafiy mohiyatini tushuntiring. 
2.
Estetika qaysi fanlar bilan o‘zaro yaqin aloqador? 
3.
Estetika kategoriyalarining tasniflni izohlab bering. 
4.
Nima uchun go‘zallik estetikaning asosiy mezoniy tushunchasi 
hisoblanadi? 
5.
Ulug‘vorlik tabiatda qanday xususiyatlarga ko‘ra namoyon boladi? 
6.
Tubanlikning illat sifatida ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’siri nimalarda 
ko‘rinadi? 
7.
Fojiaviylikning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering. 
8.
Kulgulilik kategoriyasining estetik xususiyatlari nimada? 


389 
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 
 
Go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatdagi 
organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bogliq 
holda yashaydi. Nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq 
ta’sirida yashaydi, rivojlanadi. 
O’zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bilan qarashga, uni 
asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy bayram, qadimiy ap’apa, urf-odatlarda 
ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan 
Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, 
unga ehtiyotkorona munosabatda bolish, uni ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan. 
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham 
o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm talimotida Inson mavjud olam kabi dao 
qonunlari asosida vujudga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) 
yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini 
o‘zgartirishga intilish odamlar uchun haloqatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz 
baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, 
Laoszi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy 
axloqiy tamoyili «uvey»faoliyatsizlik, donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz 
faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-
harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl 
holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan. 
Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari 
bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, 
ularni isrof qilmaslik, insonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni 
tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni 
muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. 
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan 
go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bolib, aniq hissiy 
ta’sir o'tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko'payishiga, 


390 
shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. 
Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat 
qilishga mo‘ljallangan boladi. 
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi 
go'zallik badiiy ijoddagi go

zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining 
rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub 
belgilarga ega bo‘lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini 
maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati 
mavjud. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg

usi birdaniga paydo 
boMmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari 
shakllanib borgan. Inson atrofidagi tabiatni o

zlashtira boshlashi bilan tabiat 
boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun 
tabiatning go

zallik va xunuk tomonlari ayon bo

la boshlaydi. 
 XX 
asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni 
texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan 
mehnatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib 
borayotganini ko’rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi 
inson — uning tafakkuri ekanligi barchaga ayon. 
XXI 
asr yuqori texnologiyalar, 
axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana 
shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi. 
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, 
konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq 
doimiy mukammallashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi 
sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen 
jamiyati deb atalmoqda. 
Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab 
turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi 
katalizator 
— harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy olai. 


391 
Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va 
mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun 
kasb etib bormoqda. 
 
Turmush bu ijtimoiy hayot sohasiga oid tushuncha bo‘lib, u inson, millat va 
xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obektiv reallik, moddiy, 
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy 
qadriyatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U azaldan madaniy 
qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. 
Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik 
mezonlarni ko‘rsatish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir. 
Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, 
o‘zini tutish meyorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida 
namoyon bo'ladi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam 
o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan oilasiga olib o‘tadi 
va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit 
estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni 
integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir. 
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini namoyon etadigan 
sohalardan bo‘lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, kiyinish va muomala madaniyati, 
narsa va buyumlarga, turar joylariga munosabatini aks ettiradi. O’z o‘rnida insonni 
o‘rab turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining uyg'unligini 
ta’minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, tashqi ko'rinishi, kiyim ko‘rkamligi 
orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish 
mumkin. Va aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat 
pastligidan dalolat beradi. 
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi islohotlar, bolalar 
uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va barkamol avlod saroylari, fitnes 
klublar, tikish-bichish, kasb-hunar o‘rganish bilan bog‘liq to‘garaklar aholi turmush 
estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sharoitini 
yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik 


392 
taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya 
universiteti sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, shu 
asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happiness index») yangi reytingi 
e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu ro‘yxatda O’zbekiston 158 
mamlakat orasida 44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida 
birinchi o‘rinda qayd etildi»
21
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar 
yaratish va unga bolgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan 
loy, yog‘och, tosh va tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar 
yaratganligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib turmush 
madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish