O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Turmush estertikasi. 
Inson — ijtimoiy hodisa. Lekin u hamisha tabiat bilan 
aloqadorlikda shakllanadi. Shu tariqa insoniy madaniyati ham vujudga keladi. 
Madaniyat haqida gapirar ekanmiz, ichki va tashqi madaniyatni farqlash lozim. Ichki 
madaniyat — insoniyat ma’naviy boyligi, aqliy va axloqiy rivojlanganligi darajasi, 
dunyoqarashi, hissiyoti, vijdon, imon va diyonat, ezgulik va hamdardligidir. 
Tashqi madaniyat — axloq qoidalari, yurish-turish, xattiharakat, odob 
normalariga rioya qilish. Shuningdek, shaxsning tashqi madaniyatiga so‘zlashish, 
kiyinish madaniyati ham kiradi. Insonlarda ichki va tashqi madaniyat uzviy bog‘liq 
holda rivojlansa, shaxs barqarorligi, insonning munosabatlari go‘zalligi, yigit-qizlar 
munosabati, do‘stlik va o‘rtoqlik munosabatlari odoblilik doirasida tarkib topadi. 
Do‘stlik, muhabbat umumiy manfaat xayrixohlikka asoslangan o‘zaro bog‘liqdir. 
Odob tuyg‘usi rivojlangan insonlar go‘zal xatti-harakat sohibiga aylanadilar. Tavoze, 
odob, ohistalik, ehtiyotkorlik, chiroyli muomala zaruriy jihat ekanligini ta’kidlash 
lozim. Insonning tashqi qiyofasi uning umumiy madaniyati va saviyasidan dalolat 
beradi. Odamlar orasida go‘zal va zamonaviy bo‘lish istagi yoshlikning asosiy 
intilishidir. Lekin tashqi qiyofa go‘zalligi uchun intilish yagona maqsad bo‘lmasligi 
lozim. Shu bilan birga insonning did bilan kiyinishi ham san’atdir. 
Moda — ijtimoiy hodisa. U faqatgina kiyimda namoyon bo‘lmaydi. Moda har 
doim kimgadir, nimagadir taqlid qilish ehtiyojidir. Moda bo‘lgani uchun shu rangni 
tanlash, hamma kiygani uchun shu kostyumni kiyish, moda bo‘lgani uchun uyni 


409 
shunday mebellar bilan jihozlash, moda bo‘lgani uchun shunday so‘zlashish kishilar 
orasida urf bo‘lgan. Ammo madaniyatli kishilarning o‘z madaniy saviyalaridan kelib 
chiqib modaga munosabat bildirishlari ham tarbiya ko‘rsatkichidir. 
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy 
dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar 
ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirishi mumkin bo'lgan illatlar bilan 
umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev: 
«Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, 
yuksak ma’naviyat manbayi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki 
biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli axborotlar 
asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman»
23
, — deb ta'kidlaydi.
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy estetik tarbiyaga zarba berib, 
jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik 
tarbiya aynan shunday holatga qarshi maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid 
bo‘lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa 
bo‘lib qolmoqda. «Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o‘zligimiz, 
azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo‘lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning 
ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani 
barchamizni yanada hushyor va ogoh bo'lishga da'vat etishi tabiiydir. Shu sababli 
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni 
giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, 
«ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masalalari bir 
zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor»
24
. «Ommaviy madaniyat» illat 
sifatida 
haqiqat, 
go‘zallik, 
ezgulik 
singari 
muqaddas 
tushunchalarni 
umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir 
bolishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», 
23
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: O’zbekiston, 2017. -469 b. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish