O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga 
ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati. 
Nag 
bir insonning shakllanishi, voyaga yetishi, o‘zini shaxs sifatida namoyon etishida u 
tarbiya topgan oiladagi tarbiyaning, ma’naviy-ruhiy muhitning o‘rni kattadir. 
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkamligini ta’minlaydigan 
jihatlarga alohida e’tibor qaratganlar. Yetti pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy 
tutumini, mahalladoshlarining bo'lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi flkrlarini, 
kasbu korini batafsil o‘rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qurishga 
tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan. 
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani hali ularni oila 
qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki yosh ham kichik jamiyat, ya’ni 
oilani barpo etishga ruhan tayyor bo‘lsalar, shundagina to‘kis oila bunyod bo'lishi 
mumkin. Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim otaonalar 
orzu-istaklarini tezroq ro'yobga chiqarish maqsadida yoki farzandi oldidagi 
mas’uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini erta turmush qurishga undashmoqda. 
Ming afsuski, bu ko‘pincha ajralishlar bilan tugamoqda. 
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari orqali 
bogdangan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy, eng muhimi avlodlarni 
dunyoga keltirish, tarbiyalash va jamiyatga yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli 
vazifa bilan ham o‘zaro bog‘liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning 
davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasllar 
qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya 0‘chog‘idir»
1

Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un, intilishlari mushtarak bo‘lishi katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Oila insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit tug‘diradigan, 
ruhan orom oladigan makoni bo‘lishi bilan birga «asosiy ishxonasi» desak, 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda yeg ham, xotin ham o‘z vazifasini og‘ishmay 


358 
bajarsagina farzandlari qobil, dasturxoni to‘kin, el-yurt o‘rtasidagi obro'si yuksak 
bo‘ladi. Nag tomonlama yetuk, barkamol avlod sog‘lom muhitda, ma’rifatli, 
mehnatkash, uzoqni ko‘ra oladigan ota-onalarning qo‘l ostida voyaga yetadi. 
Milliy tarbiya tizimida oila ma’naviyati, undagi ota-onaning o‘rniga 
ajdodlarimiz alohida e’tibor berishganlar. Chunonchi, milliy ma’naviyatning 
shakllanishiga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zbek oilalarida azaldan sog‘lom turmush 
tarzi, muomala madaniyati mavjudki, bu, o‘z navbatida ota-ona va farzandlar o‘ziga 
xos axloqiy qadriyatlarga munosabatlarida, ro‘zg‘orni saranjom tutish, o‘ziga-o‘zi 
xizmat ko‘rsatish tamoyillarida o‘z ifodasini topgan. Milliy an’analarimiz ichida bola 
tarbiyasiga doir urf-odatlar ayniqsa, muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga 
ko‘ra, xalqning sof holda ko'rinishi bolalarda namoyon bo‘ladi. Qachonki bolalarda 
milliylik o‘lar ekan, bu millat o‘limining boshlanishini bildiradi. Tarbiyada milliylik 
qancha ko‘p saqlanib qolgan bo‘lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, 
ma’naviy boy hisoblanadi
1

Oiladagi to‘g‘ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ularning o‘zaro iliq va 
samimiy munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Oiladagi ota-ona va boshqa oila 
a’zolarining gazeta va jurnallar, badiiy asarlarni o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy 
ko‘rsatuvlarni ko‘rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar 
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Oila o‘rnini bosuvchi boshqa ijtimoiy institut hali kashf 
etilgani yo‘q. Oila shaxs, davlat, jamiyat va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi 
munosabatlarda vositachi o‘rnini o‘taydi. Oilaning o‘z vazifalarini bajarishi avlodlar 
tarixiy izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining 
muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu, avvalo ota-onaning o‘zini 
tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ustunlari. 
Ular qanchalik pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on ham shunchalik mustahkamlanib 
boraveradi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish