Tayanch tushunchalar:
Axloqiy tamoyil, mezon, insonparvarlik, erkparvarlik,
vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik, mehnatsevarlik, tinchparvarlik,
halollik, insoflilik, xushfe’llik, shirinsuhanlik, kamtarinlik, bosiqlik, muomala odobi,
kasbiy odob, axloqiy tarbiya.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Axloqiy tamoyil deganda nimani tushunasiz?
2.
Insonparvarlik, erkparvarlik haqida tushuncha bering.
3.
Mehnatsevarlik, halollik deganda nimani tushunasiz?
4.
Shirinsuxanlik, kamtarinlik meyorlarini izohlab bering.
5.
Shaxsni tarbiyalash yo’llari qanday amalga oshilishi mumkin.
350
14-MAVZU.
NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR
TARBIYASIDAGI O‘RNI.
Nikoh va oilaning ahloqiy asoslari xaqida so’z yuritishdan avval oila va nikoh
nima? degan savolga qisqa ta’rif berishlikni lozim topdik. Oila so’zinivg lug’aviy
ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi
(familia) dastlabki mulk egasiga boysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir
qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros
bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab
hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan
so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha
izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil”
so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli
lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola chaqalari
va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon"
ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik
bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" so’zining
lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi.
Darhaqiqat, oila er xotin, ularning bola chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat
kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida
yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi.
Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er xotindan tashqari erning
ota onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p
bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki
intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu
jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er xotin
muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir birlarini chuqurroq tushuna
boradi, bir birlarini qadrlashni o’rniga qoyadigan bo’ladi, bir birlariga kechirimli
bo’lishadi, er otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu
xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh etadi, jamiyatning
muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga
351
tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi.
Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er xotinlik, ota
onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy
maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir.
Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik
qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi
kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol oynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy nikohiy tus
olishidan boshlanadi, shundagina er xotin oldida, xotin er oldida, ular ota ona sifatida
farzandlaru qavm qarindoshlar, mahalla koy, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida
farzandlar ham o’z ota onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli
ekanliklarini his etib yashaydilar.
O’z navbatida nikoh nima? degan savol tabiiy. Nikoh ham arabcha so’z bo’lib,
"O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish
marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma ma’nosiga
ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er xotinlikning yuridik
(huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-xotinlik,
uylanish" ma’nolarida ishlatilgan. Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan
eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy
munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir". Nikoh fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga
binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari nikohga kiruvchilarning o‘zaro
roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yosh
nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq
sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish
bo‘lishi mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo
rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi
Fotima
rozilik
berganlar.
Demak,
farzandning
roziligini
olish
bizga
payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi
352
orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi,
ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar
o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan
kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning
mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda
ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni
qondirish birinchi o‘rinda turadi. Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi.
Demak, nikoh oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan ayolning bir biriga va
bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir birlari oldida va jamiyat oldida
huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy
ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir
tushunchalar emas. Oila nikoh va qonqardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan
shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota onalar bilan bolalar o’rtasidagi
munosabatlardir. Nikoh oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub
kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir-birlari oldida huquq va
majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va
taraqqiyotida azaldan mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom
oydinlashtirilgan
emas.
Bu
to’g’rida
turlicha
nuqtainazarlar
mavjud.
Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining
evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi
paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol
barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu
aloqalar o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma
erkaklar boshqa urug’ning barcha ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar.
So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan.
Juft nikohda esa er xotin hisoblangan erkak va ayol o’z urug’larida yashagan. Bu oila
qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona tomonidan (onalik davri)
hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er xotin nikohi barqaror, alohida xo’jalikka
353
ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z
vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon qardoshlar istisno qilindi,
jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda
xotin er bilan yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka
nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -
xotinni hamda ularning bolalarini bir biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat
xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrga
to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -biridan farq qiladi: 1)
Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning
qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan
boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er
xotinning tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi
"demokratik" oilaning tipik shaklidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-
fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish
imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini
oshirishga ko‘maklashish hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining
qadriyat sifatida e'tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning
jamiyat taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi
inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor
uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada
yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini
bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |