O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Fidoyilik.
 
Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni
huquqiy meyorlarni buzmay yashashi mumkin. Rasmiy-huquqiy idoralar va 
tuzilmalar tomonidan bunday odam rasmona, jamiyat uchun xavf tug’dirmaydigan 
shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo’lishi, huquq bilan hisoblashgan 
holda ahloqni tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o’z 
mamlakatidagi jinoyat kodeksini tan olishi barobarida, qalbidagi vijdon qonunlari 
bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo’rqadi-yu, vijdon azobini bilmaydi. 
Fidoyilik
tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda 
turlicha muayanlashadi; u ma’lum bir davrlarda ommaviylashishi yoki kamayishi 
mumkin. Chunonchi, mustaqillikka erishganimizdan so’ng dastlabki paytlarda o’tish 
davriga xos bo’lganfidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchayganini 
ko’rdik. Hozirga kelib esa, aksincha, asta-sekinlik bilan jamiyatimizda fidoyilik 
ustuvor tamoyil maqomini egallab bormoqda; birinchi Prezident Islom Karimovning 
fidoyilik tamoyili mohiyatini to’la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yonib 
yashash kerak!” degan so’zlarini axloqiy shoir qilib olgan jamiyatimiz a’zolarining 


336 
ilg’or qismi tobora ko’payib bormoqda. Ana shu ko’payib borish jarayoni qancha 
tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli-shamoyili shuncha muayyanlik kasb 
etadi. 
Ziyolilik.
 
Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushunch ma’nsida nisbatan 
uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keladi desak, xato 
qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsyrlari 
O’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hatotida shakllanganini 
e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intelektual – aqliy 
taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’ganidan ancha keyin vujudga 
kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, 
buyuk almon faylasufi, “ Frankfurt maktabi” ning namoyondasi Teodor Adarno 
Ikkinchi jahon urushidagi genosiddan so’ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan 
fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida 
murakkab va ko’pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy 
ma’lumotli kishiga xos bo’lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili 
tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon 
ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko’rishi va atrofdagilar 
tomonidan: “Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam – da“, degan yuksak ijtimoiy 
bahoga loyiq bo’lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidagi qat’iy nazar ham 
bilim, ham fahm – farosat, ham oliy maqsadlar egasi tushuniladi. Shunday qilib, 
ziyolilik sosida insonning ma’naviy – ma’rifiy yuksagligi, qalbidagi ichki nur, atrofni 
ham nurlantira oladigan ziyosi bilan brlgilanadigan hatti – harakatlar yotadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish