Hayotning ma‘nos
i
yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib
yuborish ularni aynanlashtirish mumkin emas. Hayotning ma‘nosi deganda maqsadga
nisbatan keng qamrovli tushuncha e‘tiborga olinadi, o’z ichida o’nlab, balki yuzlab
maqsadlarni oladi, u muayyan maqsadlar tizimini tashkil qiladi.
Ba‘zan hayot «ma‘nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar
o’tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz
bo’lishi mumkin.
Ba‘zilar o’z hayot ma‘nosini qanday yo’l bilan bo’lmasin boy-badavlat, to’kin-
sochin yashashda deb tushunadi. Harom-harishning farqiga borib o’tirmaydi,
birovning haqidan qo’rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo’lmasin, martabaga
erishishni o’z oldida hayotiy maqsad qilib qo`yadi, faqat «yulsam» deydi.
Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o’zgalarga qayishishni hayoliga ham
keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo’lmaydi, faqat «o’z qobig’ida» yashashni afzal
ko’radi.
Hayotning ma‘nosi – bu hayotning butun bir bosh yo’lidirki, bunda konkret,
aniq maqsadlarni belgilab beradigan yo’nalishlar e‘tiborga olinadi.
Inson o’z oldiga maqsad qo`yadi. Bu maqsadlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi,
balki ularni insonning turmush sharoitlari taqozo qiladi. shunday ekan, hayotning
ma‘nosi-uning inson ongidan qat‘iy nazar mavjud bo’la oladigan obe`ktiv
mazmunidir.
Baxt
bu o’z hayoti ma‘nosini qay darajada tushunish va shu ma‘nodagi umri
mobaynida qoniqish hosil qilishdan iborat jarayondir.
Abu Nosir Forobiy «Baxt – bu har bir inson intiladigan maqsad, zotan u
muayyan komillikdir», deb ta‘kidlagan. Haqiqatdan ham baxt inson hayotining
umumiy bahosidir. Baxt tushunchasini rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy
bog’langan, u jamiyat hayotida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni muvofiq rivishda
332
yangi mazmun bilan boyib boradi, umuminsoniy elementlarni saqlab qoladi.
Baxtning umuminsoniy elementi shaxsiy hayot tarzini, o’zining mavjudligini idroq
etadigan, normal yashash sharoitini ta‘minlashdan o’z mavjudligini foydalanishga
ishonchdan insonning muhabbat, do’stlik, ota-onalik zavq-shavqini anglashdan
iborat.
Baxt eng avvalo ma‘naviy extiyoj bilan bog’liq, unda maqsadlarga birin – ketin
erisha borish, konikish jarayoni, bir umr to’xtamaydi, doimo lazzat va zavkini o’z
ichiga oladi.
Baxt orzu kabi idealning hissiy extiros shakli sifatida ko’zga tashlanadi, shaxs
intilishini ro`yobini anglatadi. Baxt omad bilan bog’liqdir.
Omad
tasodif, baxt – zaruriyat, omad istisnoli, baxt-qonuniy hodisa. Omad –
shaxsning bir zumlik holatini aks ettiradi. Baxt esa inson nimaga erishmogi lozim,
savoliga umri mobaynidagi amaliy javobidir. Baxtni tushunish har bir davrda,
ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab,
turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni ideal kabi uning ham tabiati
o’zgaruvchan.
Har bir kishi o’z baxtini mehnati, tinch-totuv yashashi, kasb-kori, ilm-fan va
texnika fanlarini egallashi bilan topadi. Buyuk shoirimiz Gafur Gulom: Taqdirni qo’l
bilan yaratur odam, goyibdan kelajak baxt bir afsona, deb yozgan edi.
Axloqshunoslikning o’ziga xos mezoniy tushunchalari bo’lib, ular dialektik
aloqadorlikni taqozo etadi. Bu mezoniy tushunchalar ijtimoiy taraqqiyotning
dastlabki davrlaridan paydo bo’lib, inson faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan
jarayondir.
Axloqning mezoniy tushunchalari ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksakka
ko’tarishda, kishilarni komillik tomon yetaqlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Har bir talaba yoshdan axloqshunoslikning mezoniy tushunchalarini chuqur
o’rganish hamda uni hayotga tadbiq qilish talab etiladi.
Asosiy mezon kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy ong
shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga
tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qoyiladigan talab tarzida namoyon
333
bo’lib, insonning insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar
bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson
hatti-harakatining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina axloqiy meyorlar
uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |